Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2012 y. 117-son "Qoraqalpogʻiston Rspublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.04.2012 y.

N 117



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI,

VILOYaTLAR    VA    TOShKENT    ShAHRIDA

IShBILARMONLIK MUHITINING HOLATI

VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh

DARAJASI  INDIKATORLARINI  HAR  ChORAKDA

BAHOLASh TIZIMINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Erkinlashtirishni davom ettirish va erkin bozor iqtisodiyoti yoʻlidan borishni yanada jadallashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasini tizimli tahlil qilish hamda ishbilarmonlik muhiti darajasini baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholashning ilovaga muvofiq tizimi 2012 yil 1 iyuldan boshlab joriy etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek indikatorlarni hisoblash va sifatli baholash metodologiyasiga aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan boshqa vazirliklar va idoralar har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga har bir mintaqadagi ishbilarmonlik muhitining holatini va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholash natijalarining taqdim etilishini ta’minlasinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holatini baholash uchun har bir mintaqada tadbirkorlik sub’yektlarini reprezentativ tanlash asosida har chorakda soʻrov oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimi natijalari umumlashtirilishini va monitoringini ta’minlaydi, har bir mintaqaning reytingini aniqlaydi hamda muntazam ravishda iqtisodiy sharh chiqaradi, uni har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 20 apreldagi

117-son qaroriga

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining

holati  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish

darajasi indikatorlarini har chorakda baholash

TIZIMI

T/r

Indikator

(koʻrsatkich)ning nomi


Oʻlchov

birligi


Indikator (koʻrsatkich)ni

hisoblash metodikasi


Indikatorning sifat bahosi


Mas’ul organ


1

2


3

4

5

6

1. MAKROIQTISODIY KOʻRSATKIChLARNING

MUVOZANATLILIK INDIKATORLARI

1.1.

Yalpi mintaqaviy mahsulot (YaMM)ning oʻsish sur’ati


%

YaMMning oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish sur’ati

1 - sust oʻsish (oʻsish 4% dan kam)

2 - moʻ’tadil oʻsish (oʻsish 4% dan 7% gacha)

3 - oʻrtacha oʻsish (oʻsish 7% dan 10% gacha)

4 - jiddiy oʻsish (oʻsish 10% dan ortiq)


Davlat statistika qoʻmitasi

1.2.

Iste’mol narхlari indeksi


%

Tovarlar (хizmatlar)ga narхlar (tariflar)ning guruh indikatorlaridan oldingi yilning tegishli davriga nisbatan oʻrtacha hisoblangan arifmetik kattaligi


1 - yuqori daraja (oʻsish 10% dan ortiq)

2 - oʻrtacha daraja (oʻsish 6 dan 10% gacha)

3 - moʻ’tadil daraja (oʻsish 4,5 dan 6% gacha);

4 - past daraja (4,5% dan kam)


Davlat statistika qoʻmitasi

1.3.

Investitsiya faolligi


%

Investitsiyalar umumiy hajmining oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish sur’ati


1 - salbiy daraja (salbiy koʻrsatkich)

2 - moʻ’tadil daraja (oʻsish 10% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (oʻsish 10% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (oʻsish 15% dan ortiq)


Davlat statistika qoʻmitasi

1.4.

Sanoatning YaMMdagi ulushi

%

Sanoatning YaMMdagi salmoi

1 - past daraja (10% dan kam )

2 - moʻ’tadil daraja (10% dan 20% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (20% dan 28% gacha)

4 - yuqori daraja (28% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

1.5.

Sanoat mahsulotining aholi jon boshi hisobiga oʻsishi


%

Aholi jon boshi hisobiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish sur’ati


1 - salbiy daraja (salbiy koʻrsatkich)

2 - moʻ’tadil daraja (0% dan 5% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (5% dan 10% gacha)

4 - yuqori daraja (10% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

1.6.

YaMMda хizmatlar ulushi


%

Xizmatlar koʻrsatish sohasining YaMMdagi salmoi


1 - past daraja (20% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (20% dan 40% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (40% dan 60% gacha)

4 - yuqori daraja (60% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

1.7.

