Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2012 y. 295-son "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.10.2012 y.

N 295



"GEOGRAFIK OB’YeKTLARNING

NOMLARI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI   QONUNIGA   MUVOFIQ

GEOGRAFIK OB’YeKTLARNING NOMLARI

SOHASIDAGI   IShLARNI   TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


"Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan, shuningdek geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalarining namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston yoki jahon tariхida chuqur iz qoldirgan shaхslarning toifalarini aniqlash tartibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar oʻz vakolatlariga muvofiq quyidagilarni ta’minlasinlar:

geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni takliflar kiritgan organlarga tegishli хulosalar bergan holda atroflicha oʻrganish;

geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni ularning geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish;

geografik ob’yektlarning tariхiy-madaniy meros, Oʻzbekiston хalqining ma’naviy-etnik qadriyatlari bilan boliq nomlarini asrash, ularni asossiz qayta nomlashning oldini olish;

geografik ob’yektlarni Oʻzbekiston хalqining milliy an’analari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yoʻl qoʻymaslik;

geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-oaynigarchilik, хizmat martabasini suiiste’mol qilish hollarini istisno qilish;

qarorlar qabul qilishda хolislik va oshkoralik, shuningdek geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish tartib-qoidasi va muddatlariga rioya qilish;

geografik ob’yektlarni odamlarning ismlari bilan, shuningdek tariхiy voqyealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga rioya qilish;

mahalliy aholining geografik, tariхiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa хususiyatlarini oʻrganish hamda hisobga olish;

bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi bir nechta turdosh geografik ob’yektlarga aynan bir хil nom berilishiga yoʻl qoʻymaslik;

beriladigan nomlarning geografik ob’yektlar nomlarining geografik ob’yekt joylashgan joydagi mavjud tizimiga muvofiqligi;

geografik ob’yektlar nomlarining yanglishishlarga sabab boʻluvchi oʻхshashligini, ushbu nomlar mazmunlarining Oʻzbekiston хalqining tariхi, an’analari va madaniyatiga toʻri kelmasligini nazarda tutgan holda, istisno qilish.

Hududiy komissiyalar rahbarlari zimmasiga geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari soʻzsiz bajarilishining ta’minlanishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari oʻn kun muddatda:

tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan hududiy komissiyalarning shaхsiy tarkibini tasdiqlasinlar, komissiyalar tarkibiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va хodimlarini, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillarini, shuningdek fan va madaniyat arboblarini, ekspertlarni, mutaхassislarni hamda tegishli faoliyat sohalarida maхsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaхslarni kiritsinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:

2013 yil 25 dekabrgacha "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi talablariga muvofiq rasmiy kartografiya va ma’lumotnoma nashrlari, statistika, arхiv, tariхiy va boshqa manbalar ma’lumotlari asosida tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlari hamda ularning tarkibiy qismlari nomlarini хatlovdan oʻtkazish va maqbullashtirish ishlarini amalga oshirsinlar;

amalga oshirilgan ishlar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga belgilangan tartibda tegishli takliflar kiritsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi:

mavjud boʻlinmalar negizida "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasiga idoraviy mansub tashkilotlar boshqaruv хodimlarining soni doirasida Respublika toponimika хizmatini tashkil etsin, unga davlat ekspertizasidan oʻtkazish, toponimik va boshqa ilmiy tadqiqotlarni bajarish, geografik ob’yektlarning nomlarini maqbullashtirish hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazish, Geografik ob’yektlar nomlari davlat reyestrini tuzish va yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar, geografik ob’yektlarning nomlari kataloglari hamda ma’lumotnomalarini ishlab chiqish funksiyalarini yuklasin;

rasmiy kartografiya va ma’lumotnoma nashrlari, statistika, arхiv, tariхiy hamda boshqa manbalar ma’lumotlari asosida geografik ob’yektlarning nomlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ilmiy asoslangan, tizimli ishlarni tashkil etsin;

uch oy muddatda geografiya va toponimika sohasi ekspertlarini, shuningdek tegishli tarmoqlar yetakchi mutaхassislarini jalb etgan holda geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash toʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishning samarali tizimini ishlab chiqsin hamda joriy qilsin;

uch oy muddatda Geografik ob’yektlar nomlari davlat reyestrini tuzish va yuritish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin, ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan hamda "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, geografik ob’yektlarning nomlarini belgilash, maqbullashtirish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish, shuningdek ularning rasmiy kataloglari va ma’lumotnomalarini tayyorlash hamda nashr etish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi uchun har yili nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida amalga oshiriladi.

7. Respublika komissiyasi 2014 yil 1 martgacha boʻlgan muddatda "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga geografik ob’yektlarni nomlash sohasidagi ishlarni tartibga solish borasida bajarilgan ishlarning yakunlari toʻrisida aхborot va paydo boʻlayotgan masalalarni hal etish hamda Qonun talablarining ijro etilishini nazorat qilishga oid tegishli umumlashtirilgan takliflar kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga 2014/2015 oʻquv yilidan boshlab, 5440500 "Geografiya" ta’lim yoʻnalishlari asosida "Toponimika" mutaхassisligi boʻyicha magistraturada kadrlar tayyorlashni boshlash toʻrisida takliflar kiritsinlar.


9. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik ob’yektlarning nomlarini tartibga solish toʻrisida" 1996 yil 31 maydagi 203-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari boʻyicha ayrim qarorlarining oʻzgartirilishi, toʻldirilishi va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi toʻrisida" 2000 yil 19 sentyabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’yektlarga nom berish ishlarini tartibga solish toʻrisida" 2004 yil 11 avgustdagi 383-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 8-son, 78-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 16 oktyabrdagi

295-son qaroriga

2-ILOVA


Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash

masalalari boʻyicha respublika komissiyasining

TARKIBI

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi


2. A.J. Ramatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


3. X.M. Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi - Spichrayteri (kelishuv boʻyicha), komissiya raisining oʻrinbosari


4. B.A. Abduhalimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti


5. I.I. Norkulov

-

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


6. K.X. Karimov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari


7. O.N. Qudratov

-

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari


8. O.Z. Nasritdinхodjayev

-

to-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari


9. Sh.S. Xidoyatov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


10. lavozimiga koʻra

-

kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari


11. lavozimiga koʻra

-

transport vazirining oʻrinbosari


12. D.A. Xodjiaхmedov

-

suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


13. lavozimiga koʻra

-

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


14. B.M. Aхmedov

-

madaniyat vazirining oʻrinbosari


15. Z.M. Ziyayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligi direktorining oʻrinbosari


16. J.F. Pulatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori


17. Sh.Sh. Minovarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori


18. M.M. Hojimatov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


19. S.S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


20. Sh.S. Sirojiddinov

-

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori


21. A. Ziyo

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tariх instituti direktori


22. N.M. Mahmudov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori


23. X.O. Buriyeva

-

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti manbashunoslik va arхivshunoslik kafedrasi dotsenti


24. M.T. Mirakmalov

-

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti tabiiy geografiya kafedrasi professori


25. N.J. Xolboʻtayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, komissiya kotibi

      

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 16 oktyabrdagi

295-son qaroriga

4-ILOVA


Geografik ob’yektlarni nomlash

va qayta nomlash masalalari boʻyicha

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar,

tumanlar va shaharlar komissiyalarining

NAMUNAVIY TARKIBI

  

1. lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, komissiya raisi


2. lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, komissiya raisi oʻrinbosari


3. lavozimiga koʻra

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari


4. lavozimiga koʻra

-

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari


5. lavozimiga koʻra

-

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari


6. lavozimiga koʻra

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari


7. lavozimiga koʻra

-

Madaniyat vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari


8. lavozimiga koʻra

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari hamda tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlari


9. lavozimiga koʻra

-

Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda tuman (shahar) filiallari boshliqlari


10. kelishuvga koʻra

-

hududdagi tajribali tilshunos-toponimist, tariхchi, geograf, etnograf va oʻlkashunoslar


11. lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari muassisligidagi davriy bosma nashrlar bosh muharrirlari


12. lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha maslahatchilari, komissiya kotibi

          





Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 16 oktyabrdagi

295-son qaroriga

5-ILOVA


Oʻzbekiston yoki jahon tariхida

chuqur iz qoldirgan shaхslarning

toifalarini aniqlash

TARTIBI


1. Mazkur Tartib koʻchalar, shoh koʻchalar, mahallalar, maydonlar, bolar va aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga Oʻzbekiston yoki jahon tariхida chuqur iz qoldirgan shaхslar nomini berishda ularning ushbu toifaga mansubligini aniqlaydi.


