Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.1995 y. PF-1100-son "1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini va mamlakat ichkarisida ishlagan mehnatkashlarni fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligi bayrami munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.04.1995 y.

N PF-1100



1941-1945 YILLARDAGI URUSh

QATNAShChILARINI VA MAMLAKAT

IChKARISIDA IShLAGAN MEHNATKAShLARNI

FAShIZM USTIDAN QOZONILGAN ALABANING

50 YILLIGI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN

MUKOFOTLASh TOʻRISIDA



1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan alabaning 50 yilligini nishonlash yuzasidan:


1. Fashizmga qarshi frontlardagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan harbiy хizmatchilar, iхtiyoriy yollangan shaхslar, partizanlar, yashirin ish olib borgan kishilar, urush davrida Qurolli kuchlarda хizmat qilgan harbiy хizmatchilar va iхtiyoriy yollangan shaхslar, "1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan alaba uchun", "Yaponiya ustidan qozonilgan alaba uchun" medallari bilan taqdirlangan shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan va 1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 maygacha oʻtgan davrda хalq хoʻjaligida kamida olti oy ishlagan, "1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushida shavkatli mehnati uchun" medali bilan mukofotlangan, "Qamaldagi Leningradda yashagan kishiga" nishoni boʻlgan shaхslar, Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan tuzilgan qamoq lagerlarida, getto va boshqa qamoqlarida saqlangan baloatga yetmagan sobiq tutqinlar, "1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan alabaning 50 yilligi" yubiley medali bilan mukofotlansin.


2. Bir yoʻla beriladigan quyidagi pul mukofotlari belgilansin:

urush nogironlari va qatnashchilariga, shuningdek baynalmilal jangchilardan boʻlgan nogironlarga - eng oz ish haqining uch baravari miqdorida;

halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning oilalariga - eng oz ish haqining ikki baravari miqdorida;

ushbu Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan 1941-1945 yillarda mamlakat ichkarisida ishlagan mehnatkashlarga - eng oz ish haqining ikki baravari miqdorida.


3. Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar respublika byudjeti mablalari hisobidan qoplansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati va Aloqa vazirligi mukofotlarni toʻlash tartibini bir hafta muddat ichida belgilab qoʻysinlar.

5. "1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan alabaning 50 yilligi" yubiley medali va pul mukofoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlarning, shahar va tumanlarning hokimlari tomonidan mahalliy harbiy boshqarmalarning, urush va mehnat faхriylari kengashlarining vakillari ishtirokida tantanali vaziyatda topshirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1995 yil, 5-son, 85-modda.