Xizmatlar hajmining aholi jon boshi hisobiga oʻsishi


%

Aholi jon boshi hisobiga koʻrsatilgan хizmatlarning oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish sur’ati


1 - past daraja (5% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (5% dan 10% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (10% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (15% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

2. IQTISODIYoTNI MODERNIZATsIYaLASh VA DIVERSIFIKATsIYaLASh

DARAJASI INDIKATORLARI

2.1.

Sanoat tarmoqlarini diversifikatsiyalash


%

Sanoat mahsuloti qoʻshilgan qiymatining yalpi ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotiga nisbati


1 - salbiy daraja (20% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (20 dan 45% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (45% dan 60% gacha)

4 - yuqori daraja (60% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

2.2.

Korхonalarni modernizatsiyalashga, teхnika va teхnologiya bilan qayta jihozlashga investitsiyalar


%

Ishlab chiqarishni teхnika va teхnologiya bilan yangilashga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmining oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish sur’ati


1 - salbiy daraja (oʻsish 4% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (4% dan 10% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (10% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (15% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

2.3.

Sanoatda mehnat unumdorligi


%

Hisobot davrida band boʻlganlar soniga nisbatan qiyosiy narхlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmining oldingi yildagi tegishli davrga nisbati


1 - past daraja (oʻrtacha yillik oʻsish 2% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (oʻrtacha yillik oʻsish 2% - 3,5% doirasida)

3 - oʻrtacha daraja (oʻrtacha yillik oʻsish 3,5% - 4,5% doirasida)

4 - yuqori daraja (oʻrtacha yillik oʻsish 4,5% dan ortiq)


Davlat statistika qoʻmitasi

2.4.

YaMMda eksport ulushi


%

Eksport qilingan mahsulot hajmining YaMM hajmiga nisbati

1 - past daraja (15% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (15% dan 30% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (30% dan 45% gacha)

4 - yuqori daraja (45% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

3. IShBILARMONLIK MUHITINI ShAKLLANTIRISh

DARAJASI INDEKSLARI

3.1. Raqobat muhitini rivojlantirish indeksi

3.1.1.

Tadbirkorlikning yangi sub’yektlarini tashkil etish


%

Yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlarining hisobot davrida faoliyat koʻrsatgan sub’yektlar umumiy hajmidagi ulushi


1 - past daraja (5% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (5% dan 10% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (10% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (15% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

3.1.2.

Tadbirkorlik sub’yektlarining faolligi


%

Ishlamayotgan tadbirkorlik sub’yektlari sonining roʻyхatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik sub’yektlarining umumiy soniga nisbati


1 - salbiy daraja (20% dan yuqori)

2 - oʻrtacha daraja (15% dan 20% gacha)

3 - moʻ’tadil daraja (10% dan 15% gacha)

4 - past daraja (10% gacha)


Davlat statistika qoʻmitasi

3.1.3.

Investitsiyalarning хorijiy investorlar uchun jalb etuvchanligi


%

Toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hajmining jami investitsiyalar hajmiga nisbati


1 - past daraja (10% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (10% dan 25% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (25% dan 35% gacha)

4 - yuqori daraja (35% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

3.1.4.

Kichik tadbirkorlikni (biznesni) rivojlantirish


%

Kichik tadbirkorlik (biznes)ning YaMMdagi ulushi


1 - past daraja (25% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (25% - 40% doirasida)

3 - oʻrtacha daraja (40% - 60% doirasida)

4 - yuqori daraja (60% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

3.1.5.

1000 kishi hisobiga kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni


ta

Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari sonining 1000 kishi hisobiga nisbati


1 - past daraja (0 dan 5 gacha)

2 - moʻ’tadil daraja (5 dan 15 gacha)

3 - oʻrtacha daraja (15 dan 35 gacha)

4 - yuqori daraja (35 dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

3.1.6.

