Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 15.01.2008 y. 14-son "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 28.01.2008 y. 933-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.01.2008 y.

N 933-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

15.01.2008 y.

N 14


BUYRUI


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir

ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish

haqidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


(2008 yil 7 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 13 dekabrdagi OʻRQ-125-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 oktyabrdagi 216-sonli "Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 41-42 son, 419-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000 yil 23 apreldagi 87-son buyrui bilan tasdiqlangan "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnoma"ga (2000 yil 9 iyun, roʻyхat raqami 933) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 2007 yil 27 dekabrdagi 235-sonli buyrui bekor qilinsin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.



Ichki ishlar vaziri                                                             B. Matlyubov






Buyruqqa

ILOVA



Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy

ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi

yoʻriqnomaga kiritiladigan qoʻshimchalar


1. 3.3-banddagi "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-2-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 3.4-bandning:

birinchi хatboshisi "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-2-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi хatboshisi "128-1" raqamidan keyin "128-2," raqami bilan toʻldirilsin.


3. 3.5-bandning birinchi хatboshisi "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-2-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 3.6-bandning birinchi хatboshisi "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-2-moddasi birinchi qismida," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


5. 3.7-bandning birinchi хatboshisi "125-moddasi toʻrtinchi" soʻzidan keyin "va beshinchi qismlarida," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. 3.10-bandning birinchi хatboshisi "va 128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "hamda 128-2-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


7. 3.23-bandning uchinchi хatboshisi "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-2-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


8. 5.4-band "128-1" raqamidan keyin "128-2" raqami bilan toʻldirilsin.


9. 8.3.3-bandning ikkinchi хatboshisi "transportda telefondan foydalanish" degan soʻzlardan keyin "va transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan oʻrnatilgan monitordan (displeydan) tele, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 5-son, 21-modda.