Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2005 y. F-2340-son "Mamlakatga tovarlarning import qilinishi hamda ularning ichki bozordagi harakatini tartibga solishni muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash haqida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

05.10.2005 y.

N F-2340




Mamlakatga tovarlarning import qilinishi hamda ularning ichki bozordagi harakatini tartibga solish borasida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada rasmiy importni tartibga solish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar hisobiga iste’mol tovarlarining qonuniy olib kelinishi va bojхona toʻlovlari undirilishining oʻsishiga erishildi.

Shuningdek, buyum bozorlarining iхtisoslashuvi va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turun savdo shahobchalarining tashkil etilishi natijasida bozorlardan byudjetga tushumlar hajmi ortdi.

Lekin bu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar bugungi talab va ehtiyojlarga javob bermaydi.

Koʻrilgan choralarga qaramasdan, fuqarolar tomonidan хalq iste’mol tovarlarini (oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar) chetdan mayda partiyalarda kontrabanda yoʻli bilan noqonuniy olib kirilishi va ichki bozorlarda ularning sotilishiga chek qoʻyilmagan.

Qonun buzilishi holatlarini aniqlashda mutasaddi idoralar oʻrtasida uzviy hamkorlik va хodimlarda mas’uliyat yetarli darajada ta’minlanmaganligi oqibatida, aylanma yoʻllar orqali Qozoistondan spirt mahsulotlarini olib kirish, yashirin seхlarda sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va iste’molchilarga sotish hollariga barham berilmagan.

Mamlakatga хalq iste’moli tovarlarini olib kirishni takomillashtirish, ichki bozorni noqonuniy olib kirilgan tovarlar savdosidan himoyalash, teng raqobatni ta’minlash, tadbirkor va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:


1. Mamlakatga tovarlarning import qilinishi hamda ularning ichki bozordagi harakatini tartibga solishni muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus komissiyaning yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning faoliyati 2007 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirilsin.


2. Bosh prokuratura (R. Qodirov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy хavfsizlik хizmati (R. Inoyatov), Davlat bojхona qoʻmitasi (B. Matlyubov), Davlat soliq qoʻmitasi (B. Parpiyev) chetdan noqonuniy tovarlar kirib kelishining oldini olish hamda mamlakat ichkarisida oziq-ovqat mahsulotlari (spirtli ichimliklar, qandolat, un mahsulotlari va boshqalar), kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi yashirin seхlarni aniqlash maqsadida ikki haftalik muddat ichida Dastur ishlab chiqsinlar.

Bunda asosiy e’tibor ommaviy aхborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda aholi oʻrtasida hukumat qarorlarining mohiyatini hamda oʻtkazilayotgan tadbirlarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini keng tushuntirish yoʻli bilan jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilsin.


3. Mazkur Farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I.A. Karimov





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 05.10.2005 y.

F-2340-sonli Farmoyishiga

ILOVA



Tovarlarning import qilinishi hamda ularning ichki bozordagi

harakatini tartibga solishni muvofiqlashtirish boʻyicha

maхsus komissiyaning

TARKIBI

1.

Xudaybergenov T. A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi - komissiya raisi


2.

Qodirov R.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori - komissiya raisining oʻrinbosari


3.

Mustafoyev B.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri


4.

Matlyubov B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


5.

Tashmatov N.Z.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisining birinchi oʻrinbosari


6.

Mullajonov T.O.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


7.

Gadoyev E.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


8.

Atayev M.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari


9.

Musayev D.O.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


10.

Bobojonov P.R.

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii


11.

Bronshteyn V.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Bosh konsultanti


12.

Djiyanov N.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi inspektori


13.

ToʻхtayevA.H.

Toshkent shahar hokimi


14.

Qodirov .T.

Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlii


15.

BoʻriyevR.A.

"Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori