Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 03.09.1993 y. 940-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jugʻrofiy, geologik va boshqa toponimik ob’yektlarning nomlarini tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

03.09.1993 y.

N 940-XII




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI

MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI

PUNKTLARI,  KORXONALAR,  MUASSASALAR,

TAShKILOTLAR, FIZIK-JUROFIY, GEOLOGIK

VA   BOShQA   TOPONIMIK   OB’YeKTLARNING

NOMLARINI TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA



Ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jurofiy, geologik va boshqa toponimik ob’yektlarning nomlarini tartibga solish, shuningdek Oʻzbekiston хalqlarining tariхi va an’analari bilan boliq toponimlar muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va "Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarini хal qilish tartibi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar fizik-jurofiy, geologik va boshqa toponimik ob’yektlarga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2. Vazirlar Mahkamasi toponimik ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tuzsin hamda ushbu komissiya toʻrisida Nizom ishlab chiqsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                       Sh. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., 9-son, 340-modda