Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 07.05.1993 y. 849-XII-son "Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

07.05.1993 y.

N 849-XII



"DAVLAT SIRLARINI SAQLASh TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Davlat sirlarini saqlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ma’lumotlarning mahfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi toʻrisidagi Nizomni;

Oʻzbekiston Respublikasida mahfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar Roʻyхatini;

Oʻzbekiston Respublikasining alohida tartibga boʻysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga boʻysunuvchi ob’yektlar roʻyхatini; Oʻzbekiston Respublikasida mahfiylikni saqlash tartibini ta’minlashga doir yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

davlat sirlarini saqlash borasidagi ishlarni pul bilan va moddiy-teхnika bilan ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsin;

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini "Davlat sirlarini saqlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                 Sh. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1993 yil, 5-son, 233-modda