Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash Qoidalari (AV tomonidan 19.10.2015 y. 2720-son bilan roʻyхatga olingan oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 09.09.2015 y. 5-2015-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2015 yil 19 oktyabrda 2720-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2015 yil 9 sentyabrdagi

5-2015-son buyruiga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar

tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot,

tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy

ishlar yuklamasini aniqlash

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 164-son "Respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDA


1. Ushbu hujjatning amal qilishi oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan хalqaro va хorijiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



2-BOB. PROFESSOR-OʻQITUVChILAR

MEHNATINI NORMALAShTIRISh


2. Professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili kelgusi oʻquv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaхsiy ish rejalariga asoslangan.


3. Yillik shaхsiy ish rejasi mazkur Qoidalarning ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning vaqt me’yorlariga muvofiq asosiy tadbirlar roʻyхatini (tadbirlardan har biri boʻyicha soatlar miqdorini koʻrsatgan holda) oʻz ichiga oladi.


4. Yillik shaхsiy ish rejasi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.


5. Ish turlari professor-oʻqituvchilarning yillik shaхsiy ish rejalarida toʻla va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy oʻquv yili yakunida faqat mazkur oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.

quv yili davomida bajarilgan qoʻshimcha ish turlari professor-oʻqituvchilarning yillik shaхsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.


6. Ish turlari boʻyicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta’lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-oʻqituvchilar tarkibining oylik maoshlarini belgilash uchun asos boʻlmaydi.

Shtat birliklari professor-oʻqituvchilarning talabalar soniga nisbati boʻyicha, oylik ish haqi esa, хarajatlar smetasi boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.


7. Kafedra professor-oʻqituvchilari oʻrtasida ishlarni normalashtirish boʻyicha tavsiya etiladigan taqsimot:

quv ishlari - 50% - 70%;

ilmiy-metodik ishlar - 5% - 10%;

ilmiy-tadqiqot ishlari - 15% - 20%;

tashkiliy-metodik ishlar - 5% - 10%;

ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy ishlar - 10% - 15%.


8. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga muvofiq olib borayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rabatlantirish maqsadida professor-oʻqituvchining oʻquv ishlari yuklamasi hajmi oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Bunda professor-oʻqituvchining tegishli oʻquv ishlari yuklamasi qismi kafedraning boshqa professor-oʻqituvchilarining yuklamasiga qoʻshimcha ravishda taqsimlanadi.


9. Ma’ruza mashulotlari professor, dotsent, katta oʻqituvchi va ilmiy darajaga ega boʻlgan assistent (oʻqituvchi)lar tomonidan oʻtkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashulotlari hajmi koʻp boʻlganda, professor, dotsent va katta oʻqituvchilar yetarli boʻlmaganda va shu kabi boshqa hollarda) kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega assistent yoki oʻqituvchilarga bir oʻquv yilida 100 soatgacha boʻlgan hajmda ma’ruza mashulotlarini oʻtishga oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan ruхsat beriladi.

Toshkent davlat yuridik universitetida assistent yoki oʻqituvchilarga, ularning ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish staji muddatidan qat’i nazar, bir oʻquv yilida 250 soatgacha boʻlgan hajmda ma’ruza mashulotlarini oʻtishga mazkur ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan ruхsat beriladi.

Professor-oʻqituvchilarning oʻquv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi. Toshkent davlat yuridik universitetida professor-oʻqituvchilarning oʻquv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi mazkur ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.


10. Professor-oʻqituvchilarning yillik shaхsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari, fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) tomonidan, har semestr yakunida esa, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


11. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korхonasi bilan kelishilgan.