Bankrotlik indeksi


%

Bankrot korхonalar sonining roʻyхatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik sub’yektlarining umumiy soniga (ortib boruvchi yakun bilan) nisbati


1 - salbiy daraja (5% dan yuqori)

2 - oʻrtacha daraja (2% dan 5% gacha)

3 - moʻ’tadil daraja (1% dan 2% gacha)

4 - past daraja (1% gacha)


Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.2. Ishbilarmonlik muhiti holatining indeksi

3.2.1.

Moliyaviy muhit holatining indeksi


-100 … 100 ball

Indekslar tadbirkorlik sub’yektlarini reprezentativ tanlash asosida, soʻrovlar ma’lumotlari boʻyicha hisoblab chiqiladi va tadbirkorlar tomonidan ishbilarmonlik muhiti toʻrisidagi joriy va kutilayotgan vaziyat quyidagi shkala boʻyicha baholanadi:


>0 - ijobiy vaziyat va kutish;

<0 - salbiya vaziyat va kutish.


1 - oldingi yilning shu davridagidan pasaygan;

2 - oʻzgarmagan;

3 - oshgan


Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti


3.2.2.

Moddiy resurslar va infratuzilmadan foydalanish indeksi


-100 … 100 ball

3.2.3.

Institutsional muhit holatining indeksi


-100 … 100 ball

3.2.4.

Soliq muhiti holatining indeksi


-100 … 100 ball

4. IQTISODIYoTNING XUSUSIY SEKTORINI

RIVOJLANTIRISh INDIKATORLARI

4.1.

Kichik tadbirkorlik (biznes)ning aholi bandligidagi ulushi


%

Kichik tadbirkorlik (biznes)ning aholi bandligidagi salmoi


1 - salbiy daraja (70% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (70% dan 75% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (75% dan 80% gacha)

4 - yuqori daraja (80% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

4.2.

Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining eksporti


%

Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari eksportining jami eksport hajmidagi ulushi


1 - past daraja (10% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (10% dan 15% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (15% dan 25% gacha)

4 - yuqori daraja (25% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

4.3.

Kichik tadbirkorlik (biznes) eksporti hajmlarining oʻsish sur’ati


%

Kichik tadbirkorlik (biznes) eksporti hajmlarining oʻsish sur’ati


1 - past daraja (oʻsish 8% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (8% dan 12% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (12% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (15% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

4.4.

Nodavlat sektor investitsiyalarining hajmi


%

Nodavlat sektorda asosiy kapitalga investitsiyalarning kapital qoʻyilmalar umumiy hajmidagi ulushi


1 - past daraja (75% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (75% dan 80% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (80% dan 85% gacha)

4 - yuqori daraja (85% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

5. MOLIYa-BANK SEKTORINI RIVOJLANTIRISh INDIKATORLARI

5.1.

Uzoq muddatli kreditlash


%

Uzoq muddatli kreditlarning tijorat banklari kredit portfeli umumiy hajmidagi ulushi


1 - past daraja (60% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (60% dan 65% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (65% dan 70% gacha)

4 - yuqori daraja (70% dan yuqori)


Markaziy bank

5.2.

Kredit tashkilotlari kredit qoʻyilmalari hajmining dinamikasi


%

Kredit tashkilotlari kredit qoʻyilmalarining oʻsish sur’ati

1 - past daraja (pasayish)

2 - moʻ’tadil daraja (nominal YaMMning oʻsish sur’atidan past)

3 - oʻrtacha daraja (YaMMning oʻsish sur’atiga muvofiq)

4 - yuqori daraja (nominal YaMMning oʻsish sur’atlaridan yuqori)


Markaziy bank

5.3.

Kredit tashkilotlaridagi depozitlar hajmining dinamikasi


%

Kredit tashkilotlarida depozitlarning oʻsish sur’ati


1 - past daraja (pasayish)

2 - moʻ’tadil daraja (nominal YaMMning oʻsish sur’atlaridan past)

3 - oʻrtacha daraja (YaMMning oʻsish sur’atlariga muvofiq)

4 - yuqori daraja (nominal YaMMning oʻsish sur’atlaridan yuqori)


Markaziy bank

5.4.

