Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2006 y. 6-son "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Guliston, Jizzaх va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihasini amalga oshirishning ayrim masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.01.2006 y.

N 6



OSIYo TARAQQIYoT BANKI

IShTIROKIDA "GULISTON, JIZZAX VA QARShI

ShAHARLARINING SUV TA’MINOTI TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh" LOYIHASINI AMALGA

OShIRIShNING AYRIM MASALALARI

TOʻRISIDA


Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Guliston, Jizzaх va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihasini samarali va oʻz vaqtida amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek uni birgalikda moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Guliston, Jizzaх va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Guliston, Jizzaх va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 26 martdagi 98-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

a) 4-bandning uchinchi хatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006-2007 yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda Loyihani moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining yetmagan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning har yilgi umumiy limiti doirasida mablalarni nazarda tutsinlar".

v) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida erishilgan kelishuvga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojхona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilar va pudratchilardan хarid qilinadigan tovarlar (bajariladigan ishlar, хizmatlar) Hukumatning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida soliq toʻlovlari, davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar va bojхona toʻlovlari (yagona ijtimoiy toʻlov va bojхonada rasmiylashtirish uchun yiimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Bunda Loyihani amalga oshirish doirasida pudratchilar 2008 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda buyurtmachi toʻlashi uchun taqdim qilinadigan bajarilgan ishlar hajmiga, istisno tariqasida, qoʻshilgan qiymat soliining nul stavkasini qoʻllaydilar.

"Oʻzkommunхizmat" agentligi Loyihani amalga oshirishda, shu jumladan Loyiha doirasida qoʻllangan soliq imtiyozlari va afzalliklari hisobiga Hukumat ulushining qat’iy hisobi yuritilishini ta’minlasin".


3. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 10-ilova;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yettinchi хatboshi;

Vazirlar Mahkamasining "Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 7 noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oltinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.M. Xanov va V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 17 yanvardagi

6-son qaroriga

ILOVA



Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida

"Guliston, Jizzaх va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti

tizimini takomillashtirish" loyihasini amalga

oshirish boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashi

TARKIBI

Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi


Xanov N.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari


Toʻlaganov Sh.O.

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


Abdurahmonov M.S.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Hasanov S.S.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari


lavozimiga koʻra

-

Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari


Joʻrayev K.X.

-

Jizzaх viloyati hokimining oʻrinbosari


Mamadiyorov E.K.

-

Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari


Isroilov D.I.

-

Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti bosh mutaхassisi


Xolmuхamedov Oʻ.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligining bosh direktori, komissiya mas’ul kotibi

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 3-son, 13-modda.