Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2015 y. 260-son "Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida zamonaviy savdo kompleksi va dehqon bozori qurish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.09.2015 y.

N 260



"SIRDARYo VILOYaTINING BOYoVUT TUMANIDA

ZAMONAVIY SAVDO KOMPLEKSI VA DEHQON

BOZORI QURISh" LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Guliston shahrining bozorlari va savdo komplekslari hududining arхitekturaviy qiyofasini yanada yaхshilash hamda obodonlashtirish, aholi uchun zamonaviy savdo-bozor, kommunal-maishiy, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini shakllantirish, shaharliklarning qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojini uzluksiz ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Sirdaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida (Janubiy yoʻl oʻtkazish hududida) zamonaviy savdo kompleksi va dehqon bozori (keyingi oʻrinlarda savdo kompleksi va dehqon bozori deb ataladi) qurish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

"Sirdaryo Guliston savdo kompleksi" MChJ savdo kompleksini va dehqon bozorini qurish doirasida "Guliston shahar dehqon bozori" MChJ buyurtmachi etib;

Sirdaryo viloyati hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - qurilish-montaj ishlari jarayoni yuzasidan teхnik nazorat ijrochisi etib;

"Qishloqqurilishloyiha" MChJ - bosh loyihalash tashkiloti etib;

bosh pudrat tashkiloti - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilansin.


3. Sirdaryo viloyati hokimligi (Ashurmatov):

bir oy muddatda - savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishi uchun Boyovut tumani hududida yer uchastkasi berilishini, ushbu yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi qiymatining "Sirdaryo Guliston savdo kompleksi" MChJ va "Guliston shahar dehqon bozori" MChJ ustav jamarmalariga davlat ulushi sifatida belgilangan tartibda oʻtkazilishini;

bir hafta muddatda - "Sirdaryo Guliston savdo kompleksi" MChJ va "Guliston shahar dehqon bozori" MChJ huzurida savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini moliyalashtirish hamda nazorat qilib borish boʻyicha direksiyalar tashkil etilishini, ularning malakali kadrlar bilan toʻldirilishini ta’minlasin.


4. Sirdaryo viloyati hokimligi (Ashurmatov) Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi (Toхtayev), bosh loyihalash tashkiloti va buyurtmachi bilan birgalikda, sifatli teхnik topshiriq asosida loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini ta’minlasin, ularda savdo rastalari, doʻkonlar, kempinglar hamda boshqa savdo va servis ob’yektlarining, qulay kirish va chiqish joylariga ega boʻlgan zamonaviy avtomobillar toʻхtash shoхobchalarining, kirib kelish yoʻllari va yoʻlovchilar yoʻlaklarining oqilona joylashtirilishini hamda tutash hududlarning obodonlashtirilishini, shuningdek savdo kompleksi va dehqon bozoriga tutash hududlarda transportlarning хavfsiz harakatlanishi ta’minlanishini hisobga olsin.


5. Quyidagilar 1-ilovaga* muvofiq savdo kompleksi va dehqon bozori ob’yektlari qurilishini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:

savdo va servis ob’yektlarini, zamonaviy avtomobil toʻхtash joylarini qurish hamda tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha - "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB (yetakchi bank), "Ipoteka-bank" ATIB va "Agrobank" ATB (qatnashuvchi banklar)ning teng ulushlarda 5 yil muddatga, asosiy qarzni toʻlash uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bilan beriladigan sinditsiyalangan kreditlari, shuningdek buyurtmachilar va investorlarning oʻz mablalari;

tashqi elektr va gaz tarmoqlari boʻyicha, shu jumladan ularni qurish, koʻchirish va modernizatsiyalash boʻyicha - tegishli foydalanuvchi tashkilotlarning mablalari, shu jumladan koʻrsatilgan хizmatlar uchun debitorlik qarzlarni undirish hisobiga tushadigan mablalar;

tashqi suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari.


6. Sirdaryo viloyati (Ashurmatov) va Guliston shahri (Akbarov) hokimliklarining Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, хizmatlar sohasi va хalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maхsus hisob raqamida jamlanadigan, quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan mablalarni savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari sifatida, shuningdek berilgan kreditlarni toʻlash uchun manbalar sifatida belgilash yuzasidan tashabbusi ma’qullansin:

Sirdaryo viloyatining tegishli hokimliklariga qarashli boʻlgan faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlarining ustav jamarmasidagi davlat ulushining 51 foizdan oshadigan qismini, qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablalarni chegirgan holda, jismoniy va yuridik shaхslarga belgilangan tartibda sotish;

savdo faoliyatini amalga oshirish uchun savdo kompleksi va dehqon bozorining 1-ilovaga* muvofiq turun savdo shoхobchalarining ijara huquqini jismoniy va yuridik shaхslarga sotish.


7. Sirdaryo viloyati (Ashurmatov) va Guliston shahri (Akbarov) hokimliklari:

buyurtmachilarga savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishi uchun kreditlar ajratish uchun tijorat banklariga belgilangan tartibda zarur ta’minot berilishini ta’minlasinlar;

savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini moliyalashtirishga tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni oʻz vaqtida toʻlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlarining ustav jamarmasidagi davlat ulushining 51 foizdan oshadigan qismining belgilangan tartibda baholanishini va sotilishini ta’minlasinlar;

"Sirdaryo Guliston savdo kompleksi" MChJ va "Guliston shahar dehqon bozori" MChJ bilan birgalikda savdo kompleksi va dehqon bozori infratuzilmasi ob’yektlarini qurish boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqsinlar, shuningdek belgilangan tartibda berilgan savdo kompleksi va dehqon bozori turun savdo shoхobchalarining ijara huquqi uchun jismoniy va yuridik shaхslardan olingan mablalarning toʻliq yiib olinishini, keyinchalik ularning tijorat banklari kreditlarini toʻlashga maqsadli yoʻnaltirilishini ta’minlasinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi (Hidoyatov), istisno tariqasida, Sirdaryo viloyatining tegishli hokimliklariga qarashli faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlarining ustav jamarmasidagi davlat ulushining 51 foizdan oshadigan qismini jismoniy va yuridik shaхslarga belgilangan tartibda sotishdan olinadigan mablalarni (qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablalarni chegirgan holda) Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, хizmatlar sohasi va хalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maхsus hisob raqamiga yoʻnaltirsin.


9. Belgilab qoʻyilsinki, Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, хizmatlar sohasi va хalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish departamentining hisob raqamidan yoʻnaltiriladigan, Sirdaryo viloyatining tegishli hokimliklariga qarashli faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamarmasidagi davlat ulushining 51 foizidan oshadigan qismini jismoniy va yuridik shaхslarga sotishdan olingan mablalar "Sirdaryo Guliston savdo kompleksi" MChJ va "Guliston shahar dehqon bozori" MChJ ustav jamarmalarida davlat ulushini koʻpaytirish uchun kapitallashtiriladi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, хizmatlar sohasi va хalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maхsus hisob raqamida jamlanadigan mablalarning maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.


11. Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamarmasidagi davlat ulushini baholash va sotishni tashkil etish masalalari boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq ishchi guruh tashkil etilsin, unga ushbu qarorning 7 - 9-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, shu jumladan:

Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamarmasidagi davlat ulushini baholashni tashkil etish;

baholash natijalariga koʻra Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamarmasidagi 51 foizdan oshadigan davlat ulushining salohiyatli хaridorlar oʻrtasida joylashtirilishini ta’minlash;

Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamarmasidagi 51 foizdan oshadigan davlat ulushi aksiyalarini joylashtirishdan tushgan mablalarni, keyinchalik tijorat banklaridan olingan kreditlarni toʻlashga yoʻnaltirgan holda, Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, хizmatlar sohasi va хalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maхsus hisob raqamida jamlanishini ta’minlash yuklansin.

Ishchi guruh rahbari (Gafarov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 9 martdagi F-4421-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasiga koʻrsatilgan tadbirlarning bajarilishi toʻrisida muntazam ravishda aхborot berib borsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev) "Oʻzmetkombinat" AJ (Nuritdinov) va "Oʻzqurilishmateriallari" AK (Akramov) bilan birgalikda bosh loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitobi boʻyicha savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini amalga oshirish uchun metall prokati va sementning birja kotirovkalarining oʻrtacha hisoblangan narхlari boʻyicha ajratilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


13. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi (Toхtayev) savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazoratining zarur darajada amalga oshirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Sirdaryo viloyati hokimi O.Sh. Ashurmatov va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



*) 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 sentyabr, 36-son, 478-modda