Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.03.2009 y. 68-son "Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.03.2009 y.

N 68



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI

PUNKTLARINING MA’MURIY-HUDUDIY

TUZILIShINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 14 iyuldagi PQ-120-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va хalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlari bilan ilovaga* muvofiq qishloq aholi punktlari shahar posyolkalari toifasiga kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:

manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda aholi punktlari toifalarining oʻzgartirilishi bilan boliq ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasinlar;

shahar posyolkalari toifasiga kiritilgan aholi punktlariga nisbatan qoʻyiladigan shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlasinlar va muhandislik, transport hamda ijtimoiy infratuzilmalarni oqilona joylashtirish masalalarini hal etish boʻyicha tadbirlarni ikki oy muddatda belgilasinlar;

shahar posyolkalari toifasiga kiritilgan aholi punktlari nomlarini "Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ushbu qarorga muvofiq, ilovaga kiritilgan qishloqlar va shaharlar aholi punktlarining statistik koʻrsatkichlariga ikki hafta muddatda, belgilangan tartibda zarur oʻzgartirishlar kiritsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, qishloq aholi punktlarining shahar posyolkalari toifasiga kiritilishi munosabati bilan, vrachlar, provizorlar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga ish haqi tayinlashda hamda ular pensiyaga chiqqanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 14 iyuldagi PQ-120-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 12-son, 130-modda.