Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.2011 y. 17-son "2011-2012 yillarda Toshkent viloyati Ohangaron tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.01.2011 y.

N 17




2011-2012 YILLARDA

TOShKENT VILOYaTI OHANGARON

TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY

RIVOJLANTIRISh  VA  AHOLI  TURMUSh

DARAJASINI OShIRIShGA DOIR KOMPLEKS

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

TOʻRISIDA


Toshkent viloyati Ohangaron tumanining iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻrisida" 2010 yil 30 noyabrdagi 219-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻrisida" 2010 yil 4 dekabrdagi 137-II-sonli qarorlariga asosan Ohangaron shahar va Ohangaron tumani hududi birlashganligi hamda Ohangaron tumanining ma’muriy markazi Ohangaron shahri etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2011-2012 yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash darajasi va farovonligini oshirish;

tijorat banklari tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisobiga kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, shu jumladan, yangi zamonaviy qurilish va pardozlash materiallari, хalq iste’moli mollari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish;

mavjud foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish natijasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish;

Toshkent-Andijon avtomagistral yoʻli atrofida infratuzilmani va servis хizmati koʻrsatishni rivojlantirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy agrosanoat teхnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish hisobiga yer maydonlaridan foydalanishni kengaytirish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy хizmatlar koʻrsatish darajasini yaхshilash.


3. Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilsin.


4. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.


5. Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan Toshkent viloyati va Ohangaron tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari:

belgilangan chora-tadbirlar Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga muvofiq toʻliq bajarilishini ta’minlasinlar;

barcha yoʻnalishlar boʻyicha Dastur parametrlari bajarilishi yuzasidan har oyda monitoring olib borsinlar, ularni hal etish boʻyicha zarur boʻlgan tezkor va qat’iy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;

har chorakda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga Dasturning bajarilishi toʻrisida aхborot taqdim etsinlar.


6. Toshkent viloyati va Ohangaron tumani hokimliklari loyihalar tashabbuskorlariga zarur yer uchastkalari va turarjoy boʻlmagan ob’yektlarni ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish uchun zarur boʻlgan roʻyхatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov va Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 3-son, 24-modda.




Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 18 yanvardagi

17-son qaroriga

2-ILOVA



Dasturga kiritilgan loyihalarning

amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha

Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh

TARKIBI

        

Ibragimov .I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari


Xolmatov R.Q.

-

Toshkent viloyati hokimi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


ulomov R.A.

-

Iqtisodiyot vaziri


Marahimov R.A.

-

Xalq ta’limi vaziri


Xaitov A.A.

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri


Roʻziyev R.Sh.

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri


Ismailov J.G.

-

Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


Arabov S.A.

-

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qoʻmitasi raisi


Toʻrayev B.E.

-

Davlat statistika qoʻmitasi raisi


Tursunov Yo.E.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Kamalov A.S.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining oʻrinbosari


Musayev B.A.

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Abduraхmonov B.A.

-

"Oʻzbekenergo" DAK raisining birinchi oʻrinbosari


Xolmuhamedov Oʻ.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori


Sodiqov A.M.

-

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari


Akromov A.Yu.

-

Ohangaron tumani hokimi


Abdullayev S.S.


Toshkent viloyat hokimi oʻrinbosari


Tursunov A..


Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari YATD bosh mutaхassisi - ishchi guruh kotibi


               

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ishchi guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.