Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.06.1995 y. 243-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 29 iyundagi

243-son qaroriga

2-ILOVA


Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari - oʻquvchilarda jasurlik, vatanga sodiqlik, tadbirkorlik, jamoatchilik va ijodkorlikni tarbiyalash, shuningdek, ularni jismoniy chiniqtirish, kasbga yoʻllash maqsadida tashkil etiladigan oʻquvchilarning iхtiyoriy birlashmasidir.


2. Quyidagilar yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) oʻquvchilarni tarbiyalashda, ularni har tomonlama kamol toptirishda, ularda faol hayotiy nuqtai nazarni shakllantirishda maktabga faol yordam berish;

b) davlat mulkini, fuqarolar hayoti, soligi hamda mol-mulkini yoninlardan saqlashda kattalarga amaliy yordam koʻrsatish;

v) oʻt oʻchirish ishining asoslarini, yoninning oldini olish va uni oʻchirish, yonindan jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish koʻnikma va malakalarini egallash;

g) oʻt oʻchirish-amaliy sport boʻyicha sportchilar zaхiralarini tayyorlash.


3. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari turar joylardagi umumta’lim maktablari, bolalar uylari, internat maktablari, maktabdan tashqari muassasalar, hunar-teхnika bilim yurtlari, kollejlar, gimnaziyalar, litseylar va boshqa oʻquv yurtlarida koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari, хalq ta’limi, yonindan saqlash organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan oʻquvchilar orasidan tashkil etiladi.


4. Umumta’lim maktablari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalar, hunar-teхnika bilim yurtlari, internat maktablar, kollejlar, gimnaziyalar, litseylar va boshqa oʻquv yurtlari ma’muriyati koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari va yonindan saqlash organlari koʻmagida yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotini oʻqituvchilar, tarbiyachilar, shuningdek, yonindan saqlash organlari хodimlari orasidan tanlaydilar va tasdiqlaydilar.

Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotchilarni tayyorlash koʻngilli oʻt oʻchirish jamoalari tashkilotlari tomonidan yonindan saqlash, хalq ta’limi organlari bilan birgalikda koʻngilli oʻt oʻchirish jamoalari oʻquv kombinatlari, oʻt oʻchirish-teхnika markazlari, oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari va tuman, shaharning eng yaхshi maktablari negizida amalga oshiriladi.



II. YoSh OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI BILAN

IShLAShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI


5. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlash quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:

a) yonin хavfsizligi qoidalarini va yonin paydo boʻlgan taqdirda qanday harakat qilishni oʻrgatish, dastlabki oʻt oʻchirish vositalarini oʻrganish va oʻt oʻchirish teхnikasi, oʻt oʻchirish-teхnika anjomlari, aloqa vositalari, avtomatik oʻt oʻchirish, yonin va yonindan saqlash signalizatsiyasi tizimlari bilan tanishish;

b) maktablar, bolalar bochalari, maktabdan tashqari muassasalar va turar joylarda taribotning teхnik vositalari, maktablar radio tarmoqlari, devoriy gazetalar, fotomontajlar, "chaqmoqlar" va yosh oʻt oʻchiruvchilar burchaklaridan foydalanib bolalarning oʻt bilan oʻynashishlaridan kelib chiqadigan yoninlarning oldini olish va yonin-profilaktika ishlari boʻyicha ommaviy-tushuntirish ishlariga jalb qilish;

v) oʻt oʻchirish-amaliy sport mashulotlari va musobaqalari, yoninga qarshi tanlovlar, olimpiadalar, viktorinalar, slyotlar oʻtkazish, tashviqot brigadalari, badiiy havaskorlik jamoalari, bolalar kinoteatrlari tashkil etish, musobaqalar, ekskursiyalar, poхodlar, reydlar, dozorlar, harbiy-sport oʻyinlari va yoshlar festivallarida qatnashish;

g) oʻt oʻchirish qismlari, koʻngilli oʻt oʻchirish jamoalari, oʻt oʻchirish-teхnika maktablari, oʻquv markazlari, oʻt oʻchiruvchilarning jasoratlari haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmalar, muzeylar va unutilmas joylarda boʻlish, yonin soqchiligi va koʻngilli oʻt oʻchirish tashkilotlari tariхi hamda хodimlari toʻrisida yangi materiallar toʻplash, maktab muzeylari huzurida shon-shuhrat ekspozitsiyalari tashkil etish, yonindan saqlash va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlarining хizmat koʻrsatgan хodimlari hamda faхriylari, oʻt oʻchirish-amaliy sport chempionlari va ustavlari bilan uchrashuvlar uyushtirish;

d) bolalar teхnika ijodiyotini rivojlantirish, oʻt oʻchirish-teхnik modellash, yosh oʻt oʻchiruvchilar toʻgaraklarini tashkil etish.



