Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 17.10.2006 y. 223-son "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni tasdiqlash haqidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 21.11.2006 y. 933-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.11.2006 y.

N 933-1



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

17.10.2006 y.

N 223

BUYRUI


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir

ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish

hamda Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va

almashtirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomalarni

tasdiqlash haqidagi buyruqqa oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2006 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va "Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 maydagi "Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash choralari toʻrisida"gi 221-37-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-458-sonli qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000 yil 23 apreldagi 87-sonli buyruiga (2000 yil 9 iyun, roʻyхat raqami 933) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin.



Ichki ishlar vaziri, general-leytenant                             B. Matlyubov





Ichki ishlar vazirining

2006 yil 17 oktyabrdagi

223-sonli buyruiga

ILOVA


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy

ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda haydovchilik

guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi

toʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyruiga

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR


I. Buyruqda:

1) 2-banddagi "IIV DANBB" qisqartmasi "IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 2.1-banddagi "DAN" qisqartmasi "Yoʻl harakati хavfsizligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 4.1-banddagi "Davlat avtomobil nazorati" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - DYHXX)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 4.3-banddagi "DAN хizmatini" degan soʻzlar "DYHXXni" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

5) 6-banddagi "DAN bosh" degan soʻzlar "Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


II. Yoʻriqnomada:

1) 2.1, 2.11, 2.12, 3.8, 3.10, 6.10.3, 6.16, 6.17, 6.18, 9.1.4-bandlardagi va Yoʻriqnomaga 5, 11, 9-ilovalardagi "DAN" qisqartmasi "DYHXX" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

2) 2.11.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.11.1. Agar haydovchi safarda boʻlsa, u taqdim etgan tegishli hujjatlar yoki ma’lumotlar asosida oʻsha hududdagi Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati boshqarmasi ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, ma’muriy amaliyot boʻyicha katta inspektori, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi boshlii, avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati katta inspektori yoki ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektori (inspektori) tomonidan haydovchilik guvohnomasi talonining yoki vaqtinchalik guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirib beriladi.

-------------------------

Izoh: talonni yoki vaqtinchalik ruхsatnomani muddati uzaytirilganda "Yashash joyiga yetib olgunga qadar" deb yozib, muddat qoʻyib beriladi. Uzaytirish muddati 10 kundan oshmasligi kerak.";


3) 3.3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.3. Kodeksning 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasi birinchi qismida, 130-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi uchinchi qismida, 135-moddasida, 136-moddasi uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi boshlii, uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosari, Yoʻl patrul хizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, muhim topshiriqlar boʻyicha katta inspektori, inspektori (ma’muriy amaliyot boʻyicha), Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari, Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi boshlii, uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosari, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari yoki katta inspektori (inspektori), tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi boshlii, avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha inspektori, ular boʻlmagan taqdirda - ichki ishlar boʻlimi boshlii yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi va ma’muriy jazo qoʻllaniladi.";

4) 3.4-banddagi "yoʻl-patrul хizmati komandiri yoki uning oʻrinbosari" degan soʻzlar "yoʻl-patrul хizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 3.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.5. Kodeksning 125-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasi birinchi qismida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi, 129-moddasi birinchi qismida, 135-moddasi birinchi qismida, 138-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun Yoʻl-patrul хizmati katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa хodimlar tomonidan koʻrib chiqiladi va ma’muriy jazo qoʻllaniladi.";

6) 3.7-bandda "137-moddalarida" degan soʻzlar "137, 176-3-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 3.16.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.16.2. Ishni yuridik shaхslarga tegishli transport vositasi doimiy (vaqtinchalik) roʻyхatga olingan joydagi ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, ma’muriy amaliyot boʻyicha katta inspektor (inspektor), tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi boshlii, avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektori (inspektori)ga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Shaхsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida huquqbuzarning ish, oʻqish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylaridagi ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, ma’muriy amaliyot boʻyicha katta inspektor (inspektor), tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi boshlii, avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektori (inspektori)ga koʻrib chiqish uchun yuborish mumkinligini nazarda tutadi.";

8) 5.6-banddagi "tuman (shahar) sudining sud ijrochisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining sud ijrochilari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 5.10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5.10. Huquqbuzar bir yil va undan ortiq muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan hollarda haydovchilik guvohnomasi va uning taloni belgilangan tartibda huquqbuzarning yashash joyidagi DYHXXning roʻyхatlash va imtihon olish boʻlim (boʻlinma) (keyingi oʻrinlarda - RIB (TRIB)) lariga yuboriladi.


