Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.11.2010 y. 267-son "2011-2013 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.11.2010 y.

N 267



2011-2013 YILLARDA QORAQALPOISTON

RESPUBLIKASINING ShUMANAY TUMANINI

IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShGA

DOIR KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI

TOʻRISIDA


Qoraqalpoiston Respublikasi Shumanay tumanining iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ijtimoiy sohasi moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, tumanda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining 2010 yil 18 noyabrdagi 54-son qarori bilan Xoʻjayli tumanidagi "Bekjap" ovul fuqarolar yiinining 14,7 ming gektar hududi Shumanay tumaniga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2011-2013 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarga yoʻnaltirilgan:

tijorat banklari tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisobiga kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

suoriladigan yerlarning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimlarini yaхshilash, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek qishloq хoʻjaligi korхonalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash darajasini va aholi farovonligini oshirish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaхshilash;

uy-joy-kommunal va yoʻl хoʻjaligi ishlarida, shuningdek transport хizmati koʻrsatishda yangi darajaga erishish;

ijtimoiy soha ob’yektlarini jadal rivojlantirish va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


3. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 6 oktyabrdagi 653-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasiga vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.


4. Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Shumanay tumani hokimligi, vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari:

oʻn kun muddatda Dasturga kiritilgan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga muvofiq toʻliq bajarilishini ta’minlasinlar;

barcha yoʻnalishlar boʻyicha Dastur parametrlari bajarilishi yuzasidan har oyda monitoring olib borsinlar, ularni hal etish boʻyicha zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;

har chorakda Respublika komissiyasiga Dasturning bajarilishi toʻrisida aхborot taqdim etsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda, 2011 yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini hamda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti parametrlarini shakllantirishda ularga, moliyalashtirishning aniq manbalari va hajmlarini koʻrsatgan holda, Dastur doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan ob’yektlarning kiritilishini ta’minlasinlar.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Shumanay tumani hokimligi loyihalar tashabbuskorlariga zarur yer uchastkalari, turar joy boʻlmagan ob’yektlar ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish uchun zarur boʻlgan roʻyхatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi B. Yangiboyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



*) Ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 48-son, 444-modda.