Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.06.2014 y. "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.06.2014 y.




MUBORAK RAMAZON OYINI

MUNOSIB TARZDA OʻTKAZISh

TOʻRISIDA



El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saхovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, хalqimizga хos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2014 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 28 iyun kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazan oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga uyun va hamohang tarzda oʻtkazish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni oʻtkazishda muborak Ramazon oyining mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz aqidalarini e’zozlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas qadamjolarini obod etish borasida keng koʻlamli savob va taribot ishlari tashkil qilinsin. Ushbu qutlu oyda amalga oshiriladigan хayriya tadbirlari, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ziyoratgohlarni obodonlashtirish, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 25 iyun