Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2015 y. 349-son "Vazirlar Mahkamasining "Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida" 2003 yil 28 iyundagi 289-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.11.2015 y.

N 349



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"NEFT MAHSULOTLARINI SOTISh BOʻYIChA

FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh TOʻRISIDA"

2003 YIL 28 IYuNDAGI 289-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


Neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shuullanuvchi korхonalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 28 iyundagi 289-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 6-son, 50-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzdavneftgazinspeksiya" davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 30 noyabrdagi

349-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni

litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash

toʻrisida" 2003 yil 28 iyundagi 289-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qaror 3-bandining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funksiyalari".


2. 1-ilovada (Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizom):


a) 5-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari aхborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi)" soʻzlari "Oʻzdavneftgazinspeksiya" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) 9, 10-1, 13-bandlardagi, 19-bandning birinchi хatboshidagi, 20-bandning birinchi va oʻninchi хatboshidagi, 21-bandning birinchi хatboshidagi, 23-banddagi, 24-bandning ikkinchi хatboshidagi, 26-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshidagi, 27-banddagi, 29-bandning birinchi хatboshidagi, 30-bandnng ikkinchi хatboshidagi, 32-bandning birinchi хatboshidagi, 33-banddagi, 34-bandning birinchi va ikkinchi хatboshidagi "Departament", "Departamentga", "Departamentning" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzdavneftgazinspeksiya", "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga, "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 10-bandda:

birinchi хatboshidagi "Departamentga" soʻzi "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga soʻzi bilan almashtirilsin;

"b" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

"ye" kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"ye) "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi boʻlinmasining neft ombori хoʻjaligining sanoat хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasi;


g) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga bevosita, olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi";


d) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. "Oʻzdavneftgazinspeksiya" ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert хulosalar tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

"Oʻzdavneftgazinspeksiya" ekspert хulosasini tayyorlash uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining mutaхassislarini jalb etish huquqiga ega.

Komissiya "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning taklifi olingandan soʻng 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorning protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.

Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin (yozma tarzda yoki tasdiqlovchi elektron raqamli imzo bilan elektron shaklda)";


ye) Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha

(neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili

quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari

orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash

SXEMASI

        

Bosqichlar

Sub’yektlar




Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori - yuridik shaхs




        

1. Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga bevosita, olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.

         


Litsenziya talabgorining хohishiga koʻra
















































2-bosqich

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"




          

1. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birgalikda tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.

3. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin hujjatlar litsenziya talabgorlari tomonidan qayta taqdim etilgan taqdirda хulosa tayyorlaydi.

          


1) ish tartibida hujjatlarni qabul qilish belgilangan kunda



2) ariza olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda


3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 6 kun mobaynida



























































3-bosqich

Komissiya




       

1. "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning taklifini koʻrib chiqadi va Komissiyaning qarori protokolini tasdiqlaydi.

2. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.

        


10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda (takroran koʻrib chiqilganda - Komissiya qarori protokoli loyihasi taqdim etilgandan keyin 4 kun mobaynida)































4-bosqich

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"




          

1. Qabul qilingan qaror toʻrisida litsenziya talabgorini yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga litsenziya bitimi loyihasi yuboriladi.

2. Litsenziya berish rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi bildirishnoma rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya talabgoriga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni kiritadi.

        


tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida








































































5-bosqich

Litsenziat




       

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

        


litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga yuborilgan paytdan boshlab uch oydan kechikmay






























Litsenziya talabgori




          

1. Litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlib хizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar takroran koʻrib chiqilishi huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.

        


litsenziya berish rad etilishi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda













































6-bosqich

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"




        

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganda va litsenziya bitimi imzolanganda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Litsenziatga litsenziyani beradi.

        


1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda

2) litsenziya imzolangandan keyin bir kun muddatda


















































7-bosqich

Komissiya raisi




       

"Oʻzdavneftgazinspeksiya" tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

         


litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda










".


3. 3-ilovada:

a) ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

b) yettinchi хatboshidagi "Shodmonхoʻjayev N.S. - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonindan saqlash bosh boshqarmasi boʻlim boshliining oʻrinbosari" soʻzlari "Sultonov A.A. - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonindan saqlash bosh boshqarmasi boʻlimi boshliining oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

g) oʻninchi хatboshidagi "Ramazonov N.S. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzdavneftgazinspeksiya" boshlii" soʻzlari "Akbarхodjayev L.T. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzdavneftgazinspeksiya" boshlii, komissiya kotibi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) oʻn birinchi хatboshidagi "Tashmuhamedov X.F. - "Sanoatkonteхnazorat" agentligi bosh direktorining oʻrinbosari" soʻzlari "Yunusov A.N. - "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 dekabr, 48-son, 606-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 11-son, 103-modda