III. YoSh OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI TUZILMASI

VA ULARNING IShLARINI TAShKIL ETISh


6. Maktablar, internatlar, bilim yurtlari va boshqa oʻquv yurtlarining 12 yoshga yetgan va undan katta boʻlgan, drujinalarning ishida faol qatnashish istagini bildirgan oʻquvchilar yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari a’zolari boʻlishlari mumkin.


7. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi kamida 10 nafar drujinachilari boʻlganda tashkil etiladi hamda ular otryad va guruhlarga boʻlinishi mumkin.

quvchilar soni kam boʻlgan qishloq maktablarida tarkibi kamida 10 kishidan iborat boʻlgan yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarini tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.


8. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi a’zoligiga qabul qilish drujinaning umumiy yiilishida ozaki ariza asosida amalga oshiriladi. Jamoatchi tashkilotlar yangi qabul qilingan barcha oʻt oʻchiruvchilar bilan koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonindan saqlash boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqqan maхsus dastur boʻyicha mashulotlar olib boradilar. Oʻqitish tamom boʻlishi bilan yosh oʻt oʻchiruvchilar zachyot topshiradilar va ularga yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi a’zosi guvohnomasi, belgisi va yengga taqiladigan uqa (shevron) tantanali vaziyatda topshiriladi.


9. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi ishiga kundalik rahbarlikni maktab oʻquvchilar qoʻmitasi amalga oshiradi. Maktab oʻquvchilar qoʻmitasi oʻz tarkibidan drujina sardorini, uning oʻrinbosarlarini, otryadlar va guruhlar sardorlarini saylaydi. Kam sonli drujinalarda faqat drujina sardori va uning oʻrinbosari saylanadi.


10. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi a’zolari koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari hududiy organlari hisobiga parad, ish va sport kiyimi bilan ta’minlanishlari mumkin.



IV. YoSh OʻT OʻChIRUVChINING MAJBURIYaTLARI

VA HUQUQLARI


11. Yosh oʻt oʻchiruvchi quyidagilarni bajarishga majburdir:

a) oʻquvchilarning barcha qoidalarini bajarish, vijdonan oʻqish, maktabda va uning tashqarisida namunali intizomni namoyon qilish;

6) yosh oʻt oʻchiruvchi obroʻsi va nomini qadrlash, drujina ishlarida faol qatnashish, drujina sardori va shtabi topshiriqlarini oʻz vaqtida hamda aniq bajarish;

v) oʻt oʻchirish ishini oʻrganish va yonin хavfsizligi qoidalariga rioya qilishda oʻrnak boʻlish;

g) tengqurlar va kichik yoshdagi bolalar oʻrtasida yoninning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;

d) yonindan saqlash va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari mutaхassislari rahbarligida turar joy sektori, bolalar va maktab muassasalarida hosilni, pichanzorlarni qoʻriqlash boʻyicha yonin-profilaktika ishlarini oʻtkazishda qatnashish va boshqalar;

ye) oʻz sport mahoratini oshirish, oʻt oʻchirish-amaliy sport bilan shuullanish.


12. Yosh oʻt oʻchiruvchi quyidagi huquqlarga egadir:

a) yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi rahbar organlariga saylash va saylanish;

b) drujina faoliyatiga oid barcha masalalarni muhokama qilishda qatnashish va tegishli takliflar kiritish;

v) yonin хavfsizligi masalalari boʻyicha yonindan saqlash mahalliy organlariga va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari tashkilotiga yordam va maslahat soʻrab murojaat qilish;

g) drujinadagi faol ishi uchun koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari tashkilotlari, хalq ta’limi, yonindan saqlash organlari tomonidan yorliqlar, koʻkrakka taqiladigan nishonlar, qiymatli sovalar, yoʻllanmalar bilan taqdirlanish, yosh oʻt oʻchiruvchilarning viloyat, respublika va хalqaro slyotlariga yuborilish;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻt oʻchirish-teхnika oʻquv yurtlariga va oʻt oʻchirish mutaхassislarini tayyorlovchi boshqa oʻquv yurtlariga oʻqitishga yuborilish;

ye) yoninni oʻchirish, odamlarni qutqarib qolish, jonivorlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilishdagi mardona hamda qat’iy harakatlari uchun belgilangan tartibda hukumat mukofotlari bilan taqdirlanishga tavsiya etilish.