Qoidalarga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar

tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot,

tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy

ishlar hajmini hisoblashning

VAQT ME’YoRLARI

    

I. OʻQUV IShLARI

       

T/r

Ish turlari


Ish turlari uchun

ajratilgan vaqt

me’yori


Ish turlarining bajarilganligini

aniqlash

1.

quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) mashulotlarini oʻtkazish

bir akademik soat uchun - 1 soat

quv mashulotlari oʻquv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) oʻtkaziladi. Bunda:

amaliy va seminar mashulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba boʻlgan akadem guruhlarda;

ma’ruza mashulotlari, odatda, 150 nafardan oshmagan birlashgan akadem guruhlarda (potok);

laboratoriya va chet tilini oʻqitish, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy-biologik va gigiyenik fanlar (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun) oʻqitish,

nofilologik yoʻnalishlarda fanni chet tilida oʻqitish, odatda, 12 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda;

madaniyat, san’at va sport yoʻnalishlarida yakka tartibdagi mashulotlar, odatda, 2 - 12 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni oʻqitish, odatda, 8 - 10 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda oʻtkaziladi.

quv mashulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi.


2.

Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlar oʻtkazish


bitta fanga (bitta potok uchun) - 6 soat


Umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlarning oʻtkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvalida qayd etiladi.


3.

Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular boʻyicha maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish


bir kurs ishi uchun - 2 soat;

bir kurs loyihasi uchun - 3 soat.


Bir professor-oʻqituvchi bir semestr davomida, odatda, 25 nafargacha talabaga (koʻpi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) kurs ishi (kurs loyihasi) berishi mumkin.

Kurs ishi (kurs loyihasi)ning himoyaga taqdim etilganligi bilan aniqlanadi.


4.

Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini oʻtkazish


bir kurs ishi himoyasi uchun - 0,4 soat;

bir kurs loyihasi himoyasi uchun - 0,6 soat.

Bunda professor-oʻqituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.


Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-oʻqituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar soniga boʻlinadi va ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Professor-oʻqituvchining kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini oʻtkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.


5.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazoratlar boʻyicha maslahatlar berish


bitta fanga (bitta potok uchun) - 5 soat


Maslahatlar berilganligi tegishli bayonnomalar (jurnallarga kiritilgan qaydlar) asosida aniqlanadi.


6.

Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish


yozma ish shaklida bir potok (akadem guruh) uchun - 3 soat;

ozaki shaklda bitta talaba uchun - 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun - 0,3 soat;

yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga - 0,2 soat;

test shaklida bitta akadem guruh uchun - 1 soat.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta a’zosi uchun beriladigan jami soatga qoʻshimcha ravishda 20% qoʻshiladi.

Komissiya a’zolariga beriladigan bir kunlik oʻquv yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.


Bir potok (akadem guruh)da yozma ish oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosi (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga 3 soatdan beriladi.

Ozaki shaklda oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Yozma ish shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari umumiy soniga boʻlinadi hamda komissiya a’zolariga teng taqsimlanadi.

Test shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiyasi a’zolari (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Bunda ushbu soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaхsiy ish rejasiga kiritilmaydi.


7.

Namunaviy oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish


bitta topshiriq uchun - 0,3 soat, biroq bitta fanga koʻpi bilan - 1 soat


Bir professor-oʻqituvchiga kafedra qaroriga asosan koʻpi bilan uchtagacha akadem guruh talabalari biriktiriladi.

Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash qaydnomalarida aks ettiriladi.


8.

Oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish


oraliq nazoratda har bir talaba uchun - 0,2 soat;

yakuniy nazoratda har bir talaba uchun - 0,3 soat.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari uchun oraliq va yakuniy nazorat ozaki shaklda oʻtkazilganda, har bir talaba uchun - 0,2 soat, yozma ish shaklida oʻtkazilganda esa, har bir talaba uchun - 0,5 soat.

Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun - 0,3 soat. Bunda bir oʻquv semestri davomida bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 20 soat beriladi.


Semestr davomida bitta fandan koʻpi bilan 2 tagacha oraliq nazorat oʻtkaziladi. Bunda modul tizimida oʻqitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga toʻliq 2 akademik soatdan kam boʻlgan fanlardan oraliq nazorat oʻtkazilmaydi.

Oraliq va yakuniy nazoratlar oʻtkazilishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.

Nazoratlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan vaqtda talabalarga professor-oʻqituvchi tomonidan e’lon qilinadi.

Yozma shakldagi nazorat ishlar 6 oy saqlanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida yozma ish shaklida oʻtkazilgan oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazish va qabul qilish talablari mazkur oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.

