Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respubdiiasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.1993 y. 192-son "Davlat boji stavkalari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBDIIASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.04.1993 y.

N 192



DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji haqida"gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ilova qilinayotgan Davlat boji stavkalari tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq Bosh boshqarmasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji haqida"gi Qonunini qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Davlat bojining byudjet daromadiga oʻz vaqtida va toʻla tushishi ustidan tegishli nazoratni ta’minlasin.


3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻyidagilar qoʻllanilmasin:

SSSR Ministrlar Sovetining "Davlat boji stavkalari haqida" 1979 yil 29 iyundagi 648-son qarori;

SSSR Ministrlar Sovetining "Aliment toʻlashdan bosh tortuvchi ota-onalarni qidirish vaqtida voyaga yetmagan bolalarga vaqtinchalik nafaqalar joriy etish toʻrisida" 1984 yil 6 fevraldagi 134-son qarori 2-bandining Davlat boji qismi (SSSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 25 yanvardagi 67-son qarori 3-bandiiing tahririda);

SSSR Ministrlar Sovetining "SSSR Ministrlar Sovetining "Davlat boji stavkalari toʻrisida" 1979 mil 29 iyundagi 648-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1989 yil 25 oktyabrdagi 894-son qarori;

SSSR Ministrlar Sovetining "SSSR Ministrlar Sovetining "Davlat boji toʻrisida" 1979 yil 29 iyundagi 648-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1990 yil 10 fevraldagi 143-son qarori;

SSSR Ministrlar Sovetining "SSSRdan ketish va SSSRga kelish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida Davlat boji olish tartibi va miqdori haqidan 1991 yil 8 iyuldagi 452-son qarori.


4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979 yil 16 iyuldagi 495-son (OʻzSSR QT 1979 yil, 7-son, 28-modda), 1981 yil 3 iyuldagi 538-son, 1987 yil 7 apreldagi 179-son (OʻzSSR QT, 1987 yil, 4-son, 22-modda) qarorlari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984 yil 13 fevraldagi 84-son karori (OʻzSSR QT, 1984 yil, 2-son, 8-modda) 1-bandining "b" kichik bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 16 sentyabrdagi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT. 1991 yil, 9-son, 30-modda)ga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1993 y., N 4, 15-modda.