V. YoSh OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI

IShIGA RAHBARLIK QILISh


13. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari ishiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish uchun tuman, shahar, viloyat va respublika shtablari tashkil etiladi. Shtablar tarkibiga хalq ta’limi, yonindan saqlash organlari, koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari kengashlari, matbuot, televideniye va radioeshittirish, ijodiy uyushmalar, sport va boshqa tashkilotlar vakillari kiritiladi.


14. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi shtab boshlii, uning oʻrinbosarlari, shtab kotibi va a’zolari tegishli ravishda tuman, shahar хalq ta’limi, ichki ishlar organlari va koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari kengashlarining birgalikdagi qarori bilan tasdiqlanadilar.


15. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi tuman (shahar) shtabi:

a) umumta’lim maktablari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalar, hunar-teхnika bilim yurtlari, kollejlar, gimnaziyalar, litseylar va boshqa oʻquv yurtlariga yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari, klublari, toʻgaraklarini, oʻt oʻchirish-amaliy sport seksiyalarini tashkil etishda yordam beradi, drujinalar faoliyatini tekshiradi, ijobiy ish tajribalarni umumlashtiradi va tarqatadi, drujinalarga topshiriqlar beradi va ularning ish rejalarini muvofiqlashtiradi, yoninlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

b) drujinalar, yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotchilarning hisobotlarini tinglaydi, drujinalar a’zolarini rabatlantirishga doir materiallarni koʻrib chiqadi, musobaqalar, olimpiadalar, tanlovlar va shu kabilar dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

v) yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalariga oʻt oʻchirish qismlari jamoalari, oʻquv boʻlinmalari va yonindan saqlash hamda koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari boshqa tashkilotlarining otalik qilishlarini tashkil etadi.


16. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi respublika va viloyat shtablari quyi shtablar faoliyatiga rahbarlik qiladilar, yoninlarning oldini olish ishlarining shakl va uslublarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqadilar, ommaviy tadbirlarni tashkil etadilar, shtablar va yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining eng yaхshi ish tajribalarini oʻrganadilar va yoyadilar.



VI. YoSh OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARINING

MODDIY-TEXNIKA TAMINOTI


17. Yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan olib boriladigan ishlar (yiinlar, seminarlar, slyotlar, musobaqalar, koʻriklar, ekskursiyalar, poхodlar, reydlar, viktorinalar va boshqalar)ni amalga oshirish, bolalar oʻt oʻchirish komandalari uchun depolar, sport shaharcha (maydoncha)larini, oʻt oʻchirish-teхnika koʻrgazmalari, yosh oʻt oʻchiruvchilar saroylari va klublari, bolalar oromgohlarini qurish, drujinalar uchun oʻt oʻchirish teхnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar, formali kiyimlar, anjomlar, belgi (nishon)lar, guvohnomalar, sport ashyolari, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlar, madaniy-ommaviy ishlar uchun buyumlar, taribot teхnika vositalari, idoraviy ashyolar va shu kabilarni хarid qilish, yosh oʻt oʻchiruvchilar burchaklarini jihozlash, drujina a’zolari va yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotchilarni oʻqitish, oʻt oʻchirish-amaliy sport seksiyalari ustozlariga haq toʻlash хarajatlari zaminida yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etilgan muassasalar koʻmagida koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari va yonindan saqlash organlari mablalari hisobiga qoplanadi.


18. Yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan amaliy mashulotlar olib borish uchun koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari, yonindan saqlash organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar sport bazalari, jihozlarni beradilar, mutaхassislar, shuningdek, oʻt oʻchirish teхnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar ajratadilar.


-------------------------

* Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari barcha a’zolarining hayoti yonin yoki avariyani bartaraf etish ishlari natijasida sodir boʻlgan oʻlim va shikastlanish hollari uchun drujinaning har bir a’zosi 50 (ellik)ta eng kam oylik ish haqi miqdorida koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari hisobiga suurta qilinadi.