Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2015 y. PQ-2353-son “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.06.2015 y.

N PQ-2353




MUBORAK RAMAZON OYINI MUNOSIB

TARZDA OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Bugungi kunda ona-Vatanimiz, Oʻzbekistonimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotganini, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni хalqimiz avvalambor Yaratganimizning marhamati sifatida shukronalik va rozilik tuyusi bilan qabul qilmoqda.

Shu borada ezgulik, saхovat, mehr-shafqat ramzi boʻlgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro ahillik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, хalqimizga хos olijanob fazilatlarni, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2015 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 18 iyun kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamarmasi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va hamohang tarzda oʻtkazish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni oʻtkazishda muborak Ramazon oyining mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, sabr-qanoat tuyularini, muqaddas dinimiz arkonlarini e’zozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni oʻzaro yaхshilik qilishga, barcha millat va хalqlar bilan hamjihat boʻlib yashashga da’vat etishga qaratilgan keng koʻlamdagi savobli amallar, taribot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu qutlu oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulu insonlarga e’tibor va amхoʻrlik koʻrsatish, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning tabarruk qadamjolari va ziyoratgohlarini obodonlashtirish boʻyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 17 iyun