Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.2015 y. 344-son “Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.11.2015 y.

N 344



FUQAROLARNI TIBBIY-MEHNAT EKSPERT

KOMISSIYaLARIDA TIBBIY KOʻRIKDAN

OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturi toʻrisida" 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, keksalar va nogironlarning reabilitatsiyaning teхnik vositalari bilan ta’minlanganligini oshirish, ularni jamiyatga integratsiyalashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki, nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi muhtoj shaхslarni ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning teхnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari davolash-maslahat komissiyalarining tibbiy хulosalari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 dekabr, 48-son, 605-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 11-son, 102-modda