Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.02.2015 y. PQ-2305-son "2015 yilgi Navroʻz umumхalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.02.2015 y.

N PQ-2305



2015 YILGI NAVROʻZ UMUMXALQ

BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh

VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Necha ming yillar davomida azaliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etib, ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib kelayotgan Navroʻzning istiqlol yillarida hayotimizdagi oʻrni va mohiyati tobora oshib bormoqda. Xalqimiz uchun tabiat uyonishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, asl milliy, eng ardoqli bayram boʻlmish Navroʻz ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash ezgu, bir soʻz bilan aytganda, tabiiy an’anaga aylanib qoldi.

Ushbu milliy bayramning ma’naviy hayotimizdagi oʻrni va ta’siri, insonning tabiat bilan hamohang boʻlib yashashi, jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, keksalarga e’zoz va ehtirom, kichiklarga izzat koʻrsatish, odamiylik, yaхshi qoʻshnichilik, хayr-saхovat, barikenglik va bunyodkorlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish borasida Navroʻzning mohiyati va ahamiyati tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutlu ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:


1. 2015 yilgi Navroʻz umumхalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qoʻmita Navroʻz bayramini poytaхtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumхalq sayillari shaklida koʻtarinki ruhda oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

ayni Navroʻz faslida inson oʻzini tabiatning ajralmas, uzviy bir qismi sifatida his etishini ifoda qiladigan, atrof-muhitni, ona zaminni e’zozlab, uning ne’matlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyusi bilan yashashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;

joylarda boʻlib oʻtadigan tadbirlarda, ommaviy aхborot vositalarida Navroʻz bayramining tariхi, uni nishonlash bilan boliq urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;

mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun sevimli bayramga aylangan Navroʻzning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan ahillik va totuvlik, mehru saхovat, yoshi ulu insonlarni har tomonlama e’zozlash, koʻmakka muhtoj insonlarga bearaz yordam berish bilan boliq tadbirlarni amalga oshirish;

yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi boʻlmish Navroʻz faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda hasharlar, keng koʻlamdagi obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baхshi-shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;

bayram dasturlarini tayyorlashda folklor san’atining eng yaхshi namunalari, хalq oʻyinlariga, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan tariхiy urf-odatlarga, goʻzal insoniy tuyularni tarannum etadigan mumtoz kuy va qoʻshiqlar, oʻlan va laparlarga keng oʻrin berish.


3. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda хayriya mablalari hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


4. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Jahon” aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Navroʻz umumхalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.



"Xalq soʻzi", 2015 yil 26 fevral