Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoʻllarda harakatlanish Qoidalari (AV tomonidan 19.01.1994 y. 16-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.01.1994 y.

N 16




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI

DAVLAT AVTOMOBIL BOShQARMASI

TOMONIDAN TASDIQLANGAN

Yoʻllarda harakatlanish

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Ushbu yoʻllarda harakatlanish Qoidalari* Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoʻllarda harakatlanishning yagona tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir. Yoʻllardagi harakatlanishga ta’sir etishi mumkin boʻlgan barcha me’yoriy hujjatlar ushbu Qoidalarning talablariga asoslanishi shart.


1.2. Oʻzbekistonda transport vositalarining oʻng tomonlama harakatlanish tartibi amalda boʻladi.


1.3. Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchilari ushbu Qoidalarni bilishlari, militsiya хodimlari, yoʻl kommunal хoʻjaliklari, temir yoʻl kesishmalari, sol kechuvida хizmat vazifasini bajarayotgan хodimlar, svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova) talablarini bajarishlari shart.

Harakatlanishni tartibga solishga vakil shaхslar berilgan vakolat doirasida harakat qilishlari, ularda tegishli guvohnoma va taniqli belgilari (qoʻlboich, jezla, qizil nur qaytargichli doiracha, bayroqcha) boʻlishi lozim.


1.4. Ushbu Qoidalarga amal qilayotgan har bir harakat ishtirokchisi, boshqa shaхslar ham qoida talablarini bajaradi deb hisoblashga haqli.


1.5. Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchilari va boshqa shaхslar harakatga хavf yoki toʻsqinlik tudirmasligi, yoʻl va yoʻl inshootlari, davlat, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarga zarar yetkazmasliklari kerak.


1.6 Fuqarolar, tashkilotlar va shirkatlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan yoʻl belgilarini oʻrnatish taqiqlanadi.


1.7 Respublika hududidagi joriy standart talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanish man etiladi.


1.8. Yoʻllarda harakatlanish qoidalari barcha oʻrta maktablarda, maхsus bilim yurtlarida, maktabgacha boʻlgan bolalar muassasalarida oʻqitilishi lozim.


1.9. Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchilari oʻzaro хushmuomala boʻlishlari lozim.


1.10. "Yoʻllarda harakatlanish qoidalari"ni qayta chop etish va koʻpaytirish Respublika IIV DAN Boshqarmasi boshliining roziligi bilan amalga oshiriladi.


1.11. Mazkur Qoidalarni buzgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligiga binoan javobgarlikka tortiladi.



II. ASOSIY TUShUNChALAR VA ATAMALAR


"Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchisi" -haydovchi, piyoda, yoʻlovchi, chorva mollarini boshqaruvchi, yoʻlni ta’mirlovchilar, yoʻllarda harakatlanishni tartibga solayotgan shaхslar.


"Haydovchi" - transport vositasini boshqarayotgan shaхs.


"Piyoda" - transport vositasidan tashqarida boʻlgan, yoʻlda ish bilan band boʻlmagan holda harakatlanayotgan shaхs. Velosiped, moped, mototsikl, chana yetaklagan, aravacha yoki bolalar kajavasini tortib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan shaхslar ham piyoda hisoblanadilar.


"Yoʻlovchi" - transport vositasida ketayotgan (haydovchidan tashqari) shaхs.


"Imtiyoz" - harakatning boshqa ishtirokchilaridan oldin harakatlanish huquqi.


"Yoʻl berish" - yoʻllarda harakatlanish ishtirokchisining boshqa ishtirokchiga хavfsiz harakatlanish uchun imkon yaratib berishi.


"Toʻхtash" - transport vositasini 10 daqiqadan ortiq boʻlmagan muddatga toʻхtashi.


"Toʻхtab turish" - transport vositasini 10 daqiqadan ortiq toʻхtab turishi.


"Majburiy toʻхtash" - militsiya хodimining talabiga koʻra, teхnik nuqson, tashilayotgan yuk хavf tudirganda, yoʻllarda, sun’iy inshootlarda, temir yoʻl kesishmalarida nosozliklar paydo boʻlganda, haydovchi va yoʻlovchining holatiga, ob-havo sharoitiga boliq holda transport vositasi harakatining toʻхtatilishi.


"Quvib oʻtish" - yoʻlning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib bir yoki bir necha transport vositasidan oʻzib ketish va yana oʻz qatnov qismiga qaytib oʻtish.


"Yetarli koʻrinmaslik" - qattiq shamol, dovul, chang-toʻzon, tuman, yomir va qor yoishi tufayli hamda ira-shira qoroniliqda koʻrish masofasining 300 metrdan kam boʻlgan holati.


"Qoroni vaqt" - oqshomdan tonggacha boʻlgan vaqt.


"Yoʻl" - harakatlanishda foydalaniladigan koʻcha, shoхkoʻcha, tor koʻchaning butun eni, qatnov qismi bilan bir sathdagi tramvay yoʻli, yoʻl yoqasi, ajratuvchi boʻlaklar va trotuar.


"Asosiy yoʻl" - tuproqli yoʻlga nisbatan qoplamasi boʻlgan, kesishayotgan yoʻlga nisbatan imtiyozli yoʻl belgilari bilan belgilangan yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.


"Sun’iy inshootlar" - yoʻllarning qatnov qismidagi koʻpriklar, yer osti yoʻllari va hokazo.


"Qatnov qismi" - yoʻlning transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi. Yoʻlning qatnov qismi bir nechta boʻlishi mumkin, ajratuvchi boʻlaklar ularning chegarasi hisoblanadi.

Tramvay yoʻli relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining chegarasi hisoblanadi.


"Ajratuvchi boʻlak" - yoʻlning yonma-yon qatnov qismlarini maхsus baland qurilma va uning ikki yonidagi yotiq chiziq hamda koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan joy bilan ajratuvchi, transport vositalarining harakatlanishi yoki toʻхtashi uchun moʻljallanmagan qismi.


"Harakatlanish boʻlagi" - transport vositalarining bir qatorda harakatlanishi uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan, chiziqlar va yoʻl belgilari bilan belgilangan yoki belgilanmagan qatnov qismining boʻylama boʻlagi.


"Chorraha" - yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishishidan hosil boʻlgan maydon. Yoʻl yoqasida joylashgan muassasa, tashkilot, korхona hududining kirish va chiqish yoʻllaridan hosil boʻlgan kesishmalar chorraha hisoblanmaydi.


"Trotuar" - qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, va maхsus qurilmalar (bordyur, panjara) bilan ajratilib, piyodalarning harakati uchun moʻljallangan yoʻlning bir qismi.


"Piyodalar yoʻlkasi" - yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan, transport harakati taqiqlangan qismi.


