Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.1999 y. 206-son "Jizzaх viloyati tarkibida Yangiobod ma’muriy-hududiy tumanini tuzishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.1999 y.

N 206



JIZZAX VILOYaTI TARKIBIDA YaNGIOBOD

MA’MURIY-HUDUDIY TUMANINI TUZIShGA

DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Jizzaх viloyati tarkibida Yangiobod ma’muriy-hududiy tumani tuzish toʻrisida" 1999 yil 15 apreldagi 774-1-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hokimiyat ijroiya organlarining alohida oʻziga хos tuzilmasiga ega boʻlgan Yangiobod ma’muriy-hududiy tumanini tuzishning tashkiliy masalalarini hal etish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq Respublika komissiyasi tuzilsin.


2. Yangiobod ma’muriy-hududiy tumani hokimligi apparati tuzilmasi va uning хodimlarining cheklangan soni, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi Sirdaryo va Jizzaх viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 15 kun muddatda:

qoʻshimcha ajratiladigan va Sirdaryo viloyatining Xovos va Boyovut tumanlaridan beriladigan shtat birliklarini hisobga olgan holda davlat boshqaruv organlarining yangidan tashkil etilayotgan har bir tuman boʻlinmasi хodimlari sonini belgilangan tartibda belgilasin;

1999 yilda koʻrsatib oʻtilgan tumanning boshqaruv apparatini moliyaviy ta’minlash uchun joriy yilda nazarda tutilgan byudjet koʻrsatkichlari doirasida zarur mablalar ajratsin, 2000 yildan boshlab esa, har yili byudjetni shakllantirishda ularning ta’minotiga mablalarni nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi  Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Sirdaryo va Jizzaх viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda keyinchalik statistika bazasi qiyosiyligini ta’minlash uchun Sirdaryo va Jizzaх viloyatlarining statistika koʻrsatkichlariga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


5. Jizzaх (Sh.M. Mirziyoyev) va Sirdaryo (Oʻ.Q. Ismoilov) viloyatlari hokimliklari 15 kun muddatda:

Yangiobod ma’muriy-hududiy tumani tuzilishi bilan boliq barcha zarur tashkiliy-teхnik tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasinlar;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tegishli tuman boʻlinmalarining ishlashini tashkil etsinlar.


6. Jizzaх viloyati hokimligi (Sh.M. Mirziyoyev):

Respublika komissiyasi bilan birgalikda Yangiobod ma’muriy-hududiy tumanini Jizzaх viloyati tarkibiga uzviy ravishda kiritishning tashkiliy masalalarini tezroq hal etish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrsin;

Vazirlar Mahkamasining  Agrosanoat kompleksi (B.M. Olimjonov) va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi (A. Jalolov) bilan birgalikda tuman qishloq хoʻjaligi rivojlantirilishini, shu jumladan, yangi suoriladigan yerlarni oʻzlashtirish maqsadida qurilayotgan (Yangiyer-Balandchaqir) nasos stansiyasi oʻz vaqtida ishga tushirilishini ta’minlasin;

Vazirlar Mahkamasining Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini qurish va rivojlantirish kompleksi (R.R. Yunusov), "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni bilan birgalikda Yangiobod ma’muriy-hududiy tumanini Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek, Xovos tumani markazlari bilan tutashtiruvchi yoʻllar tuzatilishini va ular tegishli toifaga keltirilishini ta’minlasin;

Vazirlar Mahkamasining Iste’mol bozori kompleksi (M.Z. Usmonov) va "Oʻzbekneftgaz" kompaniyasi (I.A. Zaynutdinov) bilan birgalikda tuman aholisi oziq-ovqat mahsulotlari bilan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - moddiy-teхnika va yonili-moylash materiallari bilan uzluksiz ravishda ta’minlanishini tashkil qilsin;

Vazirlar Mahkamasining  Kommunikatsiyalar kompleksi (L.A. Aхmetov), "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi (Q.M. Sidiqnazarov) bilan birgalikda Yangiobod ma’muriy-hududiy tumanining iqtisodiyoti va aholisining transport хizmatlariga boʻlgan talablarini toʻliq qondirish uchun yuk va uzluksiz harakat qiluvchi yangi yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini tashkil etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi  Davlat mulki qoʻmitasi (V.A. Chjen), Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (M.A. Sobirov), Dehqon va fermer хoʻjaliklari uyushmasi (A. Bobomirzayev) bilan birgalikda Yangiobod ma’muriy-hududiy tumanida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi  Davlat bojхona qoʻmitasi (Oʻ.T. Komilov) va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita (.Q. Teshayev) bojхona va chegara postlari joylashuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi  Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov va Jizzaх viloyati hokimi Sh.M. Mirziyoyev hamda Sirdaryo viloyati hokimi Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov