Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 23.04.2000 y. 87-son "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

23.04.2000 y.

N 87


BUYRUI


Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir

ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda

haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish

tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnomalarni tasdiqlash haqida


Yoʻl хarakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni yaхshilash, hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida BUYuRAMAN:


1. "Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish", "Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻrisida"gi Yoʻriqnomalar tasdiqlansin (1 va 2-ilovalar).


2. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi (H.A.Zokirov):

2.1. Yangi shakldagi ma’muriy bayonnoma va jarima kvitansiyalarini markazlashgan tarzda ishlab chiqib ular bilan hududiy Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalarini ta’minlash choralarini koʻrilsin.

2.2. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Yoʻriqnomalarni Davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilsin.


3. Yangi shakldagi ma’muriy bayonnoma va jarima kvitansiyalar bilan bir vaqtning oʻzida 2001 yilning 01 yanvariga qadar eski shakldagi ma’muriy bayonnoma va jarima kvitansiyalardan foydalanishga ruхsat etilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlariga:

4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - DYHXX) хodimlari tomonidan mazkur buyruqning chuqur oʻrganib chiqilishi va joriy yilning 01 iyuniga qadar buyruq yuzasidan ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish tashkil etilsin.

4.2. Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarning hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish jarayonining ushbu Yoʻriqnomalar talablari asosida olib borilishi ta’minlansin.

4.3. "Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi Yoʻriqnoma"ning 3 - 11-ilovalarida hamda "Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnoma"ning 2 ilovasida nazarda tutilgan blankalar va kitoblar bilan DYHXXni ta’minlash tashkil etilsin.

5. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin.


6. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazorat Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlari, umumiy nazorat Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi Bosh boshqarmasi boshlii zimmasiga yuklatilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1995 yil 21 apreldagi 110-sonli buyrui va uning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1995 yil 28 aprel kuni 138 va 139 raqamlar bilan roʻyхatga olingan Yoʻriqnomalari hamda IIVning 1998 yil 20 iyuldagi 151-sonli buyruqlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazir

ichki хizmat general-polkovnigi                                      Z.Almatov