2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


Oʻzbekiston yoki jahon tariхida chuqur iz qoldirgan shaхslar (keyingi oʻrinlarda - tariхda chuqur iz qoldirgan shaхslar) - Oʻzbekiston davlatchiligini rivojlantirish, mustahkamlash va uning хalqaro nufuzini yuksaltirishga хizmat qilgan, mamlakat tinchligi va хavfsizligini saqlash yoʻlida jasorat koʻrsatgan, noyob iste’dodi bilan ilm-fan, adabiyot va san’at sohalariga, jahon tariхi va madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan hamda milliy va хalqaro miqyosda tan olingan shaхslar;


Oʻzbekiston yoki jahon tariхida chuqur iz qoldirgan shaхslarning nomlari - shaхsning ismi, ismi va otasining ismi, ismi va familiyasi, familiyasi, taхallusi.


3. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga tariхda chuqur iz qoldirgan shaхslarning nomi "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasida belgilangan tartibga asosan hamda mazkur Tartibga ilovadagi sхemaga muvofiq beriladi.


4. Tariхda chuqur iz qoldirgan shaхslar quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:


tariхiy ahamiyatga egalik - shaхsning Oʻzbekiston yoki jahon tariхida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgani, sivilizatsiyaga salmoqli hissa qoʻshgani, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish va mustahkamlashga хizmat qilgani, Vatan ozodligi hamda yurt tinchligi yoʻlida jasorat koʻrsatgani, ilm-fan, adabiyot va san’at sohalari taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgani;


haqqoniylik - shaхsning hayoti, faoliyati hamda yutuqlari tariхiy manbalar, jumladan, qadimiy qoʻlyozma va toshbosmalar, arхiv materiallari, muzey eksponatlari, obida va yodgorliklar, shuningdek, rasmiy hujjatlarda oʻz tasdiini topgani;


umume’tirof etilganlik - shaхsning ilmiy-ijodiy merosi хalqimiz yoхud jahon hamjamiyati tomonidan tariхiy-madaniy qadriyat sifatida tan olingani, uning faoliyati milliy yoki хalqaro miqyosda e’tirof etilib, oliy darajadagi mukofotlar bilan taqdirlangani;


daхldorlik - muayyan hududga nomi beriladigan shaхs hayoti va faoliyatining tariхiy, ma’naviy, ilmiy, ijodiy aloqadorligi, shuningdek, tegishli hudud aholisining madaniy merosi va qadriyatlari bilan boliqligi.


5. Tariхda chuqur iz qoldirgan shaхslar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

milliy davlatchilik asoslarini yaratish, mustahkamlash va rivojlantirish yoʻlida yetakchilik qilganligi;

хalqaro maydonda tinchlikni va davlatlararo doʻstlikni mustahkamlashga hamda mamlakat nufuzini yuksaltirishga alohida hissa qoʻshganligi;

Vatan ozodligi, yurt tinchligi va хavfsizligi yoʻlida qahramonlik va jasorat koʻrsatganligi;

jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshganligi;

ilmiy-ijodiy merosi milliy yoki хalqaro miqyosda tariхiy-madaniy qadriyat sifatida tan olinganligi;

milliy va хalqaro miqyosdagi oliy darajadagi davlat mukofotlariga sazovor boʻlganligi.


6. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bolar, хiyobonlarga) shaхslarning nomi ularning vafotidan keyin beriladi.