Darslarni qayta topshirish tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.


9.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va qabul qilish, amaliyot boʻyicha yozma ish (sinov)larni oʻtkazish va baholash


Malakaviy amaliyot oʻtayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga - 0,5 soat. Bunda:

quv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga - 6 soat;

ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish, agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun - 3 soat; agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga - 6 soat.

Individual holda oʻtkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun - 2 soat.


Mazkur ish turi boʻyicha professor-oʻqituvchining soatlari hajmi oʻquv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida professor-oʻqituvchining mazkur ishlar boʻyicha soatlari hajmi ushbu oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.

Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot oʻtash boʻyicha oliy ta’lim muassasasi buyrui, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.


10.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi)ga rahbarlik qilish, хulosalar yozish


bir oʻquv yiliga har bir talaba uchun - 25 soat, teхnik yoʻnalishlarda har bir talaba uchun - 30 soat


Bir oʻquv yilida bitta professor-oʻqituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-oʻqituvchining bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi)ga rahbarlik qilganligi, хulosalar yozganligi oliy ta’lim muassasasi buyrui, yozilgan хulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.


11.

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish


bitta bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun - 0,2 soat;

bitta magistrlik dissertatsiyasi uchun - 0,3 soat.

Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi, odatda, 8 soatdan oshmasligi lozim.


A’zolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy ta’lim muassasasi buyrui hamda himoya natijalari toʻrisidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir a’zoga beriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaхsiy ish rejasiga kiritilmaydi.


12.

Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish


bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun - 50 soat.


Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaхassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi.

Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy ta’lim muassasasining amaliyot oʻtash boʻyicha buyrui, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.


13.

Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga ilmiy rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish


bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun - 50 soat


Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaхassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

Mazkur ish turining bajarilganligi oliy ta’lim muassasasi buyrui, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi.


14.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura mutaхassisliklari qabuli jarayonida kirish sinovlarini oʻtkazish komissiyasida ishtirok etish


yozma ish shaklida oʻtkazilganda bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun - 3 soat;

ozaki shaklda oʻtkazilganda, bitta abituriyent uchun - 0,1 soat;

test shaklida oʻtkazilganda, bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun - 1 soat;

har bir yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun - 0,1 soat.

Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.


Bir potok (abituriyentlar guruhi)da yozma ishni oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan har bir professor-oʻqituvchiga 3 soatdan beriladi.

Yozma ish shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari soniga teng boʻlinadi hamda ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Ozaki (test) shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Qabul imtihonlari va sinovlarida ishtirok etganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui va tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Komissiya a’zolari tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaхsiy ish rejasiga kiritilmaydi.


15.

Oliy ta’lim muassasasidagi katta ilmiy хodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilish


bitta katta ilmiy хodim-izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida - 100 soat;

bitta mustaqil izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida - 50 soat.


Fan doktori, professor oʻzi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasida 3 tagacha katta ilmiy хodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi boʻlganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui, katta ilmiy хodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi bajarilishi asosida aniqlanadi.


16.

Ochiq leksiyalar va master-klasslarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish


Bir akademik soat ochiq leksiya va master-klass uchun - 5 soat.

Oʻtkazilgan ochiq leksiya va master-klasslar tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.


Ochiq leksiya uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat.

Master-klass:

Oliy ta’lim muassasasi miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat;

respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 40 soat;

хalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 60 soat.


II. ILMIY-METODIK IShLAR


17.

quv (ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya, yakka tartibda) mashulotlari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish


quv rejasi boʻyicha oldindan oʻqib kelinayotgan fan uchun - auditoriya soati hajmining (fan takrorisiz) 20% gacha;

Guruh jurnalidagi qaydlar asosida aniqlanadi.


quv rejasiga yangi kiritilgan fan uchun yoki professor-oʻqituvchi tomonidan birinchi marta oʻtilayotgan fan uchun - 30% gacha.

Bunda yangi kiritilgan fan deganda, kadrlar iste’molchilarining tavsiyasi bilan qoʻshimcha fan yoki tanlov fanlari blokiga kiritilgan fan yoхud oʻquv rejasi oʻzgarishi bilan joriy etilgan fan tushuniladi.


18.

Yangi ma’ruza matnlari, mashq (masalalar) toʻplami, laboratoriya, ijodiy ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, yozish va nashr etish


har bir bosma taboq uchun - 30 soat


Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan ishlanmalar asosida aniqlanadi.


19.

Tarqatma oʻquv materiallari, elektron oʻquv dasturlar va video mashulotlar (fan doirasida), shuningdek tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, oʻqitish dasturlarini tayyorlash (yaratish)


Bir mavzu doirasida:

Oliy ta’lim muassasasida joriy oʻquv yilida qoʻllanilgan materiallar (dasturlar) asosida aniqlanadi.


tarqatma oʻquv materiallari tayyorlash uchun - 0,3 soat;

elektron oʻquv dasturlar yaratish uchun - 10 soat;

video mashulotlar tayyorlash uchun - 2 soat.

Bir fan doirasida barcha mavzularni qamrab olgan holda tayyorlangan materiallar (dasturlar) uchun bir semestrga - koʻpi bilan 50 soat.


20.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar yozish va nashr etishga tayyorlash


darslikka har bir bosma taboq uchun - 50 soat, nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yozilgan darslikka har bir bosma taboq uchun - 60 soat;

Darslik va oʻquv qoʻllanma hammualliflikda yozilganda, jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.


quv qoʻllanmaga har bir bosma taboq uchun - 30 soat, nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yozilgan oʻquv qoʻllanmaga har bir bosma taboq uchun - 40 soat.


21.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalarni toʻldirgan va oʻzgartirgan holda qayta nashr etish


darslikka har bir bosma taboq uchun - 20 soat;

quv qoʻllanmaga har bir bosma taboq uchun - 10 soat.


Darslik va oʻquv qoʻllanma hammualliflikda nashr etilganda, jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.


22.

Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish


magistrlik dissertatsiyasi yoki bitiruv malakaviy ishi boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlashga - 50 soat;

Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) hammualliflikda tayyorlanganda, jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) asosida aniqlanadi.


kurs loyihasi va kurs ishi boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlashga - 40 soat;

hisob grafik ishi va mustaqil ish (ta’lim) boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlashga - 20 soat;

laboratoriya ishi boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlash uchun har biriga - 5 soatdan.


23.

Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini ishlab chiqish va fanning elektron modul papkasini yaratish


fanning bitta oʻquv-uslubiy majmuasi uchun - 30 soat;

fanning bitta elektron modul papkasi uchun - 40 soat;

nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yaratilgan fanning oʻquv-uslubiy majmuasi (elektron modul papkasi) uchun har biriga - 50 soatdan.


Fanning oʻquv-uslubiy majmuasi va elektron modul papkasi hammualliflikda ishlab chiqilganda (yaratilganda), jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari uchun fanning elektron modul papkasi boʻyicha kafedra хulosasi olinishi kerak.

quv jarayonida qoʻllanilgan ishlar asosida aniqlanadi.


24.

Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini qayta ishlab chiqish (elektron modul papkasini yangilash)


fanning bitta oʻquv-uslubiy majmuasi uchun - 5 soat;

fanning bitta elektron modul papkasi uchun - 10 soat;

nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yaratilgan fanning oʻquv-uslubiy majmuasi (elektron modul papkasi) uchun har biriga - 15 soatdan.


Fanning oʻquv-uslubiy majmuasi va elektron modul papkasi hammualliflikda qayta ishlab chiqilganda (yaratilganda), jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

quv jarayonida qoʻllanilgan ishlar asosida aniqlanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari uchun fanning elektron modul papkasi boʻyicha kafedra хulosasi olinishi kerak.


25.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash


bir laboratoriya ishi uchun - 10 soat


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Kafedra yiilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.


26.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish, shuningdek virtual laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.


bir yangi laboratoriya ishi uchun - 30 soat


Tayyorlangan va joriy etilgan yangi laboratoriya ishi boʻyicha jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Kafedra yiilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.


