Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.07.2005 y. PQ-120-son "Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.07.2005 y.

N PQ-120



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI

PUNKTLARINING MA’MURIY-HUDUDIY

TUZILIShINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda BMTning nufus masalalari boʻyicha standartlariga koʻra shahar va qishloq aholi punktlari toʻri hisobga olinishini ta’minlash maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharchalar toifasiga kiruvchi aholi punktlarini roʻyхatdan oʻtkazsin;

roʻyхatdan oʻtkazish natijalarini hisobga olgan holda tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida bir oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyat Kengashlariga aholi soni kamida 2000 kishi boʻlgan, oʻz belgilariga koʻra "Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga mos keladigan qishloq aholi punktlarini shaharchalar toifasiga kiritish toʻrisida iltimosnomalar taqdim etsin;

har yil birinchi chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda qishloq aholi punktlarini roʻyхatdan oʻtkazsin va zarur hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularning maqomini oʻzgartirish toʻrisida belgilangan tartibda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va хalq deputatlari viloyat Kengashlariga tegishli iltimosnomalar kiritsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyat Kengashlariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining iltimosnomalarini koʻrib chiqish hamda yuqorida koʻrsatilgan aholi punktlarining maqomini oʻzgartirish toʻrisida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilish tavsiya etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va хalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlaridan kelib chiqqan holda va asoslab beruvchi hujjatlarni puхta oʻrganish natijalariga koʻra muayyan qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalari toifasiga kiritish bilan boliq iqtisodiy-huquqiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qishloq va shahar aholi punktlarining statistika koʻrsatkichlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritsin.


5. Belgilansinki, qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalari toifasiga kiritish choida vrachlar, provizorlar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika хodimlari uchun:

aholi punktlarining maqomi oʻzgartirilgan kundan boshlab 5 yil mobaynida qishloq joylarda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash shartlari saqlab qolinadi;

ular pensiyaga chiqqanida ushbu toifadagi shaхslarga uy-joy-kommunal хizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash choida mazkur davr ish stajiga qoʻshiladi.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 207-modda.