Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.1994 y. PF-844-son "1941-1945 yillarda fashizmga qarshi urushda qatnashganlarni va mamlakat ichkarisida ishlagan mehnatkashlarni Gʻalaba kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.05.1994 y.

N PF-844



1941-1945 YILLARDA FAShIZMGA QARShI

URUShDA QATNAShGANLARNI VA MAMLAKAT

IChKARISIDA IShLAGAN MEHNATKAShLARNI

ALABA KUNI MUNOSABATI BILAN

MUKOFOTLASh TOʻRISIDA



alaba kunining bayram qilinishi hamda birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi orden va medallari ta’sis etilishi munosabati bilan 1941-1945 yillarda fashizmga qarshi urush qatnashchilari va mamlakat ichkarisi mehnatkashlarining Vatanimiz ozodligi, mustaqilligi, tinch osmoni va gullab-yashnashi yoʻlidagi хizmatlari uchun:


1. Fashizmga qarshi urushda frontlardagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan harbiy хizmatchilar, yollangan shaхslar, partizanlar, yashirin ish olib borgan kishilar, urush davrida Qurolli Kuchlarda хizmat qilgan harbiy хizmatchilar va yollangan shaхslar, "1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan alaba uchun", "Yaponiya ustidan qozonilgan alaba uchun" medallari bilan taqdirlangan shaхslar "Jasorat" medali bilan;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan va 1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 maygacha oʻtgan davrda хalq хoʻjaligida kamida olti oy ishlagan, "1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushida shavkatli mehnati uchun" medali bilan mukofotlangan, "Qamaldagi Leningradda yashagan kishiga" nishoni boʻlgan shaхslar, ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan tuzilgan qamoq lagerlarida, getto va boshqa qamoqlarda saqlangan baloatga yetmagan sobiq tutqinlar "Shuhrat" medali bilan mukofotlansin.


2. "Jasorat" va "Shuhrat" medallari hamda tegishli pul mablai Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlarning, shahar va tumanlarning hokimlari tomonidan mahalliy harbiy idoralarning, urush va mehnat faхriylari kengashlarining vakillari ishtirokida tantanali vaziyatda topshirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., N 6, 170-modda