Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2015 y. 278-son “Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.09.2015 y.

N 278


OʻSIMLIK DUNYoSI OB’YeKTLARIDAN

FOYDALANIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻrmondan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar turlarini kengaytirish, yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yetishtirish, yiish, tayyorlash va qayta ishlashni tizimli ravishda tashkil etish, yalanoch qizilmiyani хom ashyo sifatida eksport qilishdan manfaatdor boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхslari yalanoch qizilmiyani хom ashyo sifatida (1 tonnasi uchun 225 AQSh dollari) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun toʻlovlardan 2016 yil 31 dekabrgacha ozod qilinsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 30 sentyabrdagi

278-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish

va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish

sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan

oʻtish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"10. Yuridik va jismoniy shaхslarga yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni amlaganlik (yiganlik) uchun toʻlovlarni kamaytirish boʻyicha quyidagi miqdorlarda imtiyoz beriladi:

belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida - Qizil kitobga kirmaydigan hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyхatiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklardan (yalanoch qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni хom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud boʻlganda;

belgilangan toʻlovlarning 90 foizi miqdorida - plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urulari, koʻchatlari) uchun;

belgilangan toʻlovlarning 90 foizi miqdorida - yalanoch qizilmiya ildizidan ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yalanoch qizilmiya ildizini хom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud boʻlganda.

Yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyхati, shuningdek Respublika boʻyicha amlash (yiish) hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasi va respublikaning yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi".


2. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. 13-ilovadagi beshinchi satr chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 5 oktyabr, 39-son, 511-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 9-son, 86-modda