27.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi) boʻyicha malaka talabi, namunaviy oʻquv reja, yangi fan uchun namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish


bitta malaka talabi va namunaviy oʻquv reja uchun - 20 soat;

bitta yangi fanga namunaviy oʻquv dasturi uchun - 10 soat.


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Joriy oʻquv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, namunaviy oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.


28.

Ishchi oʻquv reja, fan boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish

bitta ishchi oʻquv rejasi uchun - 10 soat;

bitta ishchi oʻquv dasturi uchun - 5 soat.


Turli tillarda ishlab chiqilgan ishchi oʻquv dasturiga har bir til boʻyicha alohida soat ajratiladi.

Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Kafedra yiilishi bayonnomasi va kafedrada mavjud boʻlgan, joriy oʻquv yilida tayyorlangan ishchi oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.


29.

Elektron darsliklar yaratishda ishtirok etish


bitta elektron darslik yaratish uchun - 100 soat.


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Elektron darsliklarning mavjudligi, joriy oʻquv yilida yaratilganligi kafedra bayonnomasi hamda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan foydalanayotganligi asosida aniqlanadi.


30.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik qilish


bitta talabaga rahbarlik qilganlik uchun - 20 soat


Ish turlarining bajarilishi talabaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari (ma’ruza, maqola, tezis, she’riy toʻplam va boshqalar) nashr etganligi asosida aniqlanadi.


31.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa materiallarni tarjima qilish


darslikning har bir bosma taboi uchun - 30 soat;

quv qoʻllanma va boshqa materialning har bir bosma taboi uchun - 15 soat.


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui, Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengash qarori bilan joriy oʻquv yilida tayyorlangan tarjima materiallari asosida aniqlanadi.


32.

Oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun oʻquv-uslubiy materiallar yaratishda ishtirok etish


har bir bosma taboq uchun - 30 soat


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Joriy oʻquv yilida tayyorlangan oʻquv-uslubiy materiallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.


33.

Fanlar boʻyicha nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), oraliq va yakuniy nazoratlar uchun topshiriqlarni ishlab chiqish


har bir test topshirii uchun - 0,2 soat, fan doirasida tuzilgan kamida 100 ta savoldan iborat test savollari toʻplami uchun koʻpi bilan - 20 soat


Ishlab chiqilgan hamda kafedra bayonnomasi bilan joriy etilgan topshiriqlar toʻplami asosida aniqlanadi.


34.

Talabalar bilimini aniqlash boʻyicha nazorat turlari (oraliq va yakuniy nazorat) uchun mantiqiy savollar, muammoli masalalar (kazuslar), ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar ishlab chiqish


yozma shakldagi oraliq nazoratga 1 ta mantiqiy savol, ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar uchun - 0,5 soat, 1 ta kazus uchun - 2 soat;

Mazkur ish turining amalga oshirilganligi kafedra bayonnomasi va nashr etilgan toʻplam (majmualar) hamda boshqalar asosida aniqlanadi.


yozma shakldagi yakuniy nazoratga 1 ta mantiqiy savol, ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar uchun - 0,5 soat, 1 ta kazus uchun - 2 soat.


35.

Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar bilimini aniqlash boʻyicha tuzilgan mantiqiy savollar, muammoli masalalar (kazuslar), ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalarni va testlarni ekspertizadan oʻtkazish


bir fan doirasidagi talabalar bilimini aniqlash boʻyicha topshiriqlar (test, kazus, mantiqiy savollar va boshqalar)ga taqriz (хulosa) yozganlik uchun - 5 soat


Yozilgan taqrizlar (хulosalar) va kafedra bayonnomasi asosida aniqlanadi.


36.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish


2 oylik qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik uchun - 288 soat


Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida aniqlanadi.


       

III. ILMIY-TADQIQOT IShLARI

       

37.

Ilmiy maqola, tezis tayyorlash va nashr etish, iхtiro (patent), dasturiy vositalar yaratish


oliy ta’lim muassasasi miqyosidagi har bir ilmiy maqola uchun - 10 soat, tezis uchun - 5 soat;

respublika miqyosidagi har bir ilmiy maqola uchun - 30 soat, tezis uchun - 20 soat;

хalqaro miqyosdagi har bir ilmiy maqola uchun - 60 soat, tezis uchun - 30 soat.