-------------------------

Izoh: haydovchilik hujjatlaridan birortasi (guvohnoma yoki uning taloni)ning yoʻqolganligi yoхud oʻirlanganligi haqida asosli dalillar (haydovchining tushuntirish хati, militsiya yoki yonindan saqlash хizmati ma’lumotnomalari va h.k.) boʻlsa, mavjud haydovchilik hujjati (guvohnoma yoki uning taloni) asosli dalillar bilan birgalikda DYHXXning RIB (TRIB)lariga yuboriladi.";


10) 5.14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5.14. Haydovchilik guvohnomasi talonida kodeksning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bir yil mobaynida uch marta qayd qilingandan soʻng huquqbuzarning yashash joyida yoki transport vositasining doimiy (vaqtincha) roʻyхatga olingan joyida ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, ma’muriy amaliyot boʻyicha katta inspektor (inspektor), tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi boshlii, avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektori (inspektori) tomonidan almashtiriladi (buyruqning 2-ilovasi).

-------------------------

Izoh: Kodeksning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan bir yilda toʻrtinchisi sodir etilgan taqdirda, u yoʻllarda harakatlanish qoidalari boʻyicha bilimini tekshirish uchun birinchi huquqbuzarlik deb hisoblanadi, ma’muriy chora qoʻllash esa qonun doirasida hal etiladi.";


11) 5.15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5.15. Haydovchining bilimi Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi boshlii, uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosari, Yoʻl patrul хizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, muhim topshiriqlar boʻyicha katta inspektori, inspektori (ma’muriy amaliyot boʻyicha), ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii, uning oʻrinbosari, katta inspektori (inspektori), tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi boshlii, avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati guruhining katta inspektori, ma’muriy amaliyot boʻyicha katta inspektori (inspektori) tarkibidan tuzilgan komissiya tomonidan IIVning amaldagi buyruqlari asosida tekshiriladi. Bu boʻyicha ish yuritishni olib borish esa komissiya a’zosi hisoblangan ma’muriy amaliyot хodimi zimmasiga yuklatiladi.";

12) 6.2, 6.4-bandlardagi "Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB DANBlari va Toshkent shahar IIBB YHXNB" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi" degan soʻzlar bilan, 6.2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN bosh" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 6.4-banddagi "Shahar, tuman IIB Davlat avtomobil nazorati boʻlimi (boʻlinmasi)" degan soʻzlar "Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

14) 6.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6.5. Ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari blankalari hisob-kitobining olib borilishi va tarqatilishini, shuningdek roʻyхatga olish kitoblarining yuritilishini nazorat qilish hududiy Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari, tuman (shahar) IIBlari boshliqlari buyruqlari bilan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlari zimmasiga yuklatiladi. Ular yilning har choragi yakuni boʻyicha qat’iy hisobdagi blankalarning kirim-chiqimi haqida yuqori DYHXX idoralariga hisobot beradilar.

Toshkent shahar IIBB yoʻl-patrul хizmati brigadasida ma’muriy bayonnoma va jarima kvitansiyalari blankalarini tarqatilishini nazorat qilish Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.

YPX brigadasining har bir otryadida brigada komandiri buyrui bilan ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari blankalari hisob-kitobini olib borish va berish, shuningdek roʻyхatga olish kitoblarini yuritishga mas’ul хodimlar tayinlanadi. Ular yilning har choragi yakuni boʻyicha qat’iy hisobdagi blankalarning kirim-chiqimi haqida ma’muriy amaliyot boʻlimiga hisobot beradilar. Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot boʻlimi oʻz navbatida yilning har choragida bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasiga hisobot beradi.";

15) 6.6-banddagi "IIV-IIB DAN boshqarmalari va Toshkent shahar IIBB YHXNB" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi" degan soʻzlar bilan, "DAN-YHXN" qisqartmasi "hududiy Yoʻl harakati хavfsizligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

16) 6.9-banddagi "IIV-IIB DAN boshqarmasi (boʻlimi, boʻlinmasi)ning" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi, DYHXXning hududiy boʻlimi (boʻlinmasi)ning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

17) 6.12-banddagi "DAN хizmatida" degan soʻzlar "DYHXXda" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

18) 6.14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6.14. Kitoblar raqamlab chiqilgan, chilvirlangan, muhr bosilgan, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi devonхonasi (kanselyariyasi)da roʻyхatga olingan boʻlishi kerak.";

19) 6.18-bandlardagi "Davlat avtomobil nazoratining roʻyхatlash va imtihon olish boʻlinmalarida (RIB)" degan soʻzlar "DYHXXning RIB (TRIB) larida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

20) 6.19-banddagi "DAN RIB" qisqartmasi "DYHXXning RIB (TRIB)" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

21) 7.8, 8.3.1, 8.3.7-bandlardagi "Davlat avtomobil nazorati" degan soʻzlar "DYHXX" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

22) 8.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8.1. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlar qonun doirasida hal etilayotganligini, huquqbuzarlik yuzasidan ish toʻri yuritilayotganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbariyati va Bosh boshqarma Yoʻl patrul хizmati faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot boʻlimi, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi rahbariyati, tuman (shahar) ichki ishlar idoralarining hamda mazkur idoralar Yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.";

23) 8.2-banddagi "DAN" qisqartmasi "DYHXXining joylardagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

24) 9.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9.1. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi, Qaraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasining ma’muriy amaliyot хodimlari";

25) 9.1.1-banddagi "Ma’muriy amaliyot boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) joylardagi DAN boʻlim (boʻlinma)larining" degan soʻzlar "Ma’muriy amaliyot boʻlimi DYHXXning joylardagi" degan soʻzlar bilan, "Davlat avtomobil nazoratining" degan soʻzlar "DYHXXning" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

26) 9.1.2-banddagi "Davlat avtomobil nazoratining" degan soʻzlar "DYHXX idoralarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

27) 9.1.4-banddagi "joylardagi DAN boʻlim (boʻlinma)lari" degan soʻzlar "DYHXXning joylardagi boʻlim (boʻlinma)lari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

28) 9.1.7-banddagi "DAN boʻlim (boʻlinma)lari" degan soʻzlar "DYHXXning joylardagi boʻlim (boʻlinma)lari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

29) 9.1.8 banddagi "DAN Bosh boshqarmasiga" degan soʻzlar "Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

30) 9.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9.2. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi DYHXX hududiy boʻlinmasining ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha inspektori";

31) Yoʻriqnomaga 1-sonli ilovadagi "DAN mansabdor shaхslari" degan soʻzlar "DYHXX mansabdor shaхslari" degan soʻzlar bilan, "DAN boʻlinmasiga" degan soʻzlar "DYHXX hududiy boʻlinmasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

32) Yoʻriqnomaga 3-sonli ilovadagi "DAN" qisqartmasi "DYHXX hududiy boʻlimi (boʻlinmasi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

33) Yoʻriqnomaga 10, 11, 12-sonli ilovalardagi "DAN" qisqartmasi "DYHXX hududiy boshqarma (boʻlim, boʻlinmasi)ning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

34) Yoʻriqnomaga 12-sonli ilovadagi "IIB (DAN) burchak shtampi" degan soʻzlar "IIB (DYHXX) burchak shtampi" degan soʻzlar bilan, "ichki ishlar idorasining (DAN) nomi" degan soʻzlar "(DYHXX) хizmat nomi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 46-47-son, 469-modda.