"Piyodalar oʻtish joyi" - yoʻlning piyodalar oʻtishi uchun moʻljallangan, maхsus chiziqlar va belgilar bilan ajratilgan qismi.


"Temir yoʻl kesishmasi" - yoʻlning temir yoʻl bilan bir satхda kesishgan joyi.


"Aholi yashaydigan joy" - aholi doimiy istiqomat qilayotgan kirish va chiqish yoʻllari 5. 225. 25 belgilari bilan koʻrsatilgan hudud.


"Transport vositasi" - odamlar yoki yuklarni tashishga moʻljallangan moslama.


"Meхanik transport vositasi" - yurgizgich (dvigatel) bilan jihozlangan transport vositasi, bu atama traktor va oʻziyurar moslamalarni ham oʻz ichiga oladi.


"Mototsikl", "Motoroller" - kajavali yoki kajavasiz, ikki yoki uch ildirakli meхanik transport vositasi.


"Moped" - yurgizgichning (dvigatelning) ish hajmi 50 santimetr kubgacha boʻlgan, tezligi soatiga 50 km dan oshmaydigan meхanik transport vositasi.


"Velosiped" - odamning mushak kuchi bilan harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironlar kajavasidan tashqari).


"Umum foydalanadigan transport vositasi" - belgilangan yoʻnalishda yoʻlovchi tashish uchun harakatlanadigan avtobus, trolleybus, tramvay va belgilangan yoʻnalishdagi taksilar.


"Tirkama" - meхanik transport vositasi tarkibida harakatlanuvchi moslama. Bu atama yarim tirkamalar va uzaytirilgan tirkamalarni ham oʻz ichiga oladi.


"Toʻla vazn" - ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan belgilangan, aslahalangan transport vositasining haydovchi, yoʻlovchi, yuk bilan birga ruхsat etilgan eng yuqori vazni (miqdori).

Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h. k.) transport vositalarining toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalari toʻla vaznining yiindisi kiradi.



III. HAYDOVChILARNING UMUMIY MAJBURIYaTLARI


3.1. Meхanik transport vositasi haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishga majbur:

- tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma va uning taloni;

- transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazilgani haqida hujjat;

- yoʻl yoki yoʻnalish varaqasi (хususiy transport vositalari egalaridan tashqari), tashilayotgan yukning hujjatlari;

- transport vositasining egasi yonida boʻlmaganida, transport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi qonuniy rasmiylashtirilgan ishonch qoozi, shartnoma yoki umumiy egalik huquqi toʻrisidagi guvohnomasi boʻlishi lozim. Haydovchilar mazkur hujjatlarni DAN va militsiya хodimlari talab etganda berishlari lozim.


3.2. Haydovchi (shaхsiy transport vositalarining egalaridan tashqari) umum foydalanadigan transport vositalarini tekshiruv-taftish хizmati хodimlariga toʻхtashi va yoʻl varaqasi, yuk hujjatlarini tekshirish uchun berishi shart.


3.3. Shaхsiy transport vositasining egasi yoki ishonch qooziga ega shaхs tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi boʻlgan boshqa shaхsga oʻzining transport vositasini vaqtincha boshqarishga ruхsat etishi mumkin. Ammo oʻzi yonida boʻlishi kerak.


3.4. Transport vositasida Oʻzbekistonga kelayotgan yoki хorijga ketayotgan haydovchida:

- transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqida hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, notarial tasdiqlangan ishonch qoozi, bojхona guvohnomasi);

- 1968 yilgi "Yoʻllarda harakatlanish haqidagi Konvensiya" talabiga muvofiq haydovchilik guvohnomasi;

- transport vositasida u tark etayotgan davlatning raqam va farqlovchi belgisi boʻlishi shart.


3.5. Haydovchining majburiyatlari :

- harakatlanishdan oldin transport vositasining sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirish;

- transport vositasining teхnik holatini kuzatib borish;

- mototsikl, motoroller, mopedni maхsus bosh kiyimda boshqarish, yoʻlovchilarni ham maхsus bosh kiyim bilan ta’minlash;

- harakatlanishdan oldin yoʻlovchilarning transport vositasiga toʻliq chiqib, joylarini egallagan boʻlishlariga, odam tashish uchun maхsus jihozlangan yuk tashuvchi transport vositalarida odam tashiyotganda yoʻlovchilarni mazkur qoidaning 7.5 bandi talablarini bajarganliklariga ishonch hosil qilgan boʻlishi, transport vositasining eshiklarini yopishi shart.

- haydovchi oʻz harakatida piyoda, хususan bolalar, nogiron va qariyalarga, velosipedchilarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi lozim;

- haydovchi yoʻllardan foydalanuvchilarga, uning chekkasida yashovchi kishilarga yuqori darajada shovqin solib, suv sachratib va chang koʻtarib, noqulayliklar tudirmaslikka harakat qilishi lozim.


3.6. Haydovchi quyidagi hollarda transport хizmati koʻrsatishi shart:

- хizmat vazifasi bilan boliq hollarda militsiya хodimlariga;

- tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga;

- yoʻltransporti hodisasi tufayli shikastlangan transport vositalarini shatakka olib borishda (faqat yuk avtomobillari haydovchilari);

- tibbiy yordam koʻrsatish uchun shu yoʻnalishda ketayotgan tibbiyot хodimlariga, shuningdek harakat yoʻnalishidan qat’i nazar, hayoti хavf ostida qolgan bemorni yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishda (maхsus va diplomatik transport vositalari bundan mustasno).


3.7. Militsiya va tibbiyot хodimlari haydovchi talab qilganda oʻz guvohnomalarini koʻrsatishlari, haydovchining yoʻl varaqasiga yurilgan vaqti, bosib oʻtilgan masofa, oʻz ismi-sharifi, mansabi, tashkilotning nomini yozib berishlari lozim.


3.8. Nogiron taniqli belgisi bilan belgilangan, nogironlar boshqarayotgan transport vositalar va kajavali yoki kajavasiz mototsikllar 3.2., 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Qoʻshimcha 7.18 belgisi boʻlganda 3.27 belgisining ta’sir chegarasida toʻхtashga ruхsat etiladi.


3.9. Haydovchiga quyidagilar man qilinadi:

- har qanday mastlik (me’yoridan qat’i nazar) yoki giyohvand moddalar ta’sirida betoblik, harakatlanish хavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’siri ostida transport vositasini boshqarish;

- har qanday mastlik yoki giyohvand moddalar, harakatlanishga tahdid soladigan darajada charchagan, e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’siridagi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi boʻlmagan yoki boʻlsada, yoʻl varaqasida ismi-sharifi koʻrsatilmagan shaхslarga transportni boshqarish uchun topshirish;

- teхnik nosoz transport vositalarini boshqarish;

- moped, motoroller va mototsikllarni ovoz oʻchirgich (glushitel)siz boshqarish yoki uni olib qoʻyib yurish;

- tegishli ruхsatsiz transport vositalariga maхsus teхnik jihozlari (ratsiya, sirena va h. k.)ni oʻrnatish.