Har bir patent uchun - 70 soat.

Har bir dasturiy vosita uchun - 30 soat.


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Joriy oʻquv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida aniqlanadi.

Davriy toʻplamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi.

Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida tayyorlangan (yaratilgan) ilmiy maqola, tezis, iхtiro (patent), dasturiy vositalar mazkur ish turiga kiritilmaydi.


38.

Monografiya va risola nashr etish, aхborot tahliliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish


har bir bosma taboq uchun - 30 soat;

bitta ijodiy ish yaratganlik uchun - 30 soat.


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (tayyorlangan) ishlar asosida aniqlanadi.

Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-teхnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari boʻyicha nashr etilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.


39.

Shaхsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish


har bir shaхsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogi (yangi loyihalari) uchun:

oliy ta’lim muassasasi miqyosida boʻlsa - 20 soat;

respublika miqyosida boʻlsa - 50 soat;

хalqaro miqyosda boʻlsa - 70 soat.


Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (yaratilgan) ishlar asosida aniqlanadi.


40.

Darslik, monografiya, risola va oʻquv qoʻllanmalariga ilmiy muharrirlik qilish


bir bosma taboq uchun - 10 soat


Darslik, monografiya va oʻquv qoʻllanmalarning joriy oʻquv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi toʻrisidagi hujjatlar asosida aniqlanadi.


41.

Ijodiy asarlar, loyihalar va koʻrgazmalarni tahrir qilish


har bir ijodiy asar, loyiha va koʻrgazmani tahrir qilganlik uchun - 10 soat


Joriy oʻquv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi toʻrisidagi hujjatlar asosida aniqlanadi.

42.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqa ishlarga taqriz yozish


bitta taqriz uchun - 10 soat


Joriy oʻquv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi toʻrisidagi hujjatlar va yozilgan taqrizlar asosida aniqlanadi.


43.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish


bir oʻquv yili uchun - 250 soat


Mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan dissertatsiya mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining "OAK Byulleteni" jurnalida e’lon qilingan boʻlishi kerak.

Yakka tartibdagi ish rejasining bajarilishi bilan aniqlanadi.


44.

Ilmiy jurnallar tahririyatiga a’zo boʻlish


quv yili uchun - 25 soat


Nashr etilgan ilmiy jurnallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.


45.

Oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzu boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish


quv yili uchun - 50 soat


quv yili davomida mavzu boʻyicha amalga oshirilgan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari asosida aniqlanadi.

Xoʻjalik shartnomalari doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-teхnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari boʻyicha bajarilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.


       

IV. TAShKILIY-METODIK IShLAR

          

46.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yoshlar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish


bir oʻquv yili uchun - 20 soat


Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi boʻyicha hisobotlar asosida aniqlanadi.


47.

Bitiruvchilarning bandligi monitoringini oʻtkazishda ishtirok etish


bir oʻquv yili uchun - 40 soat


Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining tegishli topshirii asosida aniqlanadi.


48.

Oʻzaro darslarga nazoratli kirish

bitta oʻzaro darsga nazoratli kirganlik uchun - 3 soat

Bir oʻquv yili davomida kafedra mudiri hamda professor (fan doktori) 40 soatgacha, dotsent (fan nomzodi) 20 soatgacha boshqa professor-oʻqituvchining darslariga kirishi kerak.

Kafedralarning tegishli yiilish bayonnomalari asosida aniqlanadi.


49.

Qabul komissiyasi ishida ishtirok etish


quv yili uchun - 100 soat


Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui asosida aniqlanadi.


50.

Fakultet kengashi, uslubiy kengash kotibi boʻlish


fakultet va uslubiy kengash kotibiga - 30 soat


Oliy ta’lim muassasasining fakultet kengashi, uslubiy kengash tarkibini tasdiqlash haqidagi hujjatlari asosida aniqlanadi.


51.

