Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uy-joylarni olish-sotish, almashtirish va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlaganda davlat bojini undirish tartibi toʻgʻrisida Tushuntirish (AV tomonidan 17.11.1998 y. 538-son bilan roʻyхatga olingan DSQ 30.10.1998 y. 11/2-8118-son bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI

17.11.1998 y.

N 538


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI

30.10.1998 y.

N 11/2-8118




Uy-joylarni olish-sotish, almashtirish va hadya qilish

shartnomalarini notarial tasdiqlaganda

davlat bojini undirish tartibi toʻrisida

TUShUNTIRISh


Joylardan notarial idoralari tomonidan ayrim notarial harakatlar uchun davlat bojining undirilishi boʻyicha kelib tushayotgan soʻrovlar munosabati bilan Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi davlat bojini toʻlash tartibi toʻrisida quyidagilarni tushuntiradilar:

Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan uy-joylarni hadya qilish shartnomalari notarial idoralarda tasdiqlanganda davlat boji BTI idoralari tomonidan aniqlangan inventarizatsiya qiymatidan, olish-sotish, almashtirish shartnomalarini notarial tasdiqlaganda esa tomonlar kelishgan narхdan, ammo BTI idoralari tomonidan aniqlangan inventarizatsiya qiymatidan kam boʻlmagan narхlardan kelib chiqqan holda undiriladi.

Davlat bojining stavkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli "Davlat boji stavkalari haqida"gi va 1994 yil 4 apreldagi 180-sonli qaroriga asosan qoʻllaniladi.



Vazir muovini                                                                                 M.Jalilov



Rais muovini                                                                                   Sh.Sattarov