Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 26.10.1992 y. 494-son "Orol" ilmiy-tadqiqiy muvofiqlashtirish markazining Nukus boʻlimini qayta tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.10.1992 y.

N 494




"OROL" ILMIY-TADQIQIY

MUVOFIQLAShTIRISh MARKAZINING

NUKUS BOʻLIMINI QAYTA TAShKIL

QILISh TOʻRISIDA



Orolboʻyi mintaqasida sodir boʻlayotgan jarayonlarni jadal va chuqur oʻrganish hamda ularning qonuniyatlarini aniqlash asosida Orolboʻyi ekologiyasi muammolariny hal qilish uchun mavjud ilmiy potensialdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Orol" ilmiy-tadqiqiy muvofiqlashtirish markazining Nukus boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpoiston boʻlimi tarkibida Orolboʻyi ekologiya muammolari boʻlimi etib qayta tashkil qilinsin.


2. Moliya vazirligi Orolboʻyi ekologiya muammolari boʻlimining 1992 yil oхiriga qadar ishlashini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi taqdim etgan hisob-kitoblarga muvofiq ta’minlash uchun mabla ajratsin.


3. Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi 1993 yilga va undan keyingi yillarga moʻljallangan davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari doirasida Orolboʻyi ekologiya muammolari boʻlimining ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini koʻzda tutsin.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Mutalov