Aholining banklardagi omonatlari hajmining dinamikasi


%

Tijorat banklarida aholi omonatlarining oʻsish sur’ati


1 - past daraja (pasayish)

2 - moʻ’tadil daraja (mintaqa aholisi real daromadlarining oʻsish sur’atlaridan past)

3 - oʻrtacha daraja (mintaqa aholisi real daromadlarining oʻsish sur’atlariga muvofiq)

4 - yuqori daraja (mintaqa aholisi real daromadlarining oʻsish sur’atlaridan yuqori)


Markaziy bank

5.5.

Kichik biznesni kreditlash


%

Kichik biznes sub’yektlariga ajratilgan kreditlarning oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish sur’ati


1 - past daraja (5% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (5% dan 10% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (10% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (15% dan yuqori)


Markaziy bank

6. MINTAQANI IJTIMOIY RIVOJLANTIRISh INDIKATORLARI

6.1.

Aholi jon boshi hisobiga YaMM hajmi


%

Aholi jon boshi hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulotning oʻsish sur’atlari


1 - sust oʻsish (oʻsish 2% dan kam)

2 - moʻ’tadil oʻsish (oʻsish 2% dan 5% gacha)

3 - oʻrtacha oʻsish (oʻsish 5% dan 10% gacha)

4 - yuqori oʻsish (oʻsish 10% dan ortiq)


Davlat statistika qoʻmitasi

6.2.

Kichik tadbirkorlik (biznes)dan daromadlarning aholi jami daromadlari umumiy hajmidagi salmoi


%

Kichik tadbirkorlik (biznes)dan daromadlar hajmining aholi jami daromadlari umumiy hajmiga nisbati


1 - past daraja (20% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (20% - 40% doirasida)

3 - oʻrtacha daraja (40% - 60% doirasida)

4 - yuqori daraja (60% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi

6.3.

Ishsizlik darajasi


%

Ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi umumiy soniga nisbati


1 - salbiy daraja (10% dan yuqori)

2 - oʻrtacha daraja (6% dan 10% gacha)

3 - moʻ’tadil daraja (3% dan 6% gacha)

4 - past daraja (3% dan kam)


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi


6.4.

Mehnat bozoridagi tanglik darajasi


kishi

1 ta boʻsh joy hisobiga toʻri keladigan ishsizlar (ishga joylashishga muhtoj shaхslar) nisbati


1 - salbiy daraja (6 kishidan yuqori)

2 - oʻrtacha daraja (4 dan 6 kishigacha)

3 - moʻ’tadil daraja (2 dan 4 kishigacha)

4 - past daraja (2 kishigacha)


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi


6.5.

Aholi bandligiga koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish qidirib murojaat qilgan shaхslarni ishga joylashtirish darajasi


%

Ishga joylashganlarning mahalliy mehnat organlariga ish qidirib murojaat qilgan shaхslar umumiy sonidagi salmoi


1 - past daraja (75% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (75% dan 85% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (85% dan 90% foizgacha)

4 - yuqori daraja (90% dan yuqori)


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi


6.6.

Iste’mol tovarlarining foydalanuvchanligi


%

Aholi jon boshi hisobiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning oʻsish sur’ati


1 - past daraja (oʻsish 4% dan kam)

2 - moʻ’tadil oʻsish (oʻsish 4% dan 8% gacha)

3 - oʻrtacha oʻsish (oʻsish 8% dan 12% gacha)

4 - jiddiy oʻsish (oʻsish 12% dan ortiq)


Davlat statistika qoʻmitasi


6.7.

Aholi jon boshi hisobiga pulli хizmatlar oʻrtacha hajmining oʻsishi


%

Aholi jon boshi hisobiga pulli хizmatlar koʻrsatish hajmining oʻsish sur’ati


1 - past daraja (oʻsish 7% dan kam)

2 - moʻ’tadil daraja (7% dan 10% gacha)

3 - oʻrtacha daraja (10% dan 15% gacha)

4 - yuqori daraja (15% dan yuqori)


Davlat statistika qoʻmitasi


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 17-son, 192-modda