Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2000 y. PF-2517-son "Navoiy kon-metallurgiya kombinatini "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlash toʻrgʻisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.01.2000 y.

N PF-2517



NAVOIY KON-METALLURGIYa

KOMBINATINI "DOʻSTLIK" ORDENI

BILAN MUKOFOTLASh TOʻRISIDA



Navoiy kon-metallurgiya kombinatining jamoasi хalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash ishiga, Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va uning eksport salohiyatini kengaytirishga qoʻshayotgan katta hissasini e’tiborga olib, shuningdek barqaror suratdagi yuksak ishlab chiqarish va ijtimoiy koʻrsatkichlarga erishganligi, mineral-хom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, yetakchi хorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi joʻshqin faoliyati uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinati "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov