Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.12.2000 y. 472-son "Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.12.2000 y.

N 472



YOʻL HARAKATI QOIDALARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish хavfsizligini ta’minlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va bu borada yagona davlat siyosatini yuritish, yoʻl harakati qoidalarini хalqaro "Yoʻl harakati haqidagi" Konvensiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yoʻl harakati qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2001 yil 1 martdan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid  normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Qoidalar talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va boshqa tashkilot va muassasalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Yoʻl harakati qoidalari amalga kiritilishi munosabati bilan yoʻl harakatining tashkil etilishini oʻzgartirish bilan boliq boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda maktabgacha bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilariga, maktab oʻquvchilariga Yoʻl harakati qoidalariniqitish dasturini uch oy muddatda qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasi, Toshkent avtomobil va yoʻllar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaaga yordam beruvchi "Vatanparvar" tashkilotining Markaziy kengashi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda haydovchilarni tayyorlash, va ularning malakasini oshirish oʻquv dasturlarining ushbu Qoidalar asosida qayta ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalari ushbu Qoidalarni aholi oʻrtasida keng tarib qilish ishlarini amalga oshirsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Yoʻl harakati qoidalarini nashr etilishini ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ.T. Komilov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Oʻ. Sultonov