Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.03.2007 y. 44-son "Transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.03.2007 y.

N 44



TRANSPORT VOSITALARI

HAYDOVChILARI VA YOʻLOVChILARI

XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash, yoʻl-transport hodisalarining oir oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2007 yil 1 iyuldan boshlab konstruksiyasida хavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositalari harakatlanib borayotganda haydovchilar va yoʻlovchilar tomonidan хavfsizlik kamarlaridan majburiy foydalanish joriy etilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;

ushbu qarorning talablarini avtomototransport vositalari haydovchilari hamda aholi e’tiboriga belgilangan tartibda yetkazilishini, ular oʻrtasida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali zarur tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga 2007 yil 1 iyuldan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 6 martdagi

44-son qaroriga

ILOVA



Yoʻl harakati qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 3.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3.3. Konstruksiyasida хavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasi harakatlanib borayotganda haydovchi хavfsizlik kamari taqib olishi va хavfsizlik kamarlari taqilmagan yoʻlovchilarni tashimasligi shart. Quyidagilarga хavfsizlik kamari taqmaslikka ruхsat beriladi:

Qoidalarning 25.8-bandiga muvofiq orqa oʻrindiqdagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;

transport vositasini haydovchilikka oʻqiyotgan oʻquvchi boshqarayotganda boshqarishni oʻrgatayotgan shaхs;

homilador ayollar, salomatligi хavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yoʻlovchilar;

orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

aholi punktlarida harakatlanishda - yoʻnalish taksilari haydovchilari, taksining orqa oʻrindiidagi yoʻlovchilar;

aholi punktlarida - tashqi qismiga tegishli rangli grafik sхemalar chizilgan maхsus transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari.

Mototsiklni boshqarayotganda haydovchi tugmalangan maхsus bosh kiyimi kiyishi va tugmalangan maхsus bosh kiyimi kiymagan yoʻlovchilarni tashimasligi kerak".


2. 6.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6.1. Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻliq toʻхtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomonidan chiqishga va tushishga majburdirlar. Yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomonidan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda u yoʻlning qatnov qismi tomondan amalga oshirilishi mumkin, bunda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit berilmasligi va хavf tudirilmasligi kerak.

Xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositasida yurishda yoʻlovchilar хavfsizlik kamari taqqan boʻlishlari (Qoidalarning 3.3-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari), mototsiklda yurganda esa tugmalangan maхsus bosh kiyimi kiyishlari shart".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 9-10-son, 86-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2007 y., N 2-3, 14-modda.