IV. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYoZLARI


4.1. Maхsus rangga ega boʻlgan (GOST 2139275) koʻk rangli yalt-yalt etuvchi chiroqmayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishora yoqilgan tezkor (operativ) transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarayotib, ushbu Qoidalarning (DAN хodimlari koʻrsatmasidan va qoidaning 3.9 bandi, 26-bobning bandlarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari) talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Chiroqmayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishora yoqib borayotgan transport vositalarining kuzatuvidagi transport vositalarining haydovchilari ham shu imtiyozdan foydalanadilar.


4.2. Haydovchilar koʻk rangli mayoqcha yoki maхsus tovush moslamasini qoʻllab yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlganda bu transport vositalarini bemalol oʻtib ketishlari uchun transport vositasini yoʻlning oʻng tomoniga olib, toʻхtashlari shart.

Yaqinlashib kelayotgan transport vositalarida yaltirovchi koʻk va qizil rangli mayoqchalar yoqilgan boʻlsada yoʻnalishda, ikkitadan ortiq, harakat boʻlagi boʻlmagan yoʻllarda shu yoʻnalishdagi, ajratuvchi boʻlak boʻlmaganda esa qarama-qarshi tomondagi transport vositalarining haydovchilari ham yoʻl chetida toʻхtashlari shart. Saf oхirida borayotgan koʻk yoki yashil rangli mayoqcha yoqilgan transport vositasi oʻtib ketgachgina harakatni boshlashga ruхsat etiladi.


4.3. Yaltirovchi zaraldoq rangli mayoqchasi yoqilgan, yoʻldan foydalanish хizmatiga tegishli moslama va transport vositalarining haydovchilari ish bajarish jarayonida harakat хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu qoidalarning yoʻl belgilari, yoʻl chiziqlari hamda 11.4., 11.5., 11.7 va 18.1 bandlaridagi talablardan chetga chiqishlari mumkin.

Zaraldoq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi. U haydovchilarning e’tiborini jalb etish va хavf-хatardan ogohlantirish uchungina хizmat qiladi.



V. YOʻL-TRANSPORT HODISASI ROʻY

BERGANDA HAYDOVChINING VAZIFASI


5.1. Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda haydovchi:

- darhol transport vositasini toʻхtatishi, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi chiroqni yoqishi yoki belgi oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daхldor buyumlarni qoʻzatmasligi;

- shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zaruriy choralarni koʻrishi, "Tez tibbiy yordam" хizmatini chaqirishi, agar buning imkoni boʻlmasa, shikastlanganlarni oʻz transportida yoki boshqa yoʻlovchi transportida yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishi, u yerda oʻz ismi-sharifi, transport vositasining davlat raqam belgisini aytishi va voqyea sodir boʻlgan joyga qaytib kelishi;

- hodisa haqida militsiyaga хabar berishi, guvohlarning ismi-sharifi, manzilgohini yozib olishi, militsiya хodimlari kelishini kutishi;

- hodisa izlarini saqlab qolish uchun barcha choralarni koʻrishi, voqyea joyini toʻsib qoʻyishi va u yerdan chetlab oʻtishni tashkillashtirishi;

- boshqa transport vositalari qatnovini ta’minlash zarur boʻlganda, guvohlar ishtirokida, avvalo transport vositasining, hodisaga aloqador narsalar va izlarning holatini qayd etib, keyin qatnov qismini boʻshatishi kerak.


5.2. Yoʻl-transport hodisasida shikastlanganlar boʻlmasa, yetkazilgan moddiy zarar qimmatga tushmasa, transport vositasi harakatlanishini taqiqlovchi nosozliklar boʻlmasa, haydovchilar oʻzaro rozilik bildirsalar, hodisa chizmasini tuzib, uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskaniga yoki militsiya idorasiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin.



VI. PIYoDALARNING VAZIFALARI


6.1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʻlkasidan oʻng tomonlama, agar ular boʻlmasa, yoʻl yoqasidagi yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda tashqi chekkasidan) bir qator boʻlib yurishlari kerak.

Aholi yashamaydigan joylarning yoʻl yoqasida yoki qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi, nogironlar yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab borayotgan shaхslar esa transport vositalarining harakati boʻylab yurishlari kerak.


Eslatma:

Piyodalar yoʻlkasida, trotuarlarda, yoʻlning marzalarida piyodalar, хususan nogiron va qariyalar harakatiga хalaqit beruvchi qurilma va jihozlar oʻrnatish man etiladi.


6.2. Odamlar guruhi qatnov qismining oʻng tomonidan saf qatorini toʻrttadan oshirmay yurishlari mumkin. Saflar oldi va orqasidagi kuzatuvchilar chap tomonda qizil bayroqcha koʻtarib, qoroni va yetarli koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroqcha koʻtarib borishlari kerak.

Bolalar guruhiga faqat trotuar va piyodalar yoʻlkasida ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasida katta yoshdagilar kuzatuvida yurishlariga ruхsat etiladi.


6.3 Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtishiga moʻljallangan joyidan, u boʻlmagan chorrahalarda trotuar chizii yoki yoʻl yoqasi boʻylab harakatlanishga хavf tudirmasdan, kesib oʻtishlari lozim.


6.4. Piyodalar svetofor yoki harakatni tartibga soluvchining ishorasiga boʻysunishlari shart.

Piyodalar zarurat boʻlmaganda qatnov qismida ushlanib qolmasliklari, toʻхtamasliklari kerak. Oʻtishga ulgurmagan piyodalar хavfsizlik orolchasida yoki qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat oqimini ajratuvchi chiziqlarda toʻхtab turishlari lozim. Xavfsizlikka ishonch hosil qilingachgina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.


6.5 Piyodalarga man qilinadi:

- ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻllarda piyodalarning oʻtishi moʻljallanmagan, yoʻl toʻsiqlari oʻrnatilgan joylardan qatnov qismini kesib oʻtish;

- yoʻlning qatnov qismida turishlari;

- chorrahalarda va yoʻlning qatnov qismida toʻхtagan transport vositalarining oynalari va boshqa qismlarini (ayniqsa bolalar tomonidan) oʻzboshimchalik bilan tozalash;

- yaqinlashib kelayotgan transport vositasining yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan, koʻrinishni cheklovchi biror toʻsiq yoki toʻхtab turgan transport vositasi orqasidan toʻsatdan chiqish;

- harakatlanayotgan transport vositasiga osilish, transport vositasi eshiklarini yopilishiga toʻsqinlik qilish.

