Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 09.12.1992 y. 740a-XII-son "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

09.12.1992 y.

N 740a-XII



"DAVLAT BOJI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993 yil 1 yanvardan etiboran amalga kiritilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi me’yoriy hujjatlarning ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida:

davlat boji stavkalarini belgilasin;

Hukumatning, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

ushbu Qonunning qoʻllanilishini ta’minlovchi boshqa zarur me’yoriy hujjatlar qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                    Sh. Yoʻldoshev