Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2006 y. 241-son "Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.11.2006 y.

N 241



YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI

TA’MINLAShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Transport vositalarini boshqarish choida haydovchilarning mobil aloqa vositalaridan foydalanishi munosabati bilan avariyalar yuz berishi ehtimolini kamaytirish hamda fuqarolarning hayoti, solii va mol-mulkini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2007 yil 1 yanvardan boshlab haydovchilarning transport vositasini boshqarish choida telefondan foydalanishi taqiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bunday huquqbuzarliklarni baholashning aniq mezonlarini aniqlashni nazarda tutgan holda oʻn kun muddatda oʻz normativ hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;

mazkur qaror talablari avtomototransport vositalari haydovchilari va aholi e’tiboriga belgilangan tartibda yetkazilishini, ular orasida zarur tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 3.6-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"transport vositasini boshqarish choida telefondan foydalanish".


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 46-47-son, 459-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 11, 87-modda.