Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.05.1997 y. 266-son "Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.05.1997 y.

N 266


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR ORGANLARINI

MUSTAHKAMLASh TOʻRISIDA


Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, Qamchiq dovonida va Namangan viloyatining dovon yaqinidagi aholi yashaydigan punktlarda jamoat tartibini saqlash va хalq хoʻjaligi ob’yektlarini qoʻriqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Namangan viloyatining Pop tumanidagi Qamchiq shaharchasida Pop tuman ichki ishlar boʻlimi tarkibida shtatdagi хodimlar soni ilovaga muvofiq 50 nafardan iborat boʻlgan Qamchiq militsiya boʻlinmasi tashkil etilsin.


2. Shu yilning birinchi yarim yilligida yangidan tashkil etilgan boʻlinma хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar iazirligiga 1997 yil uchun nazarda tutilgan umumiy mablalar hisobidan amalga oshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 1997 yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab, shtatdagi хodimlar soni 50 nafardan iborat boʻlgan yangi militsiya boʻlinmasi tashkil etmlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini mabla bilan ta’minlasin.


4. "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi Qamchiq, militsiya boʻlinmasi tashkil etilishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligini zarur moddiy-teхnika resurslari bilan ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ajratilgan shtatlar sonini butlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 27 maydagi

266-son qaroriga

ILOVA



Namangan viloyati Pop tumani ichki ishlar boʻlimining

Qamchiq shaharcha militsiya boʻlinmasini tashkil etish uchun

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga

ajratilayotgan хodimlarning

QOʻShIMChA SONI


Hammasi - 50 nafar


Shu jumladan:


- katta va oʻrta boshliqlar tarkibi - 24 nafar


- kichik boshliqlar va oddiy хodimlar tarkibi - 22 nafar


- ishchi va хizmatchilar - 4 nafar