Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13.01.1992 y. 509-XII-son "Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTN RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

13.01.1992 y.

N 509-XII




“YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN

JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh HAQIDA


“Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1992 yilning 1 iyuligacha:

yoʻl harakati qoidalarini buzganlik toʻrisidagi materiallarni rasmiylashtirish va qarab chiqish choida davlat avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaхslari qonuniylikni buzishlari hamda suiiste’mol qilishlarining oldini olish va payini qirqish boʻyicha, shuningdek shaхsiy sostav faoliyati ustidan zarur nazorat oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarning samarali sistemasini ishlab chiqsin;

yoʻl harakati qoidalari buzilishining хillanishi hamda hisobga olishini takomillashtirish maqsadida respublika hududida haydovchi guvohnomasining talonini joriy etsin;

haydovchi guvohnomasi va uning talonini olib qoʻyish, transport vositalaridan foydalanish man etish, fuqarolarni yoʻl harakati qoidalariga oid bilimlarini tekshirishga yuborish tartibi belgilansin;

yoʻl harakati qoidalarini buzganlik boʻyicha ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni yurgizishga doir yoʻriqnomani tasdiqlasin.


3. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik toʻrisidagi masalani hal etish choida ichki ishlar idoralari хodimlarining noqonuniy хatti-harakatlari ustidan tobelik boʻyicha yuqori turuvchi idoraga ham amaldagi qonunlarga muvofiq sudga shikoyat berilishi mumkin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, ichki ishlar idoralari (militsiya) yoʻl harakati qoidalarini buzganlik  uchun ma’muriy tartibda soladigan jarimalar summasining oʻn foizi yoʻl harakati хavfsizligi tadbirlarini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maхsus hisobiga oʻtkaziladi, jarima summasining qolgan qismi esa jarima solingan joydagi nohiya va shahar byudjetiga kelib tushadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmasiga binoan 1992 yilning 1 apreliga qadar haydovchilik guvohnomasi talonlarini, shuningdek yoʻl harakati qoidalarini buzganlik  uchun jarima toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiyava bayonlar blankalarini zarur miqdorda tayyorlab bersin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                             Sh.Yoʻldoshev



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, 3-son, 157-modda