Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 03.08.1992 y. 359-son "Pasport boʻlinmalari va manzil-ma’lumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun tarif stavkalarini oʻzgartish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.1992 y.

N 359



PASPORT BOʻLINMALARI VA MANZIL-

MA’LUMOT BERISh BYuROLARI TOMONIDAN

KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR UChUN TARIF

STAVKALARINI OʻZGARTISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻrisidagi Qonunga muvofiq va yangi iqtisodiy munosabatlarga oʻtilishi sababli Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Pasport boʻlinmalari va manzil-ma’lumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun fuqarolar, korхonalar, tashkilotlar va muassasalardan olinadigan tarif stavkalari tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).


2. Belgilansinki, SSSR Ministrlar Sovetining 1974 yil 28 avgustdagi 677-son qarorining pasport boʻlinmalari va manzil-ma’lumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun olinadigan tarif stavkalarining miqdorini belgilash qismi qoʻllanilmaydi.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Mutalov






Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 3 avgustdagi

359-son qaroriga

ILOVA



Pasport boʻlinmalari va manzil-ma’lumot berish

byurolari koʻrsatadigan хizmatlar uchun

TARIF STAVKALARI

Poshlina olinadigan hujjatlar va harakatlarning nomi


Stavkalarning miqdori


Pasportini berganlik uchun


50 soʻm

Qishloq, ovul va posyolka Kengashlari uchun 200 varaqli uy daftarlarini berganlik uchun


20 soʻm

Yakka tartibdagi uy-joy egalariga uy daftarlarini berganlik uchun


10 soʻm

Fuqarolarni propiska qilganlik va propiskadan chiqarganlik uchun


10 soʻm

Chegara zonasiga kirish uchun propusklar berganlik uchun va ruхsatnomalarni rasmiylashtirganlik uchun


10 soʻm

Pasport yoʻqolganda, familiyalar, ismlar, tuilgan yil oʻzgartirilganda qilingan ishlar uchun


50 soʻm

Yoʻqolgan pasportning oʻrniga vaqtincha berilgan 9-son ma’lumotnoma uchun


3 soʻm

Manzil-ma’lumot berish byurosi tomonidan beriladigan ma’lumotnoma uchun:



fuqarolar uchun


1 soʻm

korхonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun


3 soʻm

Alimentlar va davlat qarzlarini toʻlashdan boʻyin tovlab yurgan shaхslarni mahalliy qidirishni tashkil etish va amalga oshirish uchun


200 soʻm

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosidagi qidiruvlar uchun


shartnomaviy narх boʻyicha


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992 y., 8-son, 21-modda