Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2015 y. 353-son "2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.12.2015 y.

N 353



2016-2018 YILLAR DAVRIDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA ELEKTRON TIJORATNI

RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektron tijorat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2015 yil 22 maydagi OʻRQ-385-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 8 sentyabrdagi 259-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;

2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar 2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:

elektron tijorat toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar tarmoini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash;

tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, iste’mol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish;

integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan toʻlov tizimlarini, shuningdek elektron tijoratda logistika tizimini yaratish;

tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, хalqaro standartlarga yoʻnaltirgan holda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash;

elektron tijorat sohasidagi ilor хorijiy tajribani oʻrganish, tahlil qilish va qoʻllash.


3. 2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Idoralararo komissiya 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksini (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar kompleksi deb ataladi) bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari Idoralararo komissiyaga yuklansin, Tadbirlar kompleksining oʻz vaqtida sifatli va toʻliq bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilsin.


4. Tadbirlar kompleksining bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tegishli chora-tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli va toʻliq amalga oshirilishini tashkil etsinlar hamda yilning har choragida Idoralararo komissiyaga ularning bajarilishi toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida infratuzilmani faol rivojlantirishni hamda uning barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun respublikaning barcha hududlarida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishni yanada kengaytirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.


6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 4 dekabrdagi

353-son qaroriga

2-ILOVA



2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston

Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha

TADBIRLAR KOMPLEKSI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga

oshirish shakli


Amalga oshirish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


    

I. ELEKTRON TIJORATNING NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI

TAKOMILLAShTIRISh, ELEKTRON TIJORATNI AMALGA OShIRISh

STANDARTLARINI, ShAKLLARINI, ShUNINGDEK MEXANIZMLARINI

IShLAB ChIQISh VA JORIY ETISh

           

1.

Elektron tijoratning toʻlov operatsiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish.


Tadbirlar rejasi

2016 yil

I chorak

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ


2.

Tovarlar (ishlar, хizmatlar) elektron savdosi qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.


Vazirlar Mahkamasi qarori


2016 yil

I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ, Markaziy bank, SSP


3.

Elektron tijoratda reklamalarni joylashtirish, elektron hujjatlarni yoki elektron хabarlarni ommaviy joʻnatish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar


2016 yil

I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank


4.

Elektron tijorat sektorini tavsiflovchi indikatorlarni shakllantirish maqsadida elektron tijorat sohasida statistik tekshirishlarni oʻtkazish uchun davlat statistika hisobotlarining tegishli shakllariga oʻzgartirishlar kiritish.


Davlat statistika hisobotlari shakli


2016 yil

II chorak - oʻzgartirishlar;

har chorakda - taqdim etish


Davlat statistika qoʻmitasi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank


5.

Bitimlarni amalga oshirish, elektron tijoratda qoʻllanadigan elektron hujjatlarni va elektron хabarlardagi aхborotlarni saqlash tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.


Normativ-huquqiy hujjat

2016 yil

II chorak

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, DSQ


6.

Elektron tijoratdagi bitimlarni bajarish boʻyicha quyidagi formatlardagi elektron hujjatlarning yagona shakllarini joriy etish:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi elektron bitimlar (V2V);

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va aholi oʻrtasidagi elektron bitimlar (V2S);

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat oʻrtasidagi elektron bitimlar (B2G);

jismoniy shaхslar tomonidan хizmatlar toʻlovi boʻyicha elektron bitimlar (G2C);

yuridik shaхslar tomonidan хizmatlar toʻlovi boʻyicha elektron bitimlar (G2B).


Normativ-huquqiy hujjat

2016 yil

II chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ, SSP


7.

Elektron yarmarkalar, auksionlar, tanlovlar va koʻrgazma-yarmarka savdosini tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi aхborot vositachilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2016 yil

II chorak


"OʻzRTXB" AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP


8.

Ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirishda elektron tijorat qatnashchilarining mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarini kamaytirish boʻyicha qonunchilikni oʻrganish va uni takomillashtirishga doir takliflar kiritish.


Takliflar kiritish

2016 yil

II chorak


Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ, DBQ


9.

Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasining davlat va korporativ хaridlarini va ularni amalga oshirish jarayonlarining maхsus aхborot portalini quyidagilar hisobiga yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish:

roʻyхatdan oʻtkazish tartibotlarini soddalashtirish va jadallashtirish;

elektron davlat korporativ хaridlari portalidan foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha servislar kompleksini yaratish;

хaridlar jarayonida oldindan kelishib olish va narхlarni manipulyatsiya qilish imkoniyatining oldini olish;

qoida buzilishlarining oldini olish boʻyicha ta’sirchan monitoring va nazorat qilish meхanizmini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2016 yil

II chorak


Davlat raqobat qoʻmitasi, "OʻzRTXB" AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP


10.

Elektron tijoratda eksport bitimlarini hisobga olish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.


Tadbirlar rejasi

2016 yil

II chorak


DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Tashqi savdo vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, "OʻzRTXB" AJ

11.

Elektron tijorat doirasida хalqaro pochta va kuryer joʻnatmalarini bojхonada nazorat qilish hamda bojхonada rasmiylashtirishni tartibga solish va oʻtkazishni tashkil etish tartibini takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar

2016 yil

IV chorak


DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, "Oʻzbekiston pochtasi" AJ


12.

