Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.1996 y. 322-son "Binolar va inshootlarni berish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.09.1996 y.

N 322


BINOLAR VA INShOOTLARNI

BERISh TOʻRISIDA


"Sudlar toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1994 yil 19 yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq hamda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi-Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda U. Nosir koʻchasi, 93-uyda joylashgan binoning yarmini (oʻng qanotini) boʻshatsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi balansiga bersin.

Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda hovlidagi hududni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirishga oid tegishli qaror qabul qilsin hamda tuzatish ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotlarni belgilasin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va binoni mukammal tuzatish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahar Xoʻjand koʻchasi, 12-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin oʻtkazsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy boʻlinmalarni joylashtirish uchun oʻz mablalari hisobidan tuzatish ishlarini amalga oshirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Oʻ. Sultonov