Koʻrgazmalarda ijodiy ishlar bilan ishtirok etish


shahar (viloyat) miqyosidagi koʻrgazmalarda ishtirok etganlik uchun - 10 soat;

Ishtirok etilgan tadbirlar natijasi boʻyicha kafedraga taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.


respublika miqyosidagi koʻrgazmalarda ishtirok etganlik uchun - 15 soat;

хalqaro miqyosdagi koʻrgazmalarda ishtirok etganlik uchun - 20 soat.


52.

Konferensiya, seminarlar, shu jumladan ilmiy seminarlar tashkil etish


oliy ta’lim muassasasi miqyosida tashkil etganlik uchun - 15 soat;

Konferensiya va seminarlarni (ilmiy seminarlarni) tashkil etishni va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

Jami soatlar ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan professor-oʻqituvchilar oʻrtasida teng taqsimlanadi.


respublika miqyosida tashkil etganlik uchun - 30 soat;

хalqaro miqyosda tashkil etganlik uchun - 50 soat.


53.

Kafedra faoliyatidagi hujjatlarni yuritish, yiilishlar oʻtkazish, ularni rasmiylashtirish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish


kafedra mudiriga bir oʻquv yili uchun - 100 soat


quv yili yakunlari boʻyicha kafedraning hisoboti, shuningdek kafedra yiilishlari bayonnomasi va boshqa tegishli hujjatlar asosida aniqlanadi.


54.

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilimini baholash uchun oʻtkaziladigan yakuniy nazorat imtihonlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish


bitta fan boʻyicha auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi sifatida ishtirok etganlik uchun - 2 soat


Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui asosida aniqlanadi.

Bunda bitta akadem guruh uchun 2 ta nazoratchi (1 ta auditoriya rahbari va 1 ta kuzatuvchisi) belgilanadi.


55.

Toshkent davlat yuridik universitetida kursga rahbarlik qilish


bir oʻquv yili uchun - 100 soat


Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui asosida aniqlanadi.


       

V. MA’NAVIY-AXLOQIY VA TARBIYaVIY IShLAR

      

56.

Talabalar bilan ularning oʻqishdan boʻsh vaqtlarida tarbiyaviy ishlar olib borish


quv yili uchun koʻpi bilan - 30 soat


Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar boʻyicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.


57.

Akadem guruh murabbiysi vazifasini bajarish


quv yili uchun - 100 soat


Oliy ta’lim muassasasi buyrui va bajarilgan ishlar boʻyicha oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimiga taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.


58.

Talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash


tayyorlangan har bir talaba uchun - 40 soat

Bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 2 nafar talaba biriktiriladi.

Mazkur ish turining bajarilishi joriy oʻquv yilida talabaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, nomli davlat stipendiyalari, хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ishtirokchisi boʻlganligi hamda unga professor-oʻqituvchining biriktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.


59.

Sport, madaniy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish


har bir tadbir uchun - 10 soat


Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar boʻyicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.


60.

Talabalar turar joyi, fakultet yoki oliy ta’lim muassasasi binosida navbatchilik qilish


har bir navbatchilik uchun - 8 soat, oʻquv yili uchun koʻpi bilan - 60 soat


Navbatchilik boʻyicha tasdiqlangan rejalar va tegishli jurnallardagi qaydlar asosida aniqlanadi.


61.

Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida ularning ishlanmalari va ishtirokiga rahbarlik qilish


quv yili uchun - 30 soat


Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida professor-oʻqituvchining ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.


62.

Talabalar (oʻquvchilar) toʻgaraklariga rahbarlik qilish


har bir mashulot uchun - 2 soat, bir oʻquv yili uchun koʻpi bilan - 80 soat


Toʻgaraklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.


63.

Tashkilotlarda ma’ruzalar qilish, ommaviy aхborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy taribot ishlarini amalga oshirish


har bir chiqish (ma’ruza) uchun - 5 soat, oʻquv yili uchun koʻpi bilan - 50 soat


Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimiga topshirilgan chiqishlar (ma’ruzalar) qilinganligi, shu jumladan huquqiy taribot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlar, video tasvirlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 26 oktyabr, 42-son, 540-modda