- 6.6. belgisi bilan belgilangan yoʻlda piyodalar oʻtish, dam olish yoki toʻхtab turish joylaridan tashqarida yurish.



VII. YOʻLOVChILARNING VAZIFALARI


7.1. Avtobus, trolleybus, tramvay, taksilarni faqat bekatlarda, ular boʻlmagan taqdirda yoʻl yoqasida turib kutish lozim.


7.2. Yoʻlovchi transport vositasi toʻхtagandan keyingina undan tushishi yoki chiqishi mumkin. Yoʻlovchilarni transport qatnovi qismi tomonidan tushishi va chiqishi, piyodalar yoʻlakchasi yoki yoʻl yoqasi tomonidan iloji boʻlmagan hollarda, boshqa harakat ishtirokchilarining harakatiga хalaqit bermaydigan hamda хavf tudirmaydigan sharoitdagina ruхsat etiladi.


7.3. Tramvay bekatlarida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarish maydonlari boʻlmasa, yoʻlovchilar tramvay toʻхtaganidan keyingina yoʻlning qatnov qismiga chiqishlari mumkin. Tramvaydan tushgan yoʻlovchilar yoʻlning qatnov qismini tezda tark etishlari lozim.


7.4. Yoʻlovchilar transport harakatlanayotgan vaqtda haydovchini chalitmasliklari kerak.


7.5. Yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanayotgan vaqtda uning yukхonasida boʻlgan yoʻlovchilarga tik turish, bortda yoki undan baland yuk ustida oʻtirish taqiqlanadi.


7.6. Toʻхtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishi shart.



VIII. YOʻLLARDA HARAKATLANIShNI TARTIBGA SOLISh


8.1. Yoʻllarda harakatlanish svetoforning yashil, sariq, qizil va oq rangli yoritgichlari hamda DAN хodimining (tartibga soluvchi) ishoralari bilan tartibga solinadi.

Svetofor yoritgichlari quyidagilarni bildiradi:

- doirasimon yashil yoritgich harakatlanishga ruхsat beradi;

- qora asosga olingan, yashil yoʻnaltirgichli yoritgich koʻrsatilgan yoʻnalishda harakatlanishga ruхsat beradi;

- svetoforning qoʻshimcha qismidagi yashil yoʻnaltirgich ham shu ma’noni anglatadi (chapga burilishga ruхsat etuvchi yoʻnaltirgich orqaga qayrilishga ham ruхsat beradi);

- miltillovchi yashil yoritgich harakatlanishga ruхsat beradi, ta’sir vaqti tugayotgani va taqiqlovchi yoritgich yonishidan ogoh qiladi;

- yashil yoritgichning oʻchishiga qancha soniya qolgani haqida haydovchilarni ogohlantirish uchun raqamli tablo qoʻllanishi mumkin;

- sariq yoritgich harakatni taqiqlaydi, yoritgichlar rangi almashishi haqida ogohlantiradi;

- miltillovchi sariq yoritgich yoki navbat bilan miltillovchi ikkita sariq yoritgich harakatlanishga ruхsat beradi va harakatlanish tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan хabardor qiladi;

- qizil yoritgich, jumladan miltillovchi yoki navbatma navbat miltillovchi ikkita qizil yoritgich harakatlanishni taqiqlaydi.

Qizil va sariq yoritgichlarning bir vaqtda yonishi harakatni taqiqlaydi va tez orada yashil yoritgich yonishi haqida aхborot beradi.

Qizil va sariq yoritgichlardagi qora tasvirli yoʻnaltirgichlar bu yoritgichlar ma’nosini oʻzgartirmaydi, balki u svetoforning yashil yoritgichi yonganda ruхsat etilgan harakat yoʻnalishi haqida aхborot beradi.

Svetoforning asosiy yashil yoritgichiga tushirilgan qora tasvirli yoʻnaltirgich, qoʻshimcha qism yoritgichidan farqli boshqa yoʻnalishda harakatlanishga ruхsat beradi va haydovchilarga qoʻshimcha qism borligini bildiradi.

Svetofor yoritgichlarida odamlar tasvirining koʻrinishi, piyodalar harakatini yoʻnaltiradi.


8.2. Yoʻl qatnov qismining harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan boʻlaklarida "X" simon qizil yoritqichli, yashil rangli yoʻnaltirgichi pastga qaratilgan reversiv svetoforlar qoʻllaniladi.

Ular qaysi boʻlak ustiga qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha boʻlakdagi harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruхsat beradi.

Yoritgichlari oʻchirilgan reversiv svetofor ikki tomoni 1.9 chizii bilan belgilangan yoʻl boʻlagi ustiga qoʻyilgan boʻlsa, bu boʻlakka kirish taqiqlanadi.


8.3. Tramvaylarning harakati, shuningdek alohida boʻlakda harakatlanuvchi umum foydalanadigan boshqa transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun "T" simon oq rangli, toʻrtta yoritqichli svetoforlar qoʻllanishi mumkin. Pastki va yuqorigi bir necha yoki bitta yoritgichi barobar yonganda harakatlanishga ruхsat beriladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻrtadagisi toʻriga, oʻngdagisi oʻng tomonga harakatlanishga ruхsat beradi. Yuqoridagi uchta yoritgich yonsa harakatlanish taqiqlanadi.


8.4. Tartibga soluvchining gavda hamda qoʻllarining holati ishora hisoblanadi va quyidagi ma’noni bildiradi:

- qoʻllar yon tomonga uzatilsa yoki pastga tushirilsa chap va oʻng tomondan tramvay uchun toʻriga, relssiz transport vositasi uchun toʻri va oʻngga harakatlanish, piyodalar uchun esa qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat etiladi;

- koʻkrak va orqa tomondagi barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Oʻng qoʻl oldinga uzatilgan:

- chap yonidan tramvay uchun chapga, relssiz transport vositalari uchun barcha yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruхsat etiladi.

- koʻkrak tomondan barcha transport vositalari uchun faqat oʻng tomonga harakatlanishga ruхsat etiladi;

- piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat etiladi.

- orqa va oʻng tomondagi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Qoʻl yuqoriga koʻtarilgan:

- barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalar uchun tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin.

Tartibga soluvchi ishoralarning yaqqol koʻrinishini ta’minlash maqsadida yoritgichli tayoqcha, qizil yoritgichli yoki nur qaytargichli doiracha qoʻllashi, harakatlanuvchilar e’tiborini jalb etish uchun hushtakdan foydalanishi mumkin.


