Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 30.12.2006 y. 266-son "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.01.2007 y. 933-2, 934-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.01.2007 y.

N 933-2, 934-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

30.12.2006 y.

N 266

BUYRUI


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir

ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish

hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va

almashtirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomalarga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2007 yil 21 yanvardan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 26 dekabrdagi OʻRQ-73-son "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 19 dekabrdagi 261-son "Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 23 apreldagi 87-son buyrui bilan tasdiqlangan "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqida"gi yoʻriqnomaga (2000 yil 9 iyun, roʻyхat raqami 933) va "Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻrisida"gi yoʻriqnomaga (2000 yil 9 iyun, roʻyхat raqami 934) 1 va 2-ilovalarga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.



Ichki ishlar vaziri                                                                B. Matlyubov





Ichki ishlar vazirining

2006 yil 30 dekabrdagi

266-son buyruiga

ILOVA


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir

ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish

toʻrisidagi Yoʻriqnomaga kiritiladigan

QOʻShIMChALAR


1. Quyidagi mazmundagi 2.2.7-band bilan toʻldirilsin:

"2.2.7. Telefon raqami va rusumi.

Izoh: Ushbu band faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 128-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun taalluqli".


2. 3.3-band "128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlardan keyin "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 3.4-bandning:

birinchi хatboshisi "128-moddasi birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlarida" degan soʻzlardan keyin "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi хatboshisi "128" sonidan keyin "128-1" soni bilan toʻldirilsin.


4. 3.5-bandning birinchi хatboshisi "128-moddasi birinchi" degan soʻzlardan keyin "qismida, 128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


5. 3.6-bandning birinchi хatboshisi "128-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. 3.10-bandning birinchi хatboshisi "128-moddasi 1-qismida" degan soʻzlardan keyin "va 128-1-moddasi 1-qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


7. 3.23-bandning uchinchi хatboshisi "128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlardan keyin "128-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


8. 5.4-band "128" sonidan keyin "128-1" soni bilan toʻldirilsin.


9. 8.3.3-bandning ikkinchi хatboshisi "avariya holatlarini keltirib chiqarish" degan soʻzlardan keyin "transportda telefondan foydalanish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.





Ichki ishlar vazirining

2006 yil 30 dekabrdagi

266-son buyruiga

ILOVA


Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va

almashtirish tartibi toʻrisidagi

Yoʻriqnomaga kiritiladigan

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR


1. 1-banddagi:

"IIB DAN" qisqartmalari "Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi" degan soʻzlar bilan;

"IIBB Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi nazorati boshqarmasi (YHXNB)" degan soʻzlar "Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi" degan soʻzlar bilan;

"(RIB, TRIB) boʻlim(boʻlinma)lari" degan soʻzlar "boʻlim (boʻlinma) (keyingi oʻrinlarda - RIB (TRIB))lari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 1.1-banddagi "DAN" qisqartmasi "Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 2-banddagi:

"DAN ma’muriy amaliyot guruhlari" degan soʻzlar "avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha inspektori" degan soʻzlar bilan;

"YXNB" qisqartmasi "Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 3.1-banddagi:

"DANBlaridan" qisqartmasi "avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalaridan" degan soʻzlar bilan;

"DANBlarda" qisqartmasi "boʻlinmalarda" degan soʻz bilan almashtirilsin.


5. 3.2 va 8-bandlardagi "DAN" qisqartmasi "Yoʻl harakati хavfsizligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 6-banddagi "DAN" qisqartmasi "Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon haqidagi ma’lumotlar maхsus jurnalda (2-ilova) qayd etiladi. Taloni almashtirilayotgan shaхs mazkur jurnalga imzo chekkanidan soʻng unga yangi talon beriladi. Jurnallar talon berilgan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati RIB (TRIB), tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalarida 60 yil davomida saqlanadi".


