Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 05.09.2015 y. 24/9-son “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qarori (AV tomonidan 25.09.2015 y. 2093-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.09.2015 y.

N 2093-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

05.09.2015 y.

N 24/9


QARORI



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi, 2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ-391-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyхat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.".


2. 13-bandda:

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi - yettinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yimajild shaklida tikilib, mikrokredit tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi lozim.".


4. 25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


5. 50-banddagi "oʻn kun" degan soʻzlar "uch kun" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"55. Mazkur Nizomga muvofiq talab qilinadigan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuniga rioya etilgan holda taqdim etiladi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 28 sentyabr, 38-son, 506-modda