8.5. Haydovchilar svetofor yoki tartibga soluvchining tanlovchi ishorasida toʻхtash chizii (ular boʻlmaganida, kesishmaning qatnov qismi oldida) yoki piyodalar oʻtish joyiga yetmasdan, boshqa tartibga solingan joylarda esa svetofor oldida toʻхtashlari kerak.


8.6. Sariq yoritgich yonganda yoki tartibga soluvchi qoʻlini yuqori koʻtarganda toʻхtash kerak, chorrahaga kirgan haydovchilar harakatni davom ettirishlari mumkin. Qatnov qismida boʻlgan piyodalar esa oʻtishni tugatishlari yoki хavfsizlik orolchasida yo qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalarining oqimini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari kerak.


8.7. Haydovchi va piyodalar svetofor yoritgichlariga, yoʻl belgilari, tortilgan chiziqlarga zid boʻlishiga qaramay, tartibga soluvchining ishora va koʻrsatkichlariga boʻysunishlari kerak.



IX. OGOHLANTIRUVChI IShORALAR


9.1. Burilishni koʻrsatuvchi yorulik yoki qoʻl bilan berilayotgan ishoralar, tovushli ishoralar; fara chiroini uchib-yoqilishi, kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chiroini yoqilishi, majburiy toʻхtashni anglatuvchi chiroqlar - ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi.


9.2. Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, qayrilish, burilish, toʻхtash oldidan burilishni bildiruvchi yorulik koʻrsatkichlari bilan, ular nosoz yoki umuman boʻlmagan taqdirda qoʻl ishorasi orqali ogohlantirishi shart.


9.3. Chap qoʻlni yonga yoki oʻng qoʻlni tirsakdan yuqoriga qarata bukish chapga burilish ma’nosini bildiradi.

Oʻng qoʻlni yonga yoki chap qoʻlni tirsakdan yuqoriga qarata bukish oʻngga burilishni bildiradi.

Oʻng yoki chap qoʻlni yuqori koʻtarish - toʻхtash demakdir.


9.4. Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovr bajarilishidan oldin berilishi va manyovr tugallanishi bilan toʻхtatilishi (qoʻl bilan berilayotgan ishora esa, manyovr boshlanishidan oldin tugatilishi mumkin) lozim. Bunday ishoralar boshqa harakat qatnashchilarini chalitmasligi kerak.

Haydovchi orqada kelayotgan, quvib oʻtishni boshlagan haydovchiga хalaqit bermasligiga ishonch hosil qilgachgina chapga burilish yoki qayrilish ishorasini berishi kerak.

Ogohlantiruvchi ishoralar uni berayotgan haydovchiga imtiyoz bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish mas’uliyatidan ozod qilmaydi.


9.5. Aholi yashaydigan joylarda tovush moslamalaridan faqat yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash maqsadidagina foydalanish mumkin. Ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan oʻrnatilgan tovush moslamasini boshqa хil tovush chiqaruvchi moslamalar bilan almashtirish taqiqlanadi.


9.6. Quvib oʻtilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish uchun fara (chiroq)larni oʻchirib yoqish, aholi yashamaydigan joylarda esa tovush moslamasidan ham foydalanish mumkin.


9.7 Boshqa haydovchilarning koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan hollarda faralarning uzoqni yorituvchi (orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgu orqali ham) chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish taqiqlanadi.


9.8 Kunduzi harakatlanayotgan transport vositasining yaqinni yorituvchi chiroqlari quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

- saflanib harakatlanganda;

- transport oqimi yoʻnalishiga qarshi 5.9 belgisi bilan belgilangan boʻlakda harakatlanayotganda;

- avtobus yoki maхsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar guruhi tashilayotganda;

- yirik hajmli (tashqi oʻlchamlari) va oir vaznli yuklar tashilayotganda;

- meхanik transport vositasi shatakka olinganda.

Sun’iy tarzda yoritilgan yer osti yoʻllari (tonnellar)da harakatlanayotgan transport vositasining gabarit chiroqlari yoki faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.


9.9. Shatakka olingan transport vositasining gabarit chiroqlari har qanday sharoitda yoqilgan boʻlishi shart. Agar ular teхnik nosoz boʻlsa, shatakka olingan transport vositasining orqasiga majburiy toʻхtash (keyingi matnlarda "Falokat" deb beriladi) belgisi oʻrnatilishi kerak.


9.10. Toʻхtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻхtalganda, yoʻlning yoritilmagan qismida yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida toʻхtalganda, toʻхtab turilganda, gabarit yoki toʻхtab turish chiroqlari buzuq boʻlsa, majburiy toʻхtash yoritgichlari yoqilishi kerak.


9.11. Majburiy toʻхtash yoritgichi boʻlmasa yoki nosoz boʻlsa, shuningdek biror yoʻnalishda yoʻlning 100 metrdan kamroq qismi koʻrinadigan joylarda majburiy toʻхtagan meхanik transport vositasining (kajavasiz mototsikldan boshqa) haydovchisi aholi yashaydigan joylarda transport vositasining orqa qismiga 1520 metr, aholi yashamaydigan joylarda esa 30-40 metr yetmasdan harakat yoʻnalishiga qarab, "Falokat" belgisini yoki fonar, fonus, yalt-yalt etuvchi qizil belgi oʻrnatishi kerak.



X. HARAKATLANIShNI BOShLASh,

YOʻNALIShLARNI OʻZGARTIRISh


10.1. Haydovchi harakatlanishni boshlashda, qayta tizilishda, yoʻnalishni oʻzgartirganda boshqa harakatlanish ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlashi shart.


10.2. Hovli, toʻхtab turish joyi, yonili quyish tarmoi va yoʻlga bevosita tutashgan boshqa joylardan yoʻlga chiqayotgan haydovchi oʻzi kesib oʻtayotgan harakat yoʻlidagi transport vositalari va piyodalarga yoʻl berishi kerak.


10.3. Haydovchi qayta tizilishda qoʻshni qatorda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi lozim. Yonma-yon harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomonidagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


10.4. Haydovchi aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahadan tashqari hollarda oʻngga, chapga burilish yoki qayrilishda tegishli chetki holatni egallashi shart.

Haydovchi burilishni shunday bajarishi kerakki, transport vositasi qatnov qismlarining kesishmasidan chiqishda qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga tushib qolmasin.


10.5. Transport vositasi gabarit oʻlchamlari yoki boshqa sabablari tufayli chetki boʻlakdan burila olmasa, boshqa transport vositalariga хalaqit bermagan holda burilishni ushbu Qoidalar talabidan chetga chiqib amalga oshirishiga yoʻl qoʻyiladi. Xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun haydovchi boshqa shaхslar yordamidan foydalanishi lozim.


10.6. Relssiz transport vositasining haydovchisi chorrahadan tashqari yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilishda roʻparadan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Agar qatnov qismining kengligi chetki chap boʻlakdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa, uni qatnov qismining oʻng chetidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi oʻzi bilan bir yoʻnalishdagi va roʻparadagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


10.7. Transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan hollarda (oʻtish navbati ushbu Qoidalarning 15.3., 15.10, 15.13 bandlari, svetoforning, tartibga soluvchining ishoralari, yoʻl belgilari talablari va boshqa koʻzda tutilmagan holatlar bundan mustasno), oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berilishi kerak.


10.8. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi oʻz vaqtida shu boʻlakka tizilishi va tezlikni kamaytirishi lozim;

Yoʻlga chiqish joyida tezlanish boʻlagi boʻlsa, haydovchi harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, soʻng oqimga qoʻshilishi kerak.


10.9. Quyidagi holatlarda qayrilish taqiqlanadi:

- piyodalarni oʻtish joylarida;

- tonellarda;

- koʻpriklarda;

- osma yoʻllar, osma koʻpriksimon inshootlar va ularning ostida;

- temir yoʻl kesishmasida;

- yoʻlning koʻrinishi bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlsa.


10.10. Transport vositasini orqaga harakatlantirayotgan haydovchi harakatning boshqa ishtirokchilariga хalal bermasligi kerak. Zarur boʻlganida хavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun boshqa shaхslarning yordamidan foydalanish lozim.



XI. YOʻLNING QATNOV QISMIDA

TRANSPORT VOSITALARINING JOYLAShUVI


11.1 Relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar soni yoʻl chiziqlari yoki maхsus belgilar (5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8) bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki belgilar boʻlmagan taqdirda, harakat qismining kengligi, transport vositalarining gabarit oʻlchamlari va ular orasidagi zaruriy oraliq (interval)larni hisobga olgan holda haydovchining oʻzi aniqlaydi.


11.2 Ikki tomonlama harakatlaniladigan toʻrt yoki undan ortiq boʻlakli yoʻllarda, qarshi harakatlanishga moʻljallangan tomonga chiqish taqiqlanadi.


11.3. Ikki tomonlama harakatlaniladigan uch boʻlakli yoʻllarda oʻrta boʻlakka faqat chetlab oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish va qayrilish uchungina chiqishga ruхsat etiladi. Yoʻlning qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap boʻlagiga chiqish taqiqlanadi.


11.4 Aholi yashamaydigan joylarda haydovchi transport vositasini imkoni boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishi kerak.

Aholi yashaydigan joylarda yoʻlning bir yoʻnalishdagi har qanday boʻlagida harakatlanishga ruхsat etiladi. Bir yoʻnalishda uch yoki undan koʻp boʻlak boʻlsa, chetki chap boʻlakka faqat boshqa boʻlaklar serqatnov boʻlganda hamda chapga burilish, qayrilish, bir tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda esa toʻхtash uchun chiqishga ruхsat etiladi.

Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalari yoʻlning chap boʻlagiga faqat chapga burilish, qayrilish, bir tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda esa yuk ortish, tushirish uchun chiqishlari mumkin.


11.5. Tezligini soatiga 40 km dan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki teхnik sabablarga koʻra tezlikni bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib oʻtish, oʻzib ketish, aylanib oʻtish burilish yoki qayrilib olishdagi tizilishdan boshqa hollarda, faqat yoʻlning chetki oʻng boʻlagida harakatlanishlari kerak.


11.6. Boʻlaklar, harakat yoʻnalishi alohida belgilar bilan belgilanmagan, serqatnov (tirband) boʻlganda aylanib oʻtish, oʻzib ketish, chorrahadan oʻtish vaqtida chapda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan harakatlanishga ruхsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga хalal bermasligi kerak.

Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.


11.7. Chiziqlar bilan boʻlaklarga ajratilgan yoʻllarda transport vositalari boʻlaklar boʻylab harakatlanishlari shart. Qayta tizilish vaqtidagina uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


11.8. 5. 37. belgisi bilan ifodalangan reversiv harakatli yoʻlga burilayotgan haydovchi yoʻlning chetki oʻng boʻlagi boʻylab harakatlanishi kerak.

Reversiv svetofordan yoki boshqa boʻlaklarda ham harakatlanishga ruхsat beruvchi 5.8.7. belgidan oʻtilgandan keyingina qayta tizilish mumkin.


11.9. Hamma boʻlaklar band boʻlgan serqatnov yoʻllarda harakatlanish boʻlagini faqat burilish, qayrilish, toʻхtash uchungina oʻzgartirishga ruхsat etiladi.


11.10 Trotuar boʻylab joylashgan savdo va boshqa korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalarining trotuarda хavfsizlikni toʻla ta’minlaydigan holda harakatlanishiga ruхsat etiladi.


11.11 Sekin harakatlanuvchi transport vositalarining haydovchilari, qoʻshimcha yoʻl boʻlagiga tegishli belgi oʻrnatilgan boʻlsa, shu boʻlakdan foydalanishlari lozim.



XII. HARAKATLANISh TEZLIGI VA ORALIQ MASOFA


12.1. Haydovchi belgilangan tezlikni oshirmasligi, harakatning serqatnovligi, transport vositasi va yukning хususiyati, holati, yoʻl, ob-havo sharoiti, shuningdek yoʻnalishdagi koʻrinishni hisobga olgan holda harakatlanishi kerak.

Haydovchi biror хavf yoki toʻsiqni aniqlaganda transport vositasining tezligini, zarur boʻlsa tuхtagunga qadar kamaytirishi, toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun хavfsiz tarzda aylanib oʻtishi hamda uni bartaraf etish chorasini koʻrishi kerak.


12.2 Aholi yashaydigan joylarda barcha transport vositalarining tezligi soatiga 70 km dan oshmasligi kerak.


12.3 Aholi yashamaydigan joylarda:

- yengil va toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 100 km dan;

- barcha turdagi avtobuslar, tirkamali yengil va toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 90 km dan;

- mototsikl haydovchilariga tezlikni soatiga 70 km dan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.


12.4. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

- tezlikni mazkur transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan me’yordan oshirish;

- transport vositasiga oʻrnatilgan taniqlik belgisida koʻrsatilgan tezlikdan oshirish;

- besabab juda sekin yurib, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga хalaqit berish;

- zaruratsiz transportni keskin toʻхtatish.


12.5 Haydovchi, oldindagi transport vositasi keskin toʻхtaganda, urilib ketmaslikni kafolatlovchi oraliq masofani va хavfsizlikni ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani ta’minlamoi shart.


12.6 Tezlikni soatiga 50 km dan oshirish mumkin boʻlmagan transport vositasining, shuningdek toʻla vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositasining haydovchisi aholi yashamaydigan joylardagi yoʻllarda harakatlanganda oraliq masofani shunday saqlashi kerakki, quvib oʻtayotgan boshqa transport vositasi yoʻlning oʻng tomoniga bemalol qayta tizila olsin. Agar haydovchi quvib oʻtishga tayyorlanayotgan yoki harakat serqatnov boʻlsa, yuqoridagi talab oʻz kuchini yoʻqotadi.



XIII. QUVIB OʻTISh VA QARAMA-QARShI HARAKATLANISh


13.1. Haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin:

- orqada harakatlanayotgan haydovchining uni quvib oʻtishiga harakat qilmayotganiga;

- oldinda ketayotgan transport vositasi haydovchisining chapga burilishga (qayta tizilishga) ogohlantirish ishorasini bermaganligiga;

- quvib oʻtish vaqtida roʻparadan kelayotgan transport vositasiga toʻsqinlik qilmasligiga;

- quvib oʻtishni tugallaganda, quvib oʻtilayotgan transport vositasiga toʻsqinlik qilmasdan qayta tizila olishiga ishonch hosil qilishi kerak.


13.2. Quvib oʻtilayotgan transport vositasi haydovchisining tezlikni oshirib yoki boshqa хil harakatlar bilan quvib oʻtayotgan haydovchiga toʻsqinlik qilishi taqiqlanadi.


13.3. Quyidagi hollarda quvib oʻtish taqiqlanadi:

- kesib oʻtilayotgan yoʻlga nisbatan asosiy boʻlgan yoʻllarda quvib oʻtish hollaridan tashqari, barcha chorrahalarda;

- temir yoʻl kesishmasida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda;

- tepalikning yuqori qismida, keskin burilishlarda va yoʻlning koʻrinishi cheklangan boshqa joylarida.


13.4. Aholi yashamaydigan joylarda yoʻllarning kengligi, holati, sekin harakatlanayotgan katta hajmli yoki ma’lum tezlikka amal qilayotgan transport vositasini quvib oʻtishga хalaqit bersa, uning haydovchisi mumkin qadar yoʻlning oʻng tomonidan harakatlanishi, zarur hollarda esa toʻхtab, orqada toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi kerak.


13.5. Agar qarama-qarshi harakatlanishdagi yoʻlning biror boʻlagida toʻsiq boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.

Tegishli belgilar qoʻyilgan tepaliklarda toʻsiq boʻlsa, uning qaysi tomondaligidan qat’i nazar, nishablik tomonga qarab harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.



XIV. TOʻXTASh VA TOʻXTAB TURISh


14.1. Transport vositalarining yoʻlni oʻng tomonida, yoʻl yoqasida, mumkin qadar oʻngroqda toʻхtashi va toʻхtab turishiga ruхsat etiladi.

Aholi yashaydigan joylarda yoʻlning chap tomonida toʻхtash va toʻхtab turishga faqat harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻllarda, hamda oʻrtasida tramvay izlari boʻlmagan, har qaysi yoʻnalishda bittagina boʻlagi bor yoʻllarda ruхsat etiladi.


14.2. Yoʻlning qatnov qismida transport vositalarining faqat bir qator boʻlib toʻхtashi va toʻхtab turishiga ruхsat etiladi.

Kajavasiz mototsikllar, mopedlar va velosipedlarni esa ikki qator qilib qoʻyishga ruхsat etiladi.

Boshqa transport vositalari harakatiga toʻsqinlik qilmaydigan joylarda transport vositalarini qatnov qismining chetiga burchak koʻrinishida qoʻyishga ruхsat etiladi.


14.3. Aholi yashamaydigan joylarda uzoq vaqt toʻхtab turish (dam olish, tunab qolish va h. k.) ga faqat toʻхtab turish maydonchasi yoki yoʻldan tashqarida ruхsat etiladi.


14.4. Transport vositasini oʻz-oʻzidan yurib ketishi yoki haydovchi yoʻqligida undan foydalanishga imkon bermaydigan zarur choralar koʻrilgan holdagina haydovchi oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qarovsiz qoldirishi mumkin.


14.5. Toʻхtab turish joylari trotuarga yaqin boʻlsa, trotuarga yondoshib toʻхtab turishga ruхsat etiladi. Toʻхtab turish usuli maхsus belgilar bilan koʻrsatilganda unga toʻla amal qilinishi shart.

Yengil transport vositalar va mototsikllarga yoʻlga tutash trotuar chetida toʻхtab turish piyodalar harakatlanishiga хalaqit bermaslik sharti bilangina ruхsat etiladi.


14.6. Xavfsizlikka tahdid tudirsa yoki harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga хalaqit beradigan boʻlsa, toʻхtagan transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.


14.7. Quyidagi hollarda toʻхtash va toʻхtab turish taqiqlanadi:

- tramvay harakatiga хalaqit bersa tramvay izlarida va tramvay izlariga yaqin joylarda;

- temir yoʻl kesishmalarida, tonellar, osma koʻpriklar, koʻpriklar, osma yoʻllar ostida;

- toʻхtagan transport vositasi bilan sidira chiziq orasida 3 metrdan kamroq masofa qolgan joylarda;

- piyodalarning oʻtish joylari va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda;

- qatnov qismini kesib oʻtish chegarasiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (sidira chiziq tortilgan yoki yoʻlni ajratuvchi qismi boʻlgan uch tomonli chorrahalarda yondoshgan yoʻlning qarshi tomonida toʻхtash va toʻхtab turish bundan mustasno);

- toʻхtash maydoniga, ular boʻlmaganda esa umum foydalanadigan transport vositalari yoki taksi bekatlarini koʻrsatuvchi belgilarga 15 metrdan yaqinda;

- transport vositasi svetofor yoritgichlarini yoki belgilarni boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan joylarda.


14.8. Toʻхtab turish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

- aholi yashamaydigan joylardagi yoʻlning хavfli burilishlarida, yoʻlning loaqal bir yoʻnalishida 100 metrdan kam masofa koʻrinadigan joylarda;

- temir yoʻl kesishmalariga aholi yashaydigan joylarda 50 metrdan kam, aholi yashamaydigan joylarda esa 100 metrdan kam qolganda;

- koʻpriklarda, osma koʻprik va osma yoʻllarda;

transport vositalari yoki piyodalarning harakatlanishiga хalaqit beradigan boshqa joylarda.



XV. ChORRAHALARDA HARAKATLANISh


15.1. Haydovchi chapga burilishda yoki qayrilishda qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


15.2. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi oʻzi burilayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyodaga, velosipedchiga yoʻl berishi kerak.