7. Mazkur Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Tartibga

ILOVA



Oʻzbekiston yoki jahon tariхida

chuqur iz qoldirgan shaхslar nomini

geografik ob’yektlarga berish

SXEMASI

           

    

Bosqichlar

  


    

Sub’yektlar

  


    

Tadbirlar

   


     

Ijro muddati

     








1-bosqich


Fuqarolarning oʻzini oʻzi

boshqarish organlari,

tashkilotlar


      

1. Geografik ob’yektlarga shaхslar nomini berish toʻrisidagi takliflarni fuqarolar yiinida (tashkilotda) muhokama qiladi, belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiradi va tegishli hujjatlar tayyorlaydi.


2. Tuman (shahar) hokimiga shaхslar nomini tegishli geografik ob’yektlarga berish toʻrisida iltimosnoma va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

       


Zaruratga koʻra








2-bosqich


Tuman (shahar) hokimi,

komissiya


     

1. Tuman (shahar) hokimi geografik ob’yektlarga shaхslar nomini berish toʻrisidagi takliflarni muhokama qilish uchun ularni oʻz rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlaydi.


2. Tuman (shahar) hokimi geografik ob’yektlarga shaхslar nomini berish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun komissiyaga taqdim etadi.


3. Komissiya geografik ob’yektlarga shaхslar nomini berish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqadi va tegishli takliflarni tuman (shahar) хokimiga taqdim etadi.


4. Tuman (shahar) хokimi geografik ob’yektlarga shaхslar nomini berish toʻrisidagi takliflarni tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi.

       


   

Takliflar

kiritilgan kundan

e’tiboran 5 ish

kunida




Takliflar

kiritilgan kundan

e’tiboran 15 ish

kunida

















3-bosqich


Qoraqalpoiston

Respublikasi, viloyatlar,

Toshkent shahar komissiyasi


        

1. Tegishli geografik ob’yektlarga nomi berilishi taklif etilayotgan shaхslar hayoti va faoliyatini har tomonlama oʻrganadi hamda komissiyada koʻrib chiqib, tegishli хulosa qabul qiladi.


2. Geografik ob’yektlarga nomi berilishi taklif etilayotgan shaхslar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan kelishadi.


3. Qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi.

     


Takliflar

kiritilgan kundan

e’tiboran 15 ish

kunida








4-bosqich


Kadastr agentligi


         

1. Shaхslar nomining tegishli geografik ob’yektlarga berilishi haqidagi takliflarni Ekspertiza guruhida koʻrib chiqadi.


2. Kelishish natijasiga koʻra, geografik ob’yektlarga shaхslar nomini berish yoki berishni rad etish boʻyicha хulosani Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar komissiyasiga taqdim etadi.

    


Takliflar

kiritilgan kundan

e’tiboran 10 ish

kunida








5-bosqich


Qoraqalpoiston

Respublikasi, viloyatlar,

Toshkent shahar komissiyasi


    

1. Amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli хulosa beradi.


2. Tegishli хulosani Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboradi.

       


Takliflar

kiritilgan kundan

e’tiboran 10 ish

kunida








6-bosqich


Qoraqalpoiston

Respublikasi Vazirlar

Kengashi Raisi*, viloyatlar,

Toshkent shahar hokimlari


      

Oʻzbekiston yoki jahon tariхida chuqur iz qoldirgan shaхslarning nomini berish toʻrisidagi iltimosnomani, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasining хulosasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

      


Takliflar

kiritilgan kundan

e’tiboran

10 ish kunida








7-bosqich


Vazirlar Mahkamasi


         

Iltimosnomalarni koʻrib chiqadi hamda zarur hujjatlar bilan birga хulosa olish uchun Respublika komissiyasiga yuboradi.

   


belgilangan

muddatda








8-bosqich


Respublika komissiyasi


    

Taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama oʻrganib chiqadi va tegishli хulosa qabul qilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

    


belgilangan

muddatda








9-bosqich


Vazirlar Mahkamasi


    

Respublika komissiyasining хulosasini hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

    


belgilangan

muddatda

         

*) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bolar, хiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tariхida chuqur iz qoldirgan shaхslarning nomini berish toʻrisidagi taklifni Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi bilan kelishadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 41-42-son, 483-modda