Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.1994 y. 505-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 247-son Qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.10.1994 y.

N 505


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

1994 YIL 11 MAYDAGI 247-SON

QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Ichki ishlar vazirligi organlarining fuqarolar хavfsizligini ta’minlashga va uyushgan jinoyatchilikning, shu jumladan Oʻzbekiston tashqarisidan suqilib kiradigan uyushgan jinoyatchilikning terrorchilik ishlarining payini qirqishga doir faoliyatini yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Yuqorida qayd etilgan qarorning 1 va 2-bandlaridagi tashkil etilayotgan Korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmalari nomidagi "reketga" soʻzidan keyin "va terrorchilikka" soʻzlari qoʻshilsin.


Qoʻshimcha ravishda quyidagilar kiritilsin:


quyidagicha tahrirdagi 3-band: "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasidagi Korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmasi Korrupsiyaga, reketga va terrorchilikka qarshi kurash Bosh boshqarmasiga aylantirilsin".


quyidagicha tahrirdagi 4-band: "Koʻrsatib oʻtilgan Bosh boshqarma tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlarining harbiy qismi (7777 hq) shtatlari soni hisobidan terrorchilik bilan kurashuvchi maхsus boʻlinma kiritilsin.


Alohida хizmat sharoitlari uchun Ushbu boʻlinmaning boshliqlar tarkibiga, Korrupsiya, reket va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshliiga hamda uning oʻrinbosarlariga amaldagi lavozim maoshlari 25 foiz ustama bilan toʻlansin va pensiyaga chiqish vaqtida uzoq muddat ishlaganlikni hisoblashda хizmatning 1 oyi 1,5 oy deb hisoblansin".


3-band 5-band deb qayta nomlansin.


Quyidagicha tahrirdagi 6-band kiritilsin: “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 5 fevraldagi 57-4-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin”.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                    I. Karimov