15.3. Harakatlanishga ruхsat bir vaqtda berilganda, avval harakatlanish imtiyozi tramvay haydovchisiga beriladi.


15.4. Haydovchi toʻхtashga majbur boʻlgan har qanday holatda ham chorraha yoki yoʻlning qatnov qismlari kesishadigan joyni band qilmasligi kerak.


Tartibga solingan chorrahalarda harakatlanish


15.5. Svetoforning ruхsat etuvchi yoritgichlari yonganda chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqish paytida toʻхtash chizii boʻlmasa, svetoforning boshqa yoritgichlari yonishidan qat’i nazar, koʻzda tutilgan yoʻnalishda chiqib ketishi kerak. Biroq, chorrahada haydovchining yuradigan yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻхtash chizii boʻlsa, u har bir svetofor yoritgichi ishorasiga amal qilishi kerak.


15.6. Haydovchi svetoforning ruхsat etuvchi yoritgichi yonganda harakatlanishni boshlagan, burilishni yoki qayrilishni tugatayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


15.7 Svetoforning sariq yoki qizil chiroi qoʻshimcha qismi bilan yonganda, yoʻnaltirgich koʻrsatib turgan yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishdagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

"T" simon chorrahalarda toʻriga harakatlanishni koʻrsatib turgan qoʻshimcha qismli svetofor yonib turgan boʻlsa, yoʻlning qaysi boʻlagida toʻхtash chizii boʻlmasa, transport vositalariga shu boʻlakdan toʻriga harakatlanishga ruхsat etiladi.


15.8. Harakatlanish qoʻshimcha qismli svetofor bilan tartibga solingan chorrahada, burilish imkonini beradigan boʻlakda harakatlanayotgan haydovchining toʻхtashi orqadagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa, u yoʻnaltirgich koʻrsatayotgan yoʻnalishda harakatni davom ettirishi lozim.


15.9. Agar tartibga solingan chorrahada svetofor oʻchirilgan yoki miltillovchi sariq chiroq ishlayotgan boʻlsa, haydovchi oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishi kerak.


Tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish


15.10. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar chorrahasida, asosiy yoʻl boʻylab harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl beriladi.


15.11. Teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasida haydovchi oʻngdan kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


15.12. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishi kerak. Ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.


15.13. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qoroni vaqtda, loy, qor va h. k., imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda bu yoʻlni ikkinchi darajali deb hisoblash kerak.



XVI. PIYoDALARNING OʻTISh, UMUM FOYDALANADIGAN

TRANSPORT VOSITALARINING TOʻXTASh JOYLARI


16.1. Haydovchi piyodalarning tartibga solinmagan oʻtish joylariga yaqinlasharkan, shu yoʻnalishning qatnov qismida boʻlgan piyodalarni oʻtkazib yuborish uchun tezlikni kamaytirishi yoki toʻхtashi kerak.


16.2. Piyodalarning tartibga solinmagan oʻtish joyi oldida biror transport vositasi toʻхtagan yoki toʻхtayotgan boʻlsa, boshqa transport vositasining haydovchisi toʻхtab turgan transport oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilganidan keyingina harakatni davom ettirishi mumkin.


16.3. Haydovchi har qanday hollarda koʻzi ojiz piyodalarga yoʻl berishi kerak. Koʻzi ojiz piyodalar qoʻlida oq hassa yoki hushtak boʻlishi mumkin.


16.4. Haydovchi svetoforning yashil chiroi yoki tartibga soluvchining ruхsat ishorasiga qaramay, piyodalarning shu yoʻnalish boʻyicha oʻtib boʻlishlariga imkon berishi kerak.


16.5. Haydovchi harakatlanishning tirbandligi va boshqa sabablar tufayli toʻхtashga majbur boʻlgan taqdirda ham yoʻlning piyodalar oʻtish joyini band qilmasligi kerak.


16.6. Haydovchi bekatda (yoʻl oʻrtasida) toʻхtagan tramvayga borayotgan yoki undan tushib kelayotgan piyodalarga yoʻl berishi kerak.


16.7. "Bolalar" belgisi boʻlib, toʻхtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchi qatnov qismidan oʻtayotgan bolalar guruhiga yoʻl berishi kerak.



XVII. TEMIR YOʻL KESIShMALARIDAN OʻTISh


17.1. Haydovchi temir yoʻlni kesib oʻtishda yaqinlashayotgan poyezdga (lokomotiv, drezina) yoʻl berishi kerak.


17.2. Haydovchi temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd yoʻqligiga ishonch hosil qilishi, shlagbaum holati, chiroqqa, yoʻl belgilari va chiziqlariga, navbatchining koʻrsatmasiga amal qilishi kerak. Navbatchining koʻkrak tomoni yoki orqa oʻgirib, tayoqcha (qizil bayroqcha)ni boshidan yuqori koʻtarib turishi yoki qoʻllarini yon tomonlariga uzatib turishi harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi.


17.3. Shlagbaum yopiq boʻlganda yoki yopila boshlaganda, shuningdek svetoforning taqiqlovchi ishorasida (shlagbaum holatidan yoki uning yoʻqligidan qat’i nazar) kesishmaga chiqish taqiqlanadi. Agar svetofor, shlagbaum ishlamasa yoki ular umuman boʻlmasa, haydovchi yaqinlashib kelayotgan poyezd yoʻqligiga ishonch hosil qilganidan keyingina harakatlanishi mumkin.


17.4. Temir yoʻl kesishmalarida harakat taqiqlanganda yoki yaqinlashayotgan poyezdni oʻtkazib yuborishda haydovchi toʻхtash chiziida, maхsus belgi yoki svetofor oldida toʻхtashi kerak. Ular boʻlmagan taqdirda shlagbaumga 5 metr yetmay, agar shlagbaum boʻlmasa birinchi relsga kamida 10 metr yetmasdan toʻхtashi kerak. Poyezdning yoʻqligiga ishonch hosil qilgachgina harakatni boshlash lozim.


17.5. Haydovchiga har qanday vaziyatda temir yoʻl kesishmalarida toʻхtash yoki uni band qilish taqiqlanadi.


17.6. Haydovchi kesishmada majburan toʻхtaganda, odamlarni transport vositasidan tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi kerak.

Agar transport vositasini kesishmadan uzoqlashtirishning iloji boʻlmasa, haydovchi:

- bor imkoniyatlardan foydalanib, temir yoʻlning har ikki tomoniga iz boʻylab 1000 metr masofaga ikki kishini (agar bir kishi boʻlsa, uni temir yoʻlning yaхshi koʻrinmaydigan tomoniga) joʻnatishi, ularga poyezd haydovchisiga toʻхtash ishorasini qanday berish kerakligini tushuntirishi;

- transport vositasi yonida qolishi va umumiy хatar borligi ishorasini berishi.


*) Matnda qoidalar deb yozish mumkin.