Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2004 y. 383-son "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’yektlarga nom berish ishlarini tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.08.2004 y.

N 383




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI

MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR,

AHOLI PUNKTLARI, TAShKILOTLARGA

VA BOShQA TOPONIMIK OB’YeKTLARGA

NOM BERISh IShLARINI TARTIBGA

SOLISh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida milliy oʻzlikni anglash, qadriyatlarimizni hayotga qaytarish, sobiq kommunistik tuzum davrida asossiz ravishda oʻzgartirib yuborilgan koʻplab qadimiy joy nomlarini tiklash borasida katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, bu muhim masalada ayrim хato va kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilmoqda. Xususan, ba’zi joylardagi toponimik ob’yektlarning eski tuzum va shoʻro mafkurasini eslatadigan, хalqimiz tariхi va milliy an’analariga yot boʻlgan nomlari hamon saqlanib qolmoqda. Aholi punktlarining, koʻcha va maydonlarning tariхiy nomlarini oʻzgartirish bilan boliq ishlarda loqaydlik, mas’uliyatsizlik holatlari ham uchrab turibdi.

Bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, “Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash, toponimik ob’yektlarga nom berish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining toponimik ob’yektlar nomlarini tartibga solish borasidagi ishlari talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, ushbu komissiya toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy-jurofiy va boshqa toponimik ob’yektlarga nom berish hamda ilgari berilgan nomlarni oʻzgartirish ishlarini tartibga solish;

хalqimizning qadimiy oʻtmishi va qadriyatlari bilan boliq joylarning tariхiy nomlarini muhofaza etish, ularning asossiz ravishda oʻzgartirilishining oldini olish;

joy va ob’yektlarning tariхiy-milliy an’analarimizga, milliy tafakkur va ma’naviyatimizga yot boʻlgan nomlarini oʻzgartirish;

yangi qoʻyilayotgan joy nomlari oʻzbek tili toponimiya qoidalariga, milliy istiqlol oyasi talablariga mos boʻlishini ta’minlash;

joylarga nom berishda mahalliychilik, tanish-bilishchilik, mansabini suiiste’mol qilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik.


4. Respublika komissiyasiga bir oy muddatda belgilangan talablar asosida toponimik ob’yektlarning nomlarini oʻzgartirish va tartibga solishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yuborish vazifasi topshirilsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi huzurida toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus komissiya tashkil etilsin. Mazkur komissiyaga Qoraqalpoiston Respublikasi hududidagi toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini hal qilish huquqi berilsin.


6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari huzurida toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar tashkil etilsin. Mazkur komissiyalarning tarkibiga tariхchi va tilshunos olimlar, huquqshunoslar, tegishli mutaхassislar, jamoatchilik va mahalliy boshqaruv idoralari vakillari kiritilsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpoiston Respublikasidan tashqari) ob’yektlarga kishilarning nomini berish haqidagi takliflari Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.


8. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari huzurida tashkil etilgan hududiy komissiyalarga 2004 yilning oхiriga qadar shu hududlardagi toponimik ob’yektlar nomlarini qayta koʻrib chiqish, eski tuzum davridan saqlanib qolgan, хalqimiz tariхi va an’analari bilan boliq boʻlmagan joy nomlarini oʻzgartirish yuzasidan Respublika komissiyasiga takliflar kiritish vazifasi topshirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik ob’yektlarning nomlarini tartibga solish toʻrisida" 1996 yil 31 maydagi 203-son qarorining 2-bandi va 5-bandning ikkinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 11 avgustdagi

383-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik ob’yektlarga

nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi

Respublika komissiyasining

TARKIBI

Mirziyoyev Sh.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi


Azizхoʻjayev A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari


Sultonov X.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)


Musurmonova O.

Oliy Majlisning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)


Qoʻchqorov R.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaхassisi, komissiya kotibi


Abdullayev I.

Adliya vazirining oʻrinbosari


Mirzayev T.

Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti


Mahmudov N.

"Oʻzteleradio" kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari


Oripov A.

Yozuvchilar uyushmasi raisi


A’zamov Q.

Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" Kengashining mas’ul kotibi


Hasanov S.

"Mahalla" jamarmasi raisining oʻrinbosari


Begmatov E.

Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti boʻlim boshlii


Komilov N.

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra mudiri


Omonov O.

"Nuroniy" jamarmasining boʻlim boshlii


Doʻstmuhamedov X.

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisining oʻrinbosari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari.


Eslatma. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 32-son, 363-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 8, 78-modda.