Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 30.05.2008 y. 88-son "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.06.2008 y. 933-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.06.2008 y.

N 933-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

30.05.2008 y.

N 88


BUYRUI


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir

ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish

haqidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


(2009 yil 24 yanvardan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 21 apreldagi "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000 yil 23 apreldagi 87-son buyrui bilan tasdiqlangan "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnoma"ga (2000 yil 9 iyun, roʻyхat raqami 933 - Me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi 2000 yil, 12-son) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan soʻng uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Ichki ishlar vaziri                                                              B. Matlyubov






Buyruqqa

ILOVA



Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy

ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish toʻrisidagi

yoʻriqnomaga kiritiladigan qoʻshimchalar


1. 3.3-band "135-moddasida" degan soʻzlardan keyin "135-1-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 3.4-band "135-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "135-1-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 3.5-band "135-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "135-1-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 3.7-bandda:

birinchi хatboshisi "135" raqamidan keyin "135-1" raqami bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:

"Izoh: Kodeksning 135-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda suurta idoralarining huquqbuzarlik alomati bartaraf etilganligi haqidagi tegishli ma’lumoti taqdim etilgandan soʻng transport vositasini qoʻyib yuborishga ruхsat berilishi mumkin".


5. 3.23-bandning uchinchi хatboshisi "135-moddasida" degan soʻzlardan keyin "135-1-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 24-25-son, 246-modda.