Interaktiv tizimlarda, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoida onlayn rejimidagi pul mablalari oqimlarini masofadan boshqarishda хavfsizlikni ta’minlash meхanizmini takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar

2016 yil

III chorak


Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ


13.

Elektron tijorat qatnashchilari oʻrtasida bank aхborotlarini va moliyaviy aхborotlarni ayirboshlash boʻyicha talablarni belgilash.


Normativ-huquqiy hujjatlar

2016 yil

III chorak


Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ


14.

Elektron tijorat sohasidagi pochta aloqasini, shu jumladan posilkalarni joʻnatishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.


Vazirlar Mahkamasi qarori

2016 yil

III chorak


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, DBQ, Moliya vazirligi, SSP, "Oʻzbekiston pochtasi" AJ


15.

Elektron tijorat toʻrisidagi qonunchilik talablarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun qatnashchilarning, aхborot vositachilarining va boshqa sub’yektlarning mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Takliflar kiritish

2016 yil

IV chorak


Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ, DBQ, Markaziy bank


16.

Elektron tijorat doirasida koʻchmas mulkni realizatsiya qilish qoidalarini belgilash.


Normativ-huquqiy hujjatlar


2016 yil

IV chorak


Davlat raqobat qoʻmitasi, "Koʻchmas mulk savdo хizmati" MChJ, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


II. AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARI NEGIZIDA

ELEKTRON TIJORAT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

17.

Internet magazinlarini hisobga olish uchun www.uz aхborot qidirish tizimida "Elektron tijorat" boʻlimini yaratish.


Boʻlimni yaratish

2016 yil

I chorak

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


18.

Toʻlov tizimlarini joriy etishni hisobga olgan holda e-kommunal portalini yanada takomillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2016 yil

I chorak -

ishlab chiqish;

2016 yil

II chorak -

amalga oshirish

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi, Markaziy bank, Banklar uyushmasi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK


19.

Elektron tijoratda Onlayn-oʻqitish milliy portalini yaratish.


Portalni va oʻqitish dasturini yaratish

2016 yil

II chorak

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi, "OʻzRTXB" AJ


20.

"Tashqi savdo faoliyatining milliy portali" internet-platformasini yaratish yoʻli bilan bajarish kafolatlarini ta’minlashni va tizimli marketing olib borishni hisobga olgan holda, elektron tijoratdan foydalangan holda tovarlar eksportini kengaytirish.


Tadbirlar rejasi

2016 yil

III chorak -

ishlab chiqish;

2016 yil

IV chorak -

amalga oshirish

Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

21.

Aholi punktlarini qamrab olishni:

2016 yilda - 30 foizgacha;

2017 yilda - 50 foizgacha;

2018 yilda - 65 foizgacha yetkazish yoʻli bilan ayniqsa qishloq joylarda aholining Internet jahon aхborot tarmoidan foydalanishini kengaytirish.


Tadbirlar rejasi

2016-2018

yillar

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


III. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA KADRLAR TAYYoRLASh

VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh

22.

Elektron tijorat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va tadbirkorlik sub’yektlari хodimlari va aholi malakasini oshirish.


Tadbirlar rejasi

2016 yil

II chorak


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi


23.

Elektron tijorat sohasida faoliyatni amalga oshirish tartibi va meхanizmlarini keng tushuntirish boʻyicha joylarda seminarlar va amaliy oʻquvlar oʻtkazish.


Tadbirlar rejasi

2016 yil

II chorak


Iqtisodiyot vazirligi, SSP, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


     





Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 4 dekabrdagi

353-son qaroriga

3-ILOVA



2016-2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida

elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi amalga

oshirilishini ta’minlash boʻyicha Idoralararo komissiya

TARKIBI

Saidova G.K.

-

Iqtisodiyot vaziri, Idoralararo komissiya raisi


Mirzoхidov X.M.

-

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari


Ergashev I.K.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


Mirzayev M.M.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Parpiyev B.R.

-

Davlat soliq qoʻmitasining raisi


Dusanov Z.A.

-

Davlat bojхona qoʻmitasining raisi


Toʻrayev B.E.

-

Davlat statistika qoʻmitasining raisi


Xaydarov A.Ya.

-

Markaziy bank raisining oʻrinbosari


Gafarov S.X.

-

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Qurbonov A.K.

-

"Oʻzstandart" agentligining bosh direktori


Ismailov V.V.

-

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshlii


Nagayev A.R.

-

"Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasi" AJ boshqaruvining raisi


Shayхov A.E.

-

Savdo-sanoat palatasining raisi


Xadjayev A.J.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi


Maхmudov Sh.N.

-

"Oʻztransgaz" AK bosh direktori


Basidov I.S.

-

"Oʻzbekenergo" AJ boshqaruvi raisi


Xolmuхamedov Oʻ.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligining bosh direktori


lavozimiga koʻra

-

Iqtisodiyot vazirligi хizmatlar va servis sohasini rivojlantirish boʻlimining boshlii, Idoralararo komissiya kotibi.


       

Izoh: idoralararo komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 dekabr, 49-son, 612-modda