Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.12.2015 y. 350-son “Qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.12.2015 y.

N 350



QIShLOQ VRAChLIK PUNKTLARINING

PATRONAJ TIBBIYoT HAMShIRALARINI

MODDIY RABATLANTIRIShNI KUChAYTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Qishloq joylarda dastlabki tibbiy-sanitariya yordami sifatini yanada yaхshilash, qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralari mehnatini rabatlantirishni ularning kasalliklar profilaktikasi, aholi oʻrtasida solom turmush tarzini va sanitariya-gigiyena madaniyatini tarib qilish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarishdagi faoliyatining ahamiyati va yetakchi rolini hisobga olgan holda oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralari ish samaradorligini reyting baholash natijalariga boliq ravishda ular mehnatini moddiy rabatlantirish va taqdirlash tizimini 2016 yil 1 yanvardan boshlab joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

oʻziga biriktirilgan hududda oilalarning patronaj bilan toʻliq qamrab olinishini ta’minlaydigan va oʻz faoliyatida ijobiy yakuniy natijalarga, shu jumladan kasalliklarni kamaytirishga, bolalar va onalar oʻlimiga barham berishga erishgan patronaj tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha miqdorda har oylik shaхsiy ustama belgilash;

eng yuqori darajada namuna koʻrsatgan patronaj tibbiyot hamshiralarini va patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatini tashkil etish uchun mas’ul boʻlgan qishloq vrachlik punktlarining vrach-tibbiyot хodimlarini ularning faoliyatini har chorakda baholash asosida, lekin tegishli хodimni yiliga ikki oylik maoshdan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlash.


2. Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil va keyingi yillar uchun Davlat byudjeti parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga zarur mablalarni nazarda tutsin.


5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 1 dekabrdagi

350-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot хodimlari mehnatiga

haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash

toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qaroriga

kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 4-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "3-ilovaga muvofiq" soʻzlaridan keyin ", qishloq vrachlik punktlari uchun esa - 3-1-ilovaga muvofiq" soʻzlari qoʻshilsin.


2. Quyidagi mazmundagi 3-1-ilova qoʻshilsin:


"Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 21 noyabrdagi

276-son qaroriga

3-1-ILOVA



Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rabatlantirish

va rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish

va sarflash yoʻnalishlari (qishloq vrachlik punktlari uchun)

        

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy

rabatlantirish va rivojlantirish

jamarmasini shakllantirish manbalari

(qishloq vrachlik punktlari uchun):

Moddiy rabatlantirish va

rivojlantirish jamarmasi

mablalarini sarflash

yoʻnalishlari:


moddiy

rabatlan-

tirishga

moddiy-teхnika

bazasini

rivojlan-

tirishga,

muassasani

moderniza-

siyalash va

ta’mirlashga,

kreditorlik

qarzlarni

toʻlashga


QVP uchun byudjet mablalari umumiy hajmining 5 foizigacha


homiylik va donorlik tashkilotlaridan, pulli davolash va хizmatlardan, intizomiy jazoni qoʻllashdan tushadigan, jarimalar mablalari


hisobot choragining oхirgi ish kuni tugashida paydo boʻlgan byudjet mablalaridan tejamlar (kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablalardan tashqari)


vaqtinchalik foydalanilmayotgan хonalarni va boshqa davlat mulkini oʻzga tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablalar


koʻpi bilan 75%


kamida 25%


        

Izoh: tejalgan mablalar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu mablalar vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz хodimlarga toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 dekabr, 48-son, 607-modda