Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.07.2003 y. 310-son "Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.07.2003 y.

N 310



NEFT, GAZ HAMDA GAZ KONDENSATINI

QAZIB ChIQARISh, QAYTA IShLASh VA SOTISh,

MAGISTRAL GAZ QUVURLARI, NEFT QUVURLARI

VA NEFT MAHSULOTLARI QUVURLARINI

LOYIHALAShTIRISh, QURISh, ULARDAN

FOYDALANISh VA ULARNI TA’MIRLASh

BOʻYIChA FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Komissiya:

ikki hafta muddatda Komissiya toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ikki oy muddatda mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni хatlovdan oʻtkazsin, ularning amal qilish muddati Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarga muvofiqlashtirilishini hamda litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Oʻ. Sultonov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 7, 61-modda.