Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.03.2010 y. PF-4207-son "Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.03.2010 y.

N PF-4207



IKKINChI JAHON URUShIDAGI

ALABANING 65 YILLIGI NIShONLANIShI

MUNOSABATI BILAN 1941-1945 YILLARDAGI

URUSh QATNAShChILARI VA NOGIRONLARINI

MUKOFOTLASh TOʻRISIDA



Ikkinchi jahon urushidagi alabaning 65 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarining jasorati hamda fidoyiligiga chuqur hurmat va ehtirom koʻrsatib:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari "1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushidagi alabaning 65 yilligi" yubiley medali bilan mukofotlansin.


2. Mazkur Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan shaхslarga 200000 (ikki yuz ming) soʻm miqdorda bir martalik pul mukofoti belgilansin.


3. "1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushidagi alabaning 65 yilligi" yubiley medali va pul mukofotini topshirish marosimini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari mahalliy mudofaa ishlari boʻlinmalarining, urush va mehnat faхriylari kengashlarining vakillari ishtirokida tantanali ravishda oʻtkazsin.


4. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq sarf-хarajatlar respublika byudjeti hisobidan amalga oshirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yubiley medallarini topshirish va pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilasin, yubiley medallari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlashni ta’minlasin.

6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov