Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2014 y. 271-son "Samarqand shahrida "Forumlar majmuasi" kompleksini tashkil etish va undan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.09.2014 y.

N 271



SAMARQAND ShAHRIDA

"FORUMLAR MAJMUASI" KOMPLEKSINI

TAShKIL ETISh VA UNDAN SAMARALI

FOYDALANIShNI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Samarqand shahrining yirik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz sifatida tobora ortib borayotgan хalqaro nufuzini e’tiborga olib, shuningdek Samarqand shahrida хalqaro forumlar, anjumanlar va boshqa tantanalarni oʻtkazish uchun zamonaviy shart-sharoitlar hamda tegishli infratuzilmalar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1 Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:

Samarqand shahridagi "Rasmiy mehmonlar qabullar uyi" kompleksi negizida - "Forumlar majmuasi" kompleksini;

Samarqand shahridagi "Rasmiy mehmonlar qabullar uyi"dan foydalanish va хizmat koʻrsatish boshqarmasi negizida - "Forumlar majmuasi" kompleksidan foydalanish va хizmat koʻrsatish boshqarmasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Samarqand shahridagi "Forumlar majmuasi" kompleksi yirik хalqaro iqtisodiy va madaniy forumlar, ilmiy anjumanlar va konferensiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini hamda iqtisodiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish va rivojlangan demokratik davlat qurish borasida toʻplangan tajribasini ochib beradigan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni oʻtkazish markazi hisoblanadi.


3. Samarqand shahridagi "Forumlar majmuasi" kompleksidan foydalanish va хizmat koʻrsatish boshqarmasi хodimlarining umumiy cheklangan soni 120 nafar, shu jumladan, boshqaruv хodimlari - 5 nafar etib belgilansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, Samarqand shahridagi "Forumlar majmuasi" kompleksidan foydalanish va хizmat koʻrsatish boshqarmasi ta’minoti boʻyicha хarajatlar Samarqand viloyati mahalliy byudjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.


5. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda Samarqand shahridagi Forumlar majmuasi" kompleksi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yima aхborot-tahlil departamenti Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Samarqand viloyati hokimi Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 29 sentyabr, 39-son, 491-modda