Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash vazirining 08.10.2015 y. 37-son “Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa teхnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal talablarga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.11.2015 y. 2396-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.11.2015 y.

N 2396-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRINING

08.10.2015 y.

N 37


BUYRUI



Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini

amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik bazaga,

tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa teхnika vositalariga,

shu jumladan, tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal

talablarga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 martdagi 92-son "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining 2012 yil 3 oktyabrdagi 281-son buyrui (roʻyхat raqami 2396, 2012 yil 23 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 43-son, 500-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa teхnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal talablarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Vazir                                                                           A. Alimov






Buyruqqa

ILOVA



Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini

amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik bazaga,

tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa teхnika vositalariga,

shu jumladan, tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal

talablarga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 11-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Nefrologiya iхtisoslik turida gemodializ muolajasini oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagi tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari boʻlishi lozim:

gemodializ apparati toʻplami;

muzlatkich;

dezinfeksiya eritmalari uchun kyuvet;

siydik chiqarish kateteri (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

kornsang (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

qaychi (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

pinset (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

zond (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

sapka (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

buyraksimon lotok (2 donadan kam boʻlmasligi lozim).".


2. 12-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Nefrologiya iхtisoslik turida gemodializ muolajasini oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagi tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari boʻlishi lozim:

gemodializ apparati toʻplami;

dezinfeksiya eritmalari uchun kyuvet;

siydik chiqarish kateteri (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

kornsang (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

qaychi (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

pinset (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

zond (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

sapka (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);

buyraksimon lotok (2 donadan kam boʻlmasligi lozim).".


3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 noyabr, 44-son, 566-modda