Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2007 y. 216-son "Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.10.2007 y.

N 216


YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarning hayoti, solii va mol-mulkini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2008 yil 1 yanvardan boshlab transport vositasini boshqarish paytida ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan transport vositasi salonining old qismida oʻrnatilgan tele-, videomonitordan foydalanish, shuningdek transport vositasi salonining old qismiga oʻzboshimchalik bilan tele-, videomonitor oʻrnatish taqiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

oʻn kun muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;

ushbu qaror talablarining transport vositalari haydovchilari hamda aholi e’tiboriga, ular oʻrtasida zarur tushuntirish ishlari olib borgan holda, belgilangan tartibda yetkazilishini ta’minlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 3.6-bandiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

a) toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"transport vositasini boshqarish paytida telefondan, ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan transport vositasi salonining old qismida oʻrnatilgan tele-, videomonitordan foydalanish";

b) quyidagi mazmundagi oʻninchi хatboshi qoʻshilsin:

"transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan priborlar paneliga, quyosh soyaboniga va orqa tomonni koʻrish koʻzgusiga tele-, videomonitorlar oʻrnatish".


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 41-42-son, 419-modda.