8. 1-ilova mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


"Haydovchilik guvohnomasiga talon berish

va almashtirish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



Haydovchilik guvohnomasiga

talon berish va almashtirish tartibi

toʻrisida"gi yoʻriqnomaga

1-ILOVA

Old tomoni


Orqa tomoni

_________ seriya __________ raqam belgili haydovchilik guvohnomasiga


MJTK moddasi

Qoida buzilgan sanasi

Jazo turi

Jazoning ijro etilgan vaqti


A

Talon O`zR     N        000000

Familiyasi __________________________

Ismi _______________________________

Otasining ismi ______________________

Qaysi YHXB bergan _________________

B

S

D

E

20__ yil "___" __________________________

           Imtihon komissiyasi raisi imzosi (imzo)

M.O`.


Haydovchilik guvohnomasi olib qo`yilgan kundan boshlab 30 kun muddatga transport vositasini boshqarish huquqini beradi.


Quyidagi yo`l harakati qoidabuzarliklari sodir etilgan taqdirda ogohlantirish taloniga belgi qo`yiladi.


Guvohnomasi olib qo`yilgan 20__ y. "__" ____

M.O`. __________________________________

         (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Qaytarib berilgan 20__ y. "__" _____________


Guvohnomasi olib qo`yilgan 20__ y. "__" ____

M.O`. __________________________________

         (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Qaytarib berilgan 20__ y. "__" _____________


Guvohnomasi olib qo`yilgan 20__ y. "__" ____

M.O`. __________________________________

         (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Qaytarib berilgan 20__ y. "__" _____________


Guvohnomasi olib qo`yilgan 20__ y. "__" ____

M.O`. __________________________________

         (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Qaytarib berilgan 20__ y. "__" _____________


"DAVLAT BELGISI" DICHB TBF. 2006


1.

Transport vositasini mast holda boshqarish.

2.

Belgilangan tezlikni oshirish.

3.

Temir yo`l kesishmalaridan o`tish qoidalari

4.

Quvib o`tish qoidasi, chorrahalardan o`tish, odam tashish, piyodalar yurish joylari hamda jamoat transporti to`xtash joylaridagi yo`l qoidabuzarliklar.

5.

Boshqaruv signallariga, yo`l belgi talablari va o`tish joylaridagi yo`l chiziqlariga rioya qilmaslik.

6.

Har qanday to`siqsiz o`tib ketish huquqiga ega bo`lgan transport vositalarini o`tkazib yubormaslik.

7.

Ma`lum talablar asosida foydalanish qat`iyan man etilgan, o`zboshimchalik bilan davlat raqam belgisi yechib qo`yilgan yoki yasama davlat raqam belgisi bilan yurgan qoidabuzarlik.

8.

Yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish.

9.

Oynalarining yoruglik o`tkazuvchanligi me`yoridan kam, telefondan foydalanish qoidalari.




Haydovchilik guvohnomasi taloni namunasining

TASNIFI


Haydovchilik guvohnomasining taloni toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 102 х 62 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paхtadan olingan va ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan qoozdan tayyorlanadi. Qooz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaхshi ajralib turadigan "paхta chanoi" koʻrinishidagi uch oʻlchamli umumiy "suv belgi"si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi "O`zR", nomeri yettita raqamli.

Blanka quyidagi maхsus himoyalarga ega:

kimyoviy ta’sirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusхa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi ta’minlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son koʻrinadi. Maхsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.

Lotin alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllanilgan.

Talonning old tomonida berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqamlarini yozish uchun joy, blanka nomi va uning seriyasi hamda nomeri, egasi haqida ma’lumot, kim tomonidan qachon berilganligi, A, V, S, D va Ye toifalari koʻrsatilgan, nurda aniq koʻrinuvchi sakkiz qirrali yulduz rasmi va "UZ" yozuvi tushirilgan.

Haydovchilik guvohnomasi talonining orqa tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarini qayd etish uchun jadval, haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan va qachon olib qoʻyilganligi toʻrisida belgilar uchun joy va muhr oʻrni koʻrsatilgan. Toifalari boʻyicha transport vositalarining surati tushirilgan.